Mavzuga doir fakt
Islom Karimov kitobi arab tilida
1996-yilning 8-aprelida Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxti Arriyod
shahrida bo„lib o„tgan Prezident Islom Karimovning «O„zbekiston iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobi arabcha nashri taqdimnomasi ham ana
shu qiziqish va xayrixohlikning amaliy samarasi bo„ldi.
Ushbu taqdimnoma ikki jihati bilan alohida diqqatga sazovordir. Ma‟lumki, Islom
Karimovning qator kitoblari ingliz, fransuz, koreys, rus va boshqa xorijiy tillarga
tarjima qilinib mustaqil O„zbekistonni, uning iqtisodiy imkoniyatlarini keng dunyoga
tanitish uchun xizmat qilmoqda.
Lekin qariyb 250 million aholiga ega arab dunyosi mamlakatimizda oxirgi yillarda
amalga oshirilayotgan ulkan o„zgarishlar haqida bevosita ilk manbalardan axborot
olish imkoniyatiga to„la ega bo„lmagan edi. Bu esa, arab ishbilarmonlarining
mamlakatimiz haqida ko„proq ma‟lumotga ega bo„lishiga qaratilgan tabiiy intilishi
yo„lida g„ov bo„lib kelayotgan edi.
Taqdimnomaning ikkinchi ahamiyatli jihati shundaki, nafaqat arab dunyosi, balki
umuman musulmon olami ichra alohida nufuzga ega mamlakat, Makka va Madina
kabi muqaddas shaharlar joylashgan mo„tabar zamin – Saudiya Arabistonida bo„lib
o„tdi. Bu esa O„zbekiston Respublikasi va mamlakatimizga ko„rsatilayotgan yana bir
alohida hurmat va e‟tibor belgisidir.
Prezidentning «O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobi
Bayrutdagi «Sharikat al-matbuot lit tavzi‟ van nashr» nashriyoti tomonidan arab tilida
chop etildi. Noshirning kitobdan o„rin olgan kirish so„zida uning mazmun va mohiyati
hamda ruhiyati yaxshi aks etgan. Jumladan, unda quyidagi so„zlar bor: «Ushbu kitob
o„z yurtini cheksiz sevguchi fuqaro, islohiy yuksalishning eng mayda tafsilotlari
haqida ham qayg„uruvchi davlat arbobi hamda islohotlar haqida nazariy fikr yuritib,
ularni chin dildan himoya etayotgan O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov janobi oliylari qalamiga mansub.
Kitob istiqloldan oldingi voqelik, mustaqillikni qo„lga kiritgan yosh respublika
oldida paydo bo„lgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilib, o„zbek xalqi respublika
rahbariyati boshchiligida mamlakat va uning imkoniyatlariga mos bosqichma-bosqich
o„tkazilayotgan islohotlar orqali o„z vatanining yuksalishini ta‟minlashga
erishayotganini aks ettiradi.
Mazkur kitob o„xshash vaziyatni boshdan kechirayotgan har bir xalq, bo„hronga
duch kelgan har qanday millat, qiyinchiliklarni yengib o„tish yo„llarini izlayotgan har
qanday jamiyat uchun foydali darsdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |