Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

 
 


377 
* * * 
Xullas, Prezident I.Karimov bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari 
bilan dastlabki yillarda ma‟naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo„shliqni to„ldirdi, 
milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi. Qolaversa, jahon miqyosida 
mustaqillik harakati nazariyasi va amaliyotiga munosib hissa qo„shdi. Shu bois ham, 
I.Karimov bugungi kunda nafaqat O„zbekistonda, balki jahonda yirik siyosatchi, katta 
davlat arbobi, hozirgi zamonda jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatni tubdan 
isloh qilishning tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida tanildi. 
Demak, o‘zbek xalqi bugun o‘z Prezidenti I.Karimov siymosida jahonga dono 
siyosatdonlar yetkazib beruvchi, xalqlar ozodligi uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi 
tarbiyalab yetkazuvchi, aql-zakovat egasi, ayni chog‘da bag‘ri keng, mehmondo‘st, 
mehnatkash xalq sifatida tanilmoqda. Bunday xalqni o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘lidan qaytarib bo‘lmaydi.
Mustaqillik yillarida kishilarning O„zbekiston istiqloli va istiqboli haqida 
qayg„urishi, o„z xalqining, o„z vatanining qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish 
zarurligini tobora chuqurroq anglashi kuchayayotganligi ham ana shundandir. Oddiy 
saylovchi qariyaning «mustaqilligimizga ko„z tegmasin» deganida ham, yoshlarning 
«biz seni hech kimga bermaymiz, O„zbekiston» degan fikr bildirayotganida ham, 
xalqning o„z Prezidentiga yuksak ishonch bildirib, uning oqilona siyosatini qo„llab-
quvvatlayotganida ham mana shunday katta ma‟no bor. Bu masalaga urg„u 
berilayotganining boisi shundaki, davlatimizning mustaqillik siyosati, xalqimizning 
ongli tarzda O„zbekiston istiqloliga sodiq ekanliklari 1996-yil mart oylarida Rossiya 
ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarga munosabatlarida yana bir bor jiddiy 
sinovdan o„tdi. Hatto, turli mintaqalarda sobiq ittifoqdosh respublikalar o„rtasidagi 
integratsiya jarayoniga turlicha qarashlar mavjud bo„lgan o„sha kunlarda ham 
xalqning o„zi tanlagan mustaqillik yo„lidan qaytmasligini qat‟iy ko„rsatdi. Jumladan, 
Oliy Majlisning 1996-yil 26-aprelda bo„lib o„tgan V sessiyasi butun xalq nomidan 
«O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpog„iston Respublikasi Jo„qarg„i 
Kengesi, O„zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari kengashlari butun xalqning 
xohish-irodasini ifodalab shuni ma‟lum qildilarki, O„zbekiston o„zi tanlab olgan 
mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini, ijtimoiy yo„naltirilgan 
bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon hamjamiyatiga qo„shilishga qaratilgan 
yo„ldan hech qachon qaytmaydi va o„z mamlakatining gullab-yashnashini, uning 
barcha fuqarolarini munosib turmush kechirishini ta‟minlaydi», deb qat‟iy uqtirdi. 
Milliy istiqlol g„oyasini o„rganish, uni keng targ„ib etish konsepsiyasi «Milliy 
istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan yaratildi. Bu 
konsepsiyaning bosh muallifi I.A.Karimov mamlakat fuqarolarini milliy taraqqiyotga 
da‟vat etuvchi, yoshlar – yangi avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg„otuvchi 
qudratli g„oya sifatida namoyon bo„lishi tizimini vujudga keltirdi. 
Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g„oyalariga sodiqlik, ozod, erkin yashashga 
intilish o„zbek xalqiga xos azaliy tuyg„u ekanligini, ayni chog„da bunday g„oyaga 
xalq har qanday sharoitda – ichki va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan 


378 
sodiqliklarini yana bir bor namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik 
g„oyasi bilan qurollangan bunday xalqni o„zi tanlagan mustaqillik yo„lidan qaytarib 
bo„lmaydi. 
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi qo„shma majlisda 
«O„zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo„li» mavzuida ma‟ruza qilar ekan
shunday degan edi: «Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir 
masalaga alohida e‟tibor berishimiz lozim. Ya‟ni, kommunistik mafkura va axloq 
normalaridan voz kechilganidan so„ng jamiyatda paydo bo„lgan mafkuraviy 
bo„shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo„lgan, ma‟naviy va axloqiy 
tubanlik illatlarini o„z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi 
mumkinligi barchamizga ayon bo„lishi kerak. 
Bunday uzoqni ko„zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo„lgan turli xuruj va g„arazli 
intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag„ sarflanayotgan 
harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh 
bo„lishimiz darkor. 
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma‟naviy dunyosini 
himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo to„g„ri tarbiya, sog„lom 
turmush g„oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e‟tiqod hisobidan bunga 
erishishimiz mumkin. 
Aynan ana shunday o„z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli 
va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg„unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda 
o„z yo„lini topib olishi muqarrar». 
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davomida isloh qilish va 
yangilash borasida qo„lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy 
davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, 
ham ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma‟muriy-buyruqbozlik tizimiga 
barham berildi, milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi, 
davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari 
tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo„lga qo„yildi, iqtisodiyotni 
erkin bozor munosabatlariga o„tkazish jarayoni amalga oshirildi. 
Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o„zgarishlar ro„y berdi, ularning 
uzoq yillar mobaynida kommunistik mafkura va sovet mafkurasi tamoyillari asosida 
shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so„z bilan aytganda, odamlarning 
o„zi o„zgardi. 
Bugun yangicha fikrlaydigan, o„z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni 
mustahkamlash 
bilan, 
mamlakatimizning 
kelajagini 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi bilan bog„liq holda ko„radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib 
kelmoqda. 
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iqtisodiy, ma‟naviy-
ma‟rifiy o„zgarishlarni ortga qaytarib bo„lmasligi, islohotlar muqarrarligining 
ishonchli kafolatidir. 


379 
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o„rin tutgan ushbu davrda tom 
ma‟noda tub o„zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlarning teng huquqli 
subyektiga aylangan, jahon hamjamiyatida o„zining munosib va mustahkam o„rniga 
ega bo„lgan – O„zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun 
ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va 
modernizatsiya qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy 
bosqichi izchil davom etmoqda. 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish