380
lavozimlarga tayinlanishlarini o„zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb
bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar
jumhuriyat ma‟naviy hayotini barbod etishga harakat qildilar. Shu tariqa xalqning
ko„p asrlik an‟analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.
Ikkinchidan
, ayrim mahalliy rahbarlar, xususan, O„zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Qo„mitasining sobiq mahalliy millatga mansub rahbarlari o„sha davrda
amal kursisini yo„qotmaslik uchun markazga qo„g„irchoq bo„lib qoldilar, sotqinlik
qilishdan o„zlarini tiya olmadilar. Natijada xalqning urf-odatlari, an‟analari,
madaniyati oyoq osti qilindi. Ona tilining qo„llanish sohasi sun‟iy tarzda cheklab
qo„yildi. Hatto shundoq ham milliy an‟analardan ancha olisda bo„lgan ayrim san‟at
turlari kimlargadir maqbul bo„lmay, ularni milliy mahdudlikda ayblashib, mualliflar
ta‟qib ostiga olindi. Birgina misol, 1986-yil 4-oktabrda O„zbekiston KPMKning III
Plenumi «Ideologiya ishining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan respublika
partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos
bo„lmagan xalqning milliy o„zligini anglashiga zid ko„rsatmalar berildi. Jumladan,
«O„tmishni ideallashtirish, nosinfiy va notarixiy yondashish shunga olib keldiki,
Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sahifalarida shu
vaqtga qadar ko„zga tashlanib turibdi, ayrim yozuvchilarning e‟tiborida tarix
haqiqatiga zid ravishda u insonparvar va uzoqni ko„ra biluvchi siyosatchi qilib
ko„rsatilgan. Bu borada tipik o„rta asrga xos jihatlarni ko„ra olish uchun Pirimqul
Qodirovda sinfiy yetuklik yetishmadi. Yozuvchi Boburning haqiqiy bosqinchilik
faoliyatlarini sezmay, uning go„yo ma‟rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va
ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko„z yoshi qiladi.
Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko„rinsa-da aslo bunday emas. Uning
zamirida tarixni qaytadan yozishga urinish, patriarxal davrni qo„msashni targ„ib
qilish, islomni milliy madaniyatning xazinachisi qilib ko„rsatishga urinish yotadi»,
deb ta‟kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum
«ideologiya ishidagi mavjud buzilishlar murosasizlik bilan tugatilsin, tarixiy
o„tmishni idrok qilishda markscha-lenincha metodologiyadan og„ish yo„lidagi har
qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko„rsatma berdi.
Ko„rinib turibdiki, Plenum kishilarni vatanparvarlik va internatsionalizm ruhida
tarbiyalash kabi g„oyalarni ilgari sura turib, o„zi xalqni asl ma‟nodagi vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashga zid yo„l-yo„riqlar belgilab berdi. Bunday noto„g„ri pozitsiya
1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo„lib o„tgan jamiyatshunos olimlarning respublika
Kengashida ham yana bir bor ta‟kidlandi. Kengash respublika olimlariga tarixiy
voqea va hodisalarga baho berishda partiyaviy, sinfiy prinsiplardan kelib chiqib
yondashish kerakligini tavsiya qildi. Biroq, bunday tarixiy haqiqatga zid mafkuraviy
yo„l-yo„riq xalq tomonidan ma‟qullanmadi, ziyolilarning qarshiligiga uchradi.
O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo„mitasi bu borada o„zi yo„l qo„ygan xatoni
o„zi tuzatishga majbur bo„ldi. O„zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma‟ruza
qilgan, uning birinchi kotibi I.A.Karimov shunday dedi:
Do'stlaringiz bilan baham: