25
ravshan belgilab qo„yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan
mustahkamlash tarafdorimiz»,
– deb ta‟kidladi. Oradan biroz o„tgandan so„ng –
O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1990-yil 23-martidagi Plenumida u
O„zbekistonning iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy yo„llarini ko„rsatib:
«Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O„zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi
muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda bunday
mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,
– degan fikrni bildiradi.
Darhaqiqat, 1980-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy
suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko„rildi. Masalan, O„zbekiston
SSR Oliy Soveti 1989-yil 25-noyabrida bo„lgan «O„zbekiston
SSRni iqtisodiy va
sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to„g„risida»gi masalani muhokama
qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
«1990-yilga mo„ljallangan plan, – deb ta‟kidlanadi sessiyada, – respublikaning o„z-
o„zini mablag„ bilan ta‟minlash prinsiplariga o„tish
arafasida uning iqtisodiy
mustaqilligini kengaytirish talablarini hisobga olgan holda tuzilgan edi... Eng asosiysi
respublikaning sharoiti, o„ziga xos xususiyati, an‟anaviy marosimlari va manbalaridan
kelib chiqqan holda territorial xo„jalik hisobining o„z konsepsiyasini ishlab
chiqishdir».
Sessiya 1990-yil plani budjet loyihalarida hukumatning o„zlashtirilgan
kapital
mablag„lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini qonunan to„g„ri va asosli deb hisobladi
hamda «respublikaning suvereniteti ayni shunda yaqqol ko„rinadi», – deb ta‟kidladi.
Sessiyada respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta‟minlashga qaratilgan
quyidagicha qaror qabul qilindi:
«1990-yilda sovet va xo„jalik organlari, ilmiy
muassasalar ishining muhim
yo„nalishi respublikani o„z-o„zini boshqarish va o„z-o„zini mablag„ bilan ta‟minlash
prinsipiga o„tishga tayyorlash yuzasidan amaliy tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat,
deb hisoblansin.
O„zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning
real resurslarini hamda amal qilish imkoniyatlari – strukturani tubdan
takomillashtirish va uning ilmiy-texnikaviy hamda tashkiliy darajasini oshirish
imkoniyatlarini har tomonlama qarab chiqsin... amalga oshirilayotgan siyosiy sistema
islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni
hisobga olgan holda
respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy yo„llarini belgilasin».
1990-yil 23-martida O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumi
bo„ldi. Unda O„zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid
muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e‟tibor berildi.
Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o„rni va
mavqei, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o„zaro
munosabati prinsiplari to„g„risidagi
masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan,
ma‟muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga Plenum
respublika siyosiy tizimi to„g„risidagi masalani ko„rib
chiqishni hayot taqozo
qilayotganligini ko„rsatib, real hokimiyat O„zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha
26
darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari Sovetlariga berilishi bilan bog„liq
barcha qiyinchiliklarni yengib o„tishlari lozimligini ta‟kidlab, yuzaga kelgan
vaziyatda O„zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta‟sis etish muhim ahamiyat kasb
etadi», – deb ta‟kidladi.
O„zbekistonda
Do'stlaringiz bilan baham: