Narzulla Jo„rayev O„zbekiston tarixi


-§. O„zbekiston davlat suverenitetining e‟lon qilinishi



Download 6,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/343
Sana15.04.2022
Hajmi6,25 Mb.
#555035
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   343
Bog'liq
O\'z.tarixi.J.Narzulla.

2-§. O„zbekiston davlat suverenitetining e‟lon qilinishi 
XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya 
qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz 
tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ 
Respublikasi parchalanib, uning o„rnida bir necha mustaqil respublika, 
Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo„linib, Chexiya va Slovakiya 
suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya 
Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik 
tuzum barbod etildi. Ayni chog„da sobiq SSSR parchalanib, uning o„rnida mustaqil 
taraqqiyot yo„lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko„pgina mamlakatlarda mustaqillikka 
erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. 
O„zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz 
berdi. 
«Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o„z 
taqdirini o„zi belgilashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o„zgarishlarni 
harakatga keltiruvchi kuchdir»,
– degan edi Islom Abdug„aniyevich Karimov. 
XX asr 90-yillarining boshlariga kelib O„zbekistonda xalqning ana shu azaliy 
orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bo„lib qoldi. 
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zo„ravonlikka 
asoslangan, ma‟muriy buyruqbozlikka xos bo„lgan markazlashgan davlat saqlanib 
qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar 
suvereniteti ta‟minlanadimi? – degan masala dolzarb bo„lib qoldi. Ikkinchi tomondan, 
o„sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to„g„ri baholay 
olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib 
borayotganining oldini ololmay qoldi. 
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan 
chiqishning yo„lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda 
markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar o„rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy 
hokimiyatning obro„yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo„jalik hayoti boshqa-
rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ahvoldan xalqning kun 
sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomonlasha boshladi. Ishlab chiqarish va 
mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hol tabiiy ravishda xalqning ko„zini ochdi, endi u 
eskicha buyruqbozlik usulini qabul qila olmay qoldi. 


18 
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenitetini va inson 
huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz 
ekanligini hayotning o„zi ko„rsata boshladi. 
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo„jaligini bozor iqtisodiyotiga o„tkazish hamda 
Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham ko„rsa 
bo„ladi. 
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo„jaligini bozor iqtisodiga o„tkazish 
masalasi 
1987-yili 
xalq 
deputatlari 
II 
syezdi 
qarori 
va 
iqtisodiyotni 
sog„lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990- yil may 
oyida Oliy Sovet III sessiyasida muhokama qilingan edi. 
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga 
o„tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo„l yo„q, degan xulosaga keldilar. SSSR 
Oliy Soveti III sessiyasining «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o„tish haqida»gi 
qarorida bozor iqtisodiyotiga o„tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil 
qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiyasini deputatlar fikr-
mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 1-sentabriga tayyorlash belgilandi. 
SSSR Rahbariyatida shu yo„nalishdagi amaliy ishlar qizg„in tus oldi. 1990-yil 25-
iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor 
iqtisodiyotiga o„tkazish yuzasidan qo„shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 
1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, 
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi 
bo„ldi. 
6-avgustda esa mamlakat Prezidenti M.Gorbachyovning «Yangi Ittifoq 
Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga o„tishning Ittifoq Dasturi 
Konsepsiyasini tayyorlash haqida» Farmoni e‟lon qilindi. Bu vazifani bajarish uchun 
SSSR va RSFSR rahbarlari tomonidan S.Shatalin, I.Petrakov, L.Abalkin, 
G.Yavlinskiy, S.Aleksenko, V.Vavilov, A.Grigoryev, M.Zadorniy, V.Martinov, V. 
Mashchits, A.Mixaylov, B.Fedorov, T.Yarigina va Y.Yasinlardan iborat komissiya 
tuzildi. Komissiyaga 1990-yil sentabridan kechikmasdan Hukumat Dasturini ishlab 
chiqish topshirildi. 
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov 
«Boshqariladigan bozor iqtisodiga o„tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo„jaligida 
barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma‟ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi 
fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat 
Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan 
ishonch yo„qola borgan edi. Ayni chog„da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab 
qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo„ldan rivojlantirishni ko„zda tutar edi. 
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» 
Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar ko„tarilgan edi: 
– Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste‟mol 
bozori va unda erkin narx; 
– korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi; 


19 
– ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti; 
– aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko„zda tutar edi. 
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo„lib o„tgan IV sessiyasida bu Dastur ham 
qabul 
qilinmadi. 
1990-yil 
24-sentabrda 
sessiya 
«Xalq 
xo„jaligini 
barqarorlashtirishning kechiktirib bo„lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, 
Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga 
qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o„tish jahon 
amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo„nalishiga 
ziyon yetkazmaydi», – deb xulosa berdi. 
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo„jaligini bozor 
iqtisodiyotiga o„tkazishni hayotning o„zi kun tartibiga qo„ya boshladi va uning 
huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo„lsa-da, 1990-1991-
yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti 
yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi. 
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga 
uchta yo„nalishdagi kuchlar manfaatlari to„qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan: 

Download 6,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish