Naqishbandiy tariqati hayot haqiqati



Download 21,26 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi21,26 Kb.
#147348
Bog'liq
Naqshbandiy so'ngi


Naqishbandiy tariqati – hayot haqiqati”.

Maktabgacha ta`lim yo`nalishi 1-kurs talabasi Ismatova Dilorom.

Biz yoshlar, ajdodlar o`giti bilan kamol topmog`imiz, qadr topgan qadriyatlarimizni ardoqlamog`imiz darkor.

Buyuk bobokalonlarimizdan bo`lgan Naqshbandiy hazratlarining ta`limoti asosida yosh avlodni tarbiyalash porloq kelajak poydevoridir.

Sho`rolar zamonida hazrat Bohouddin Naqshband ta`limotiga e`tibor qilinmadi, ul zotning maqbarasi, qasri Orifon majmui tashlandiq holda qoldi. Ta`limotlari, bitgan o`gitlari, pandu-nasihatlari sho`rolar tomonidan yo`qqa chiqarildi. Iistiqlolning dastlabki yillaridan boshlab, Birinchi Prezidentimizning tashabbuslari bilan bu majmua ta`mirlab, obod qilindi. 1993-yilda Naqshband hazratlari 675 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning shaxsan o`zlari Naqshband qadamjolarini obod qilish ishlarini ko`zdan kechirish uchun Buxoroga uch marotaba tashrif buyurdilar. Bu joy hozir Qubbat ul-islom nomi bilan mashhur bo`lgan Buxoroi sharifning eng ko`rkam joylaridan biriga aylandi. Bu yerga dunyoning turli go`shalaridan sayyohlar kelib, ziyorat qilmoqdalar.

O`zbekiston Respublikas Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o`z nutqlaridan birida shunday deganlar:

Buxoroni Buxoroi sharif darajasiga ko`targan ana shunday ajdodlarimiz orasida hazrat Bahouddin Naqshbandiyning muborak siymosi alohida nufuz va mavqega ega. Bu ulug` shaxs timsolida inson ruhiyatining naqadar teranligi, bu dunyoda o`z irodasini tarbiyalab, qalbini poklab, nafs balosini yengib yashaydigan odam qanday ma`naviy yuksaklikka ko`tarila olishi yaqqol namoyon boladi. Bu buyuk zot ma`rifat yo`lida odamlarning qalbiga chuqur kirib borish orqali ularda ezgu intilishlar, orzu-umidlar uyg`otish mumkinligini isbotlab berdi”. Shu bois naqshbandiya ta`limoti hozir ham qiziqish bilan o`rganilmoqda, manbalar nashr ettirilmoqda.

Buxoroyi sharifda barpo etilgan xojagon naqshbandiya tariqati ham o`sha davrda ilm va ma`rifat markazi hisoblangan bu o`lkaning madaniy turmush tarziga uyg`un tarzda shakillandi.

Mustaqillikka erishgandan so`ng, o`zligimizni anglay boshladik. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek :

Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”

Ta`lim-tarbiya, ilmu-hikmat - makon va zamon tanlamaydi. Zamon yoshlari ta`lim-tarbiyani avvalo buyuk bobokalonlarimizdan bo`lgan Naqshbaniy hazratlaridan olishlari kerak. Bolajonlarni bobokalonimiz Naqshbandiyning pandu-nasixatlari, o`gitlari bilan tanishtirish biz kabi tarbiyachi kadrlarning qo`lida.



Ilm bahriga kirmay,

Sohilda qolgan inson,

Dengiz ichi – farog`at,

Sohil – baxtsizlik inson.

Dengizning mavjlariga

Mahliyo bo`lma mutloq.

Bir nafas g`ofil bo`lmay,

Dengizdan olgin bahron.

(Bohouddin Naqshbandiy)

Inson tug`ulibdiki, shu zaminda o`z o`rnini topishga harakat qiladi. Bunda yordam beruvchi vosita- ilmdir.

Ilm- bilimni tashkil etadi, bilim- malakani, malaka esa ko`nikmani. Bu jarayon zanjir misoli davom etadi.Bularning barchasi kompetentsiyada mujassamlashadi. Maktabgacha ta`lim muassasalarining umumiy muhim kompetentsiyalari “Ilk qadam” davlat dasturida ko`rsatib o`tilgan.

Ustoz Naqshbandiy tabirlari bilan aytganda “ilm bahriga kirmoqlik- farog`at. Ilm o`rganishdan boshtortmoqlik esa sohilda qolgan baxtsiz inson kabidir”.

Biz yosh pedagog tarbiyachilar murg`ak qalblarni ilm ummoniga olib kirmog`imiz darkor. Naqshbandiy hazratlari ustozlarga quyidagicha ta`rif berganlar: “Ustoz oldida ta`lim berish vazifasi turadi. Ta`lim berish uchun u o`z shogirdlarining o`y-tashvishlari-yu, qat`iy muddaolarini hisobga olish kerak. Chunonchi, u buxoroliklar bilan suhbatlashayotganida Buxoro tilini qo`llashi, Bog`dodda esa Bog`dod tilida so`zlashi kerak”- deb aytganlar.

Bundan kelib chiqadiki tarbiyachi, tarbiyalanuvchilarga til o`rgatmog`i, shu tillar asosida mashg`ulot faoliyatlarini olib bormog`i, “kelajak poydevorlari”ni mustahkamlash maqsadida ular bilan turli tillarda suhbatlashmog`i darkor.

Dono xalqimiz bejizga “Til bilgan el biladi” deb aytmagan . Bag`ri keng zaminimizda turli millat va ellat vakillari istiqomat qiladi. Nechchi asrlardan beri turli millat va ellatlar bilan ahl va inoq yashab kelyapmiz. Bu qalbi daryo xalqimizning millat va ellatlar tili va dilini bilganidan dalolat beradi. Bugungi kunda ham yosh kelajak avlodga rus, ingliz, koreys va boshqa tillarda ta`lim berilmoqda. Bu intelektual avlodga qo`yilgan zamon talabidir. Naqshbandiy bobomiz ham til o`rganish va ilm olish tarafdori bo`lganlar. Hazratning tariqatlarida ham bunga guvoh bo`lamiz. Chunki tariqatlari turli millat va qavmlarni birlashtirishga qaratilgan bo`lib, ayirmachilik va siyosiy to`qnashuvlarni oldini olishga yordam bergan.

Naqsbandiy butun umr ilm istab, ilm o`rganish, jahldan uzoq turishni nasihat qildilar.U kishi Payg`ambarning “Qayerda bo`lmang, ilm talabidan uzoqlashmanglar va agar obu otash ichra g`arq bo`lsangiz ham, g`avvos bo`lib kechib o`tinglar va ilm o`rganinglar ”, degan hadisni muridlariga takror-takror uqtirib turganlar. Mana shu jihatlari bilan ham naqshbandiya ta`limoti obro`-etibor qozongan. Butun harakat-faoliyat, o`git-nasihatlar, toat-ibodat ham insoniylik jabhalarini kashf etishga qaratilgan.

Xulosa qilib aytganda, Naqshbandiy o`gitlari,hikmatlari,tariqati – hayot haqiqatidir. Hayot haqiqatini anglash esa ularni o`rganishdan boshlanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G. Navro`zovaning - “Hazrat Bahouddin Naqshbandning hayoti va tasavvufiy qarashlari”;

  2. Sadriddin Salim Buxoriy – “Dilda yor”(Hazrat Bohouddin Naqshband);

  3. h.tt.p\www.Ziyonet.uz.

Download 21,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish