Namunaviy masalalar.
1-masala. Quydagi elementlar orasidagi bog`ning qutbliligi ortib borish tartibini toping.
1) xlor – ftor; 2) brom – ftor;
3) yod – ftor ; 4) brom – xlor;
5) yod – xlor; 6) yod – brom.
Yechish: Elementlar orasidagi bog`ning qutbliligini aniqlash uchun elementlarning nisbiy elektromanfiylik (n.e.m.) qiymati farqi qanchalik katta bo`lsa, bog` shunchalik qutbli bo`ladi.
Demak, 1) Cl F 2) Br F
2,83 – 4,1 = 1,27 2,74 – 4,1 = 1,36
3) J F 4) Br Cl
2,21 – 4,1 = 1,86 2,74 – 2,83 = 0,09
5) J Cl 6) J Br
2,21 – 2,83 = 0,62 2,21 – 2,74 = 0,53
Javob: 4, 6, 5, 1, 2, 3
2-masala. Suvning qaynash temperaturasi undagi kislorod atomiga o`xshash elementlar gidridlari – vodorod sulfid, vodorod selenid va vodorod telluridlarning qaynash temperaturasidan yuqori ekanligi qanday izohlash mumkun?
Javob: Kislorod guruhidagi elementlarning vodorodli birikmalari quyidagicha H2O, H2S, H2Se, H2Te. Keltirilgan moddalar ichida H2O molekulalari orasida kuchli vodorod bog`lanish mavjud bo`lganligi sababli yuqori temperaturada qaynaydi.
3-masala. Ammoniy xloridda qanday turdagi bog`lar mavjud?
Yechishi: NH4 Cl molekulasining struktura formulasini yozamiz.
H +
:
H N H a) Ammoniy kationida nuqta – nuqta bog` Donor – akseptor
bog`lanish hisoblanadi.
H
b ) H N H
: 3 – 2,1 = 0,9 bu elektromanfiylik qiymati farqi.
H N H
H
Elektromanfiylik qiymati farqi:
0 – 0,4 0,4 – 1,8 1,8≤
Qutbsiz Qutbli Ion
kovalent bog`lanish kovalent bog`lanish bog`lanish
Demak, qutbli kovalent bog`lanish.
c) NH4Cl dissotsilanganda NH+4 kationi va Cl- anioniga parchalanadi.
Javob: 4 ta Kovalent, 1 ta donor akseptor va 1 ta ion.
4-masala. Alyuminiy pirofosfat molekulasida σ – va π – bog`lar sonini aniqlang.
Yechish: Alyuminiy pirofosfat molekulasida σ va π bog`larni aniqlash uchun, uning struktura formulasini yozish kerak.
Al4(P2O7)3
O O
║ ║
O P O P O
Al O O Al
O O
O ║ ║ O
P O P
O O
O O
Al O ║ ║ O Al
P O P
O O
formuladagi barcha yakka bog`lar σ-bog` ni tashkil etadi, qo`sh bog`ning 1 tasi σ, 1 ta π-bog` hisoblanadi.
Javob: 36 σ : 6 π.
5-masala. H2O va [H3O]+ lar uchun quyidagi qaysi xususiyat(lar) umumiy?
1) markaziy atomning gibridlanishi; 2) markaziy atomning oksidlanish darajasi;
3) fazoviy strukturasi; 4) markaziy atomning valentligi.
∙∙
Yechishi: H2O va [H3O]+
1 . H∙―∙O∙―∙H 4 juft elektondan π-bog`lan sonini ayirsak 4 – 0 = 4 s1p3
∙∙
H∙―∙O∙―∙H 4 – 0 = 4 s1p3
H2O da kislorodning valentligi II ga, [H3O]+ ionida esa III ga teng.
H2O va H3O+ da kislorodning oksidlanish darajasi -2 ga teng.
Fazoviy tuzilishi.
O H
H H
H O H har xil
Javob: 1; 2
Do'stlaringiz bilan baham: |