K U N T A R T I B I:
1. Guruh kasaba uyushmasi byurosi raisining 2005-2006-o`quv yilida guruhda
amalga oshirilgan ishlar yuzasida hisoboti, byuroning yangi o`quv yili uchun ish
rejasini tasdiqlash hamda byuroning yangi tarkibini saylash.. Ma’ruzachi – Dorf T.V.
2. Guruh a’zolarining tartib-intizomi haqida. Ma’ruzachi - guruh “Kamolot”
YIH yetakchisi Urcheva L.A.
3. Har xil masalalar.
ESHITILDI: guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf yig`ilish
kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha hisobot berdi. U guruh kasaba uyushmasi
byurosi tomonidan o`tgan o`quv yilida guruhda amalgam oshirilgan ishlarga batafsl
to`xtaldi(byuro raisi T.V.Dorfning yozma hisoboti majlis bayoniga ilova qilinadi). U
so`zining oxirida yig`ilish ishtirokchilarini guruh kasaba uyushmasi byurosining
yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejasi bilan tanishtirdi. Shundan so`ng
yig`ilish ishtirokchilari guruh kasaba uyushmasi byurosining o`tgan o`quv yili
davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan byuro raisi T.V.Dorfning hisobotini
hamda byuroning yangi o`quv yili uchun mo`ljallangan ish rejsini muhokama
qilishdi.
SO`ZGA CHIQDI: Guruh talabalari S.Jitkiyevich, Y.Shegay, V.Shkayevalar
mazkur masala yuzasidan so`zga chiqishdi va hisobot haqida, byuro a’zolarining
ishlari haqida o`z fikr-mulohazalarini bildirishib, byuro raisi hamda byuro a’zolarini
o`tgan o`quv yilida yaxshi faoliyat ko`rsatganliklarini inobatga olib, ularni qayta
saylash taklifini bildirishdi. Yig`ilish ishtirokchilari ular kiritgan takliflar hamda ish
rejasi bo`yich bildirgan qo`shimchalarni bir ovozdan ma’qullashdi.
QAROR QILINDI:
1. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorfning byuro tomonidan
2005-2006-o`quv yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun
qabul qilinsin(yozma hisobot majlis bayoniga ilova qilinadi).
2. Guruh kasaba uyushmasi byurosining raisi T.V.Dorf va u boshchiligidagi
byuro a’zolari A.Jukova, H.Doroshenko, T.Korinalarning o`tgan o`quv yilida yaxshi
ishlaganliklari ta’kidlansin hamda ular keyingi muddatga saylangan deb hisoblansin.
3. Guruh kasaba uyushmasi byurosining 2006-2007-o`quv yili uchun
mo`ljallangan ish rejasi kiritilgan takliflar inobatga olingan holda tasdiqlansin (ish
reja majlis bayoniga ilova qilinadi).
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi navbatdagi masala bo`yicha guruh
“Kamolot” YIH yetakchisi Urcheva L.A. axborot berdi. U o`z so`zida guruhda tartib-
intizomning bir oz bo`shashganligini, chunonchi o`tgan haftadagi ma’naviyat soatiga
ayrim talabalarning faol qatnashmaganligini tanqid qilib o`tdi.Shuningdek,
talabalardan O.Karatsuba, N.Beresheva, T.Manukyanlar Universitet xiyobonida
o`tkazilayotgan shanbaliklarga ham chiqishmaganini aytib o`tdi. U guruh talabalarini
o`qishda ham, jamoat ishlarida ham, tartib-intizomda ham faol bo`lishga chaqirdi.
73
SO`ZGA CHIQDI: guruh talabalaridan I.Chachiyeva, V.Yun, L.Reyxert,
I.Konyevalar so`zga chiqishib, ikkinchi masala bo`yicha axborot bergan guruh
“Kamolot” YIH yetakchisi L.A.Urchevaning fikrlarini qo`llab-quvvatladilar hamda
guruhda tartib-intizomni mustahkamlash yuzasidan o`zlarining takliflari va
mulohazalarini bildirdilar.
QAROR QILINDI:
1. Guruhda yangi o`quv yili boshidanoq tartib-intizomning bo`shashganligi
qayd etilsin va tartib-intizomni buzuvchilar ustidan doimiy nazorat o`rnatish, amaliy
mashg`ulotlar, seminarlardan ulgurmayotgan talabalarga ko`maklashish guruh kasaba
uyushmasi byurosining yangi tarkibi a’zolariga yuklatilsin.
ESHITILDI: yig`ilish kun tartibidagi har xil masalalar bo`yicha guruh
oqsoqoli B.Sayfulov so`z olib, dars jadvalidagi o`zgarishlar, obuna hamda dekanat
tomonidan berilgan har xil topshiriqlarni talabalarga yetkazdi. Shu bilan guruh kasaba
uyushmasi a’zolari yig`ilishi o`z ishini tugatdi.
Yigilish raisi: Tursuntoshov A.B.
Yig`ilish kotibi: Hatamova L.Ch.
Do'stlaringiz bilan baham: |