TOPSHIRIQLAR
1.
Mavzuni diqqat bilan o`qib chiqing.
2.
Mavzu mazmunini og`zaki hikoya qiling.
3.
Mavzuning zaruriy qismlari va berilgan namunadan foydalanib o`z tarjimayi
holingizni yozing.
4.
Tarjimayi holingizni og`zaki hikoya qiling.
TAVSIFNOMA
Tavsifnoma muayyan shaxsning o`qish, mehnat jarayonidagi, yashash joyidagi
ijtimoiy-jamoatchilik faoliyati, erishgan muvafaqqiyatlari, o`ziga xos xislatlari,
fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir. Bu hujjat korxona, tashkilot, muassasa,
o`quv yurti rahbariyati tomonidan o`z xodimi, talabasi, o`quvchisi o`qishga yoki
ishga kirayotganda, chet elga o`qishga, ishga, tajriba almashishga yoki sayohatga
ketayotganda, yangi lavozim, ish yoki mansabga tayinlanayotganda, erishgan
muvaffaqiyatlari uchun rag`batlantirilayotganda berilishi mumkin. Hujjatda
tavsiflanayotgan shaxsning o`qish, ish, jamoatchilik faoliyati, ishchanligi, ijodkorligi,
axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, oilaviy ahvoli o`z ifodasini topadi.
Tavsifnoma uchinchi shaxs nomidan bayon etiladi. Bu hujjatning "Tavsifnoma",
"Ishlab chiqarish tavsifnomasi", "Xizmat tavsifnomasi" kabi turlari ish qog`ozlari
yuritishda qo`llaniladi. Barcha turdagi tavsifnomalar uchun umumiy bo`lgan zaruriy
qismlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
·
Tavsifnoma berilayotgan shaxs haqidagi asosiy ma’lumotlar:
-
tavsiflanayotgan shaxsning o`qish yoki ish joyi nomi;
-
lavozimi;
-
tug`ilgan yili;
-
millati;
-
ma’lumoti;
-
familiyasi, ismi, otasining ismi.
·
Hujjat nomi - tavsifnoma.
·
Matn (o`quvchi, talaba yoki xodimning o`qish, ish faoliyati, muhim sanalari,
alohida
yutuqlari,
ishchanligi,
ijodkorligi,
tashabbuskorligi,
jonkuyarligi,
53
g`amxo`rligi, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy fazilatlari,
rag`batlantirilganliklari, oilaviy ahvoli va boshqalar).
·
Tavsifnoma yuborilayotgan joy nomi.
·
Tasdiqlovchi rahbarlarning lavozimlari, imzolari, familiyalari.
·
Tavsifnoma yozilgan sana va muhr.
Tavsifnoma matnini unda bayon etilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib,
shartli ravishda uch qismga bo`lish mumkin. Dastlabki qismda shaxsning hayoti yoki
ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltirilsa, keyingi qismda uning shaxsiy tavsifi,
lavozimiga munosabati, mahorati, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijodkorligi,
jamoatchiligi, tashkilotchilik qobiliyati, xulq-atvori, oilaviy ahvoli, taqdirlanishlari
haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. So`nggi qismda esa bayon etilganlardan xulosa
qilinib, tavsifnomaning berilishidan ko`zda tutilgan maqsad yoritiladi.
NAMUNA
GULISTON davlat
universiteti devonxonasi ish yurituvchisi,
1980-yilda tug`ilgan,“Kamolot” YIH a’zosi,
o`zbek, oliy ma’lumotli
Oxunova Zulfiya Boboxonovnaga
Do'stlaringiz bilan baham: |