18.4. Korporatsiyaning ichki nazorati
Korporativ boshqaruvni joriy etilgan korxonada ichki nazorat to‘g‘risida nizom ishlab chiqiladi, aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishinin ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Mazkur nizomning tarkibi quyidalargdan iborat bo‘ladi: Umumiy qoidalar
Ichki nazorat tizimi – ichki nazoratning tashkiliy tizilmasi, nazorat qiluvchi choralari, tadbirlari va uslublari majmui bo‘lib, Korporatsiyada Kuzatuv kengashi, ijroiya organi va boshqa xodimlar tomonidan barcha darajalarda hamda barcha funksiyalar bo‘yicha tashkil etiladi va amalga oshiriladi, ichki hujjatlar bilan tartibga solib boriladi ular ichki hujjatlar bilan tartibga solib boriladi.
Ichki nazorat to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Korporativ boshqaruv kodeksi va Korporatsiyaning ichki hujjatlariga binoan ishlab chiqilildai. Ushbu Nizom ichki nazoratning maqsad va vazifalari, uning amal qilish tamoyillari, shuningdek Korporatsiyaning ichki nazorat uchun mas’ul organlari va shaxslar belgilab beriladi. Ushbu Nizomga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar Korporatsiya aksiyadorlari Umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kiritiladi.
Ichki nazorat – korporatsiya faoliyatiga tadbiq etilgan muntazam amal qiluvchi jarayon bo‘lib, Korporatsiya maqsadlariga erishish uchun asosli va etarli darajada xatarlarni boshqarish, nazorat va korporativ boshqaruv jarayonlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan va u quyidagi sohalarni o‘z ichiga oladi:
faoliyatning samaradorligi va unumdorligi, shu jumladan faoliyat yuritish, foyda olish va aktivlar himoyasi samaradorligi darajasi;
moliyaviy hisobotlarning ishonchli va aniqligi;
qo‘llanilayotgan faoliyatni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va huquq me’yorlariga muvofiqligi.
Ichki nazorat tadbirlari - Korporatsiyaning Taftish komissiyasi, Kuzatuv kengashi, ijroiya organi hamda ichki nazoratni olib borish uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi chora-tadbirlar majmuidan iborat:
– ular moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirishda qonun hujjatlari va Korporatsiyaning ichki hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlashga;
– Korporatsiyaning qo‘yilgan maqsadlarga erishish samaradorligini baholashga, shuningdek ichki nazorat sub’ektlarining ichki nazorat tadbirlarini amalga oshirishda ularning o‘zaro aloqasi.
Ichki nazoratning asosiy vazifasi korporatsiyaning o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘z faoliyatini samarali tarzda tashkil etishi ustidan tegishli ichki nazoratni o‘rnatishdan iborat.
Ichki nazorat quyidagilarni amaliy tarzda ta’minlashi lozim:
korxonani aktivlarining saqlanishini, uning resurslarining tejab-tergab va samarali ishlatilishini;
amaldagi qonunlar va korporatsiyaning ichki hujjatlari talablariga rioya qilinishini;
korporatsiyaning o‘rtacha muddatga va uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiyasining, korporatsiya biznes-rejasining ijrosini;
korporatsiyaning buxgalteriya yozuvlari, moliyaviy hisobotlari va boshqaruv ma’lumotlarining to‘liq va aniq bo‘lishini;
korporatsiya faoliyatida xatarlar yuzaga kelgan paytda ularning aniqlanishi, identifikatsiya va tahlil qilinishini;
korporatsiya faoliyatidagi xatarlarni rejalashtirish va boshqarish, shu jumladan zarar etkazguniga qadar xatarlarni boshqarish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos qaror qabul qilinishini;
ishbilarmon doiralar va iste’molchilar orasida Korporatsiyaning obro‘sining oshirib borilishi va uning tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligini;
korporatsiya ijroiya organi, Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolariga to‘lanadigan mukofot va kompensatsiyalar to‘lovining, shuningdek uning miqdorining mosligi, shaffofligi va haqiqiyligini.
Korporatsiyaning ichki nazorat tizimi quyidagi prinsiplarga asosan tashkil etiladi:
1. Faoliyatning uzluksizligi – ichki nazorat tizimining muntazam ravishda va tegishli tarzda faoliyat yuritishi Kompaniga har qanday me’yordan chetga chiqish holatini vaqtida aniqlash va ularning kelgusida ro‘y berishining oldini olish imkonini beradi;
2. Barcha ichki nazorat tizimi ishtirokchilarining hisobot berishi shartligi – har bir shaxsning o‘z nazorat funksiyalarini bajarishi sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat qilib boriladi;
3. Vazifalar taqsimoti – Korporatsiya nazorat funksiyalarining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qiladi, shu sababli bu funksiyalar xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanishi lozimki, toki muayyan aktivlar bilan operatsiyalarni tasdiqlash, operatsiyalarni hisobga olish, aktivlarning saqlanishini ta’minlash va ularni xatlovdan o‘tkazish bilan bog‘liq funksiyalar bitta shaxsning vakolati doirasida bo‘lib qolmasin;
4. Operatsiyalarning tegishli tarzda ma’qullanishi va tasdiqlanishi – Korporatsiya barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining mas’ul shaxslar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlanadigan tartibni joriy etishga harakat qiladi;
5. Korporatsiyada xizmat qiluvchi barcha ichki nazorat sub’ektlarining nazorat funksiyalarini tegishli darajada bajarishlari uchun mas’ulligi;
6. Ichki nazoratning korporatsiya barcha bo‘linma va xizmatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi asosida amalga oshirilishi;
7. Muttasil rivojlanib va takomillashib borish – Korporatsiya ichki nazorat tizimini moslanuvchan yo‘lga solish uchun sharoit yaratishga harakat qiladi, bundan maqsad u zaruratga qarab yangi vazifalarni hal etish, tizimnig o‘zini kengaytirish va takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘la olsin;
8. CHetga chiqish to‘g‘risidagi xabarlarni vaqtida etkazilishi – Korporatsiyada tegishli xabarni chetga chiqish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega shaxslarga etkazish uchun mumkin qadar qisqa vaqt belgilangan;
9. Ichki nazorat tizimining murakkablik darajasi bilan nazorat qilinadigan ob’ektning murakkablik darajasining o‘zaro muvofiqligi;
10. Korporatsiya faoliyatining nazorat yo‘lga qo‘yilayotgan sohalari ustuvorligini belgilash – ichki nazorat tizimi qamrab oladigan strategik yo‘nalishlar, hatto ular faoliyatining samaradorligini («xarajat – iqtisodiy samaradorlik»ni) o‘lchash mushkul bo‘lsa ham, ajratib olinadi;
11. Turli yo‘nalishdagi ob’ektlar ustidan ichki nazoratning umumiy jihatlarga ega ekanligi.
Ichki nazorat tizimi quyidagi bir-biri bilan uzviy bog‘liq tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazorat muhiti, u Korporatsiya xodimlarining ahloqiy qadriyatlari va salohiyatini, rahbarlik siyosatini, rahbariyat bilan vakolat va mas’uliyatlarning taqsimlab olinishini, tashkiliy tizilma va xodimlar malakasini oshirib borishni, shuningdek kuzatuv kengashi tomonidan olib boriladigan rahbarlik va boshqaruvni o‘z ichiga oladi;
2. Xatarlarni baholash – bu jarayon bir-biri bilan turli darajalarda bog‘liq va botinan izchil bo‘lgan muayyan vazifalarni bajarishga erishish yo‘lida uchraydigan tegishli xatarlarni identifikatsiya va tahlil qilishdan iborat;
3. Nazoratga doir faoliyat, u umumlashtiruvchi siyosatdan va rahbariyat ko‘rsatmalarining bajarilayotganini kafolatlashga yordam beradigan tadbirlardan iborat bo‘lib, o‘z ichiga ma’qullash, ta’qiqlash, tasdiqlash, tekshirish o‘tkazish, joriy faoliyatni nazorat qilish, aktivlarning xatarsizligini kafolatlash va vakolatlarni taqsimlash kabi qator turli xil harakatlarni oladi;
4. Axborot ta’minoti va axborot almashishga doir faoliyat, u ma’lumotlarni vaqtida va samarali aniqlash, ro‘yxatga olish va ularni almashishga, shu jumladan barcha ichki nazorat sub’ektlarida Korporatsiya tomonidan qabul qilingan ichki nazorat siyosati va tadbirlarini anglab etish va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida axbot almashishning samarali kanallarini yaratishga yo‘naltirilgandir;
5. Monitoring – boshqaruv va nazorat funksiyalarini o‘z ichiga oladigan jarayon bo‘lib, mazkur jarayon chog‘ida vaqt kechishi bilan ichki nazorat tizimi ishining sifatiga baho beriladi. Ichki nazorat tizimini baholash moliyaviy hisobotlarning aniqligiga ta’sir qiluvchi xatoliklar bo‘lishi mumkinligini aniqlash, mazkur xatoliklarning mohiyatini aniqlash va ichki nazorat tizimining qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash imkoniyatini belgilash uchun amalga oshiriladi.
Ichki nazorat Korporatsiyaning kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi, ijroiya organi rahbari, ichki audit xizmati, shuningdek barcha darajadagi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda ularning har biri ichki nazorat uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Korporatsiya bo‘linmalarining vazifa, huquq va majburiyatlari, javobgarligi Korporatsiyaning tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida nazarda tutilgan. Mazkur hujjatlar, ichki nazorat masalalariga bevosita yoki bilvosita dahldor bo‘lgan boshqa hujjatlar kabi ushbu Nizomga zid bo‘lishi mumkin emas.
Korporatsiya moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishning tizimli tarzda bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki nazorat tadbirlari Korporatsiyaning vakolatli organi – ichki audit xizmati, bunday xizmat bo‘lmagan taqdirda esa Korporatsiyaning ichki nazorat uchun mas’ul taftish komissiyasi tomonidan Korporatsiyaning boshqa organlari va bo‘linmalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimida Kuzatuv kengashi vazifasiga quyidagilar yuklatiladi:
1. ichki nazorat tizimini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash va uning muayyan operatsiyalari va strategiyalarini ma’qullash;
2. aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida ichki nazorat tizimining ishonchliligi va samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil va baholash natijalari to‘g‘risida yillik axborot berish, bu axborot Korporatsiya ijroiya organi rahbari, ichki va tashqi audit, taftish komissiyasining doimiy hisobotlari ma’lumotlariga, boshqa manbalardan ichki nazoratning barcha yo‘nalishlari, jumladan: moliyaviy nazorat, operatsion nazorat, qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat, ichki siyosat va tadbirlar nazorati ma’lumotlariga asoslangan bo‘ladi;
3. Korporatsiyaning ichki nazorat uchun mas’ul bo‘linmasi tizilmasi va tarkibini belgilash;
4. Ichki nazorat tadbirlarini muntazam takomillashtirib borish.
Korporatsiya bo‘linmalarining har qanday darajadagi ichki nazorat strategiyasi va uni amalga oshirish tadbirlarini mufassal ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida bevosita ishtirok etishadi. Ularning vazifasi yuzaga kelgan nostandart vaziyatlar va muammolarni hal etishga erishishdan iborat. Xodimlar jiddiy masalalar yoki konkret bitim bo‘yicha yuzaga kelgan xatarlar haqida Korporatsiya rahbariyatiga ma’lumot beradilar.
Korporatsiya va uning alohida bo‘linmalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat uchun javobgarlik doimiy faoliyat yurituvchi ichki nazorat organi – Taftish komissiyasi zimmasida bo‘lib, uning ahamiyati, maqsad, vazifalari, vakolatlari Taftish komissiyasi to‘g‘risida Nizomda aks ettirilgan.
Ichki nazorat tadbirlarining bajarilishi, xususan korporatsiyada amalga oshiriladigan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va umuman korporatsiya, uning alohida bo‘linmalari Ustaviga muvofiqligi, shuningdek buxgalteriya va ichki moliyaviy hisobotlarining to‘laligi va aniqligi ustidan doimiy nazorat olib borilishi uchun javobgarlik ichki audit xizmati zimmasida bo‘lib, uning ahamiyati, maqsad, vazifalari, vakolatlari, shuningdek o‘tkazilgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini baholash uchun hujjat va materiallarni ichki audit xizmatiga taqdim etish muddatlari hamda ularning ko‘rsatilgan muddatida taqdim etilmaganligi uchun Korporatsiya mansabdor shaxslari va xodimlarining javobgarligi Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizomda aks ettirilgan.
Ichki nazorat tizimining risoladagidek amal qilishi xodimlarning malakasiga ham bog‘liq. Korporatsiya kadrlarni tanlash, yollash, o‘qitish, tayyorlash va xodimlarni xizmat bo‘yicha ko‘tarib borish tizimining ularning yuksak malakali mutaxassis bo‘lishini va oliy ahloqiy mezonlarga rioya qilishlarini ta’minlaydigan bo‘lishiga harakat qiladi.
Korporatsiya ichki nazorati tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Korporatsiya boshqaruvining turli darajalaridagi o‘zaro bog‘liq va zid kelmaydigan maqsad va vazifalarni belgilash;
2. Korporatsiya faoliyati maqsadlariga erishish yo‘lida halaqit qilishi mumkin bo‘lgan yashirin va mavjud operativ, moliyaviy, strategik va boshqa xatarlarni aniqlab, tahlil qilish;
3. Ichki nazoratning eng muhim tarkibiy qismlarini baholash;
4. Biznes-jarayonlarni ichki nazorat qilish tizimining samaradorligini baholash;
5. Korporatsiyaning tizimiy bo‘linmalari, mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari ishining samaradorligi mezonlarini belgilash va baholash;
6. Moliyaviy va boshqa axborotlarni avvalgi davrlardagi qiyoslanadigan axborot bilan yoki faoliyatning kutilayotgan natijalari bilan solishtirib ko‘rib chiqish;
7. Hodisa, operatsiya va tranzaksiyalarni hisobga olishning uyg‘unlashtirilgan usullaridan foydalanish;
8. Aktivlarning saqlanishini tekshirish;
9. Ichki nazorat tadbirlarini tegishli tarzda hujjatlashtirib borish;
10. Ichki nazorat tizimining sifatini muntazam suratda baholab borish;
11. Korporatsiyaning barcha xodimlariga ichki nazorat sohasidagi majburiyatlarini etkazish;
12. Korporatsiya xodimlari o‘rtasida eng muhim vazifalarni (shu jumladan operatsiyalarni ma’qullash va tasdiqlash, ularni hisobga olib borish, resurslarni tarqatish, saqlash va qabul qilib olish, operatsiyalarni tahlil qilish va tekshirish bo‘yicha vazifalarni) taqsimlash;
13. Operatsiyalarning faqat tegishli vakolatga ega shaxslar tomonidan tasdiqlanishi va amalga oshirilishi;
14. Ichki nazoratdan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun boshqa tadbirlar;
Ichki nazorat tadbirlarini amalga oshirishda tekshirish, kuzatish, tasdiqlash, qayta hisoblash metodlari, shuningdek ichki nazorat tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa metodlar ham qo‘llaniladi.
Ichki nazorat tizimining Nizomi, shuningdek unga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar korporatsiya aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlanadi. Ushbu Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar korporatsiya Kuzatuv kengashining a’zolari, korporatsiyaning tashqi auditori, Taftish komissiyasi, ichki auditi xizmati, Ijroiya organi rahbari taklifiga binoan kiritiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarida ro‘y bergan o‘zgartirishlar natijasida ushbu Nizomning ayrim moddalari ularga zid kelib qolsa. Ular o‘z kuchini yo‘qotadi va korporatsiya Nizomiga o‘zgartirish kiritilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlariga asoslanib ish ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |