Намуна (Образец)



Download 1,79 Mb.
bet82/122
Sana01.07.2022
Hajmi1,79 Mb.
#727165
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
Bog'liq
Маруза матн НАЗАРИЯ ВА АМАЛИЁТДА КБ 2021 талаба учун

Nazorat savollari

  1. Jamiyat taftish komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi qaysi hujjatda belgilanadi?

  2. Ichki nazorat to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlanish tartibi?

  3. Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra jamiyatning taftish komissiyasining tuzgan xulosasida nimalar aks ettiriladi?

  4. Jamiyatda ichki audit xizmati qaysi holatda tashkil etiladi?

  5. Auditorlik tashkiloti jamiyat faoliyatini tekshirishni qachon amalga oshiradi?

  6. Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qaysi tartibda hal etiladi?

  7. Ichki nazoratda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?

  8. Ichki nazoratda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?

  9. Ichki nazorat tizimi orqali qanday vazifalar bajariladi?

  10. Korporatsiyaning ichki nazorat tizimi qanday prinsiplarga asosan tashkil etiladi?

  11. Ichki nazorat tizimi qaysa tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?

  12. Ichki nazorat tizimida Kuzatuv kengashiga qaysi vazifalar yuklatiladi?

XIХ BOB. KOROPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA
KONTROLLING


19.1. Kontrolingni rivojlanish tarixi
“Kontrolling” inglizcha so‘z bo‘lib, iqtisodiyot sohasida “boshqaruv va kuzatuv” ma’nolarini anglatadi. SHundan kelib chiqib, kompaniyalarda kontrolling kuzatuv, rejalashtirish va boshqaruv masalalari tizimini echishda yordam beradi.49
Kontrolling – bu ancha katta ko‘p funksiyali boshqaruv konsepsiyasining majmuasi bo‘lib, uning maqsadi rejalashtirish tizimini nazorat va axborot ta’minotni birlashtirish, jamlashdir.
Kontrolling dastlab AQSH korxonalarida XIX asr oxirlarida vujudga kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda yozilishicha, kontrollyor kasbi 1880 yilda “Atchison” kompaniyasida, 1892 yilda “General elektrik” kompaniyasida kiritilgan. Biroq kontrolling ilk bosqichlarda XX asrning 1920-yillarigacha sezilmagan va sekin rivojlangan. Kontrolling tizim sifatida shakllanishi va vujudga kelishining asosiy sababi AQSHda XIX asrning oxiri XX asrning boshida sanoat o‘sishi hisoblanadi. Kontrolling tizimini rivojlantirishga jahon iqtisodiy inqirozi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Aynan buyuk depressiya vaqtida ko‘p korxona rahbarlari ichki nazorat, hisob, rejalashtirish tizimini shakllantirish zaruriyatini his qilishdi. Kontrolling rivojlanishida 1931-yilda tashkil etilgan AQSH professional kontrollyorlari institutining hissasi katta bo‘ldi. XX asrning 1950-yillarida kontrolling boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshladi. Kontrolling Evropa mamlakatlariga AQSH korxonalarining sho‘‘ba kompaniyalari hisobiga kirib keldi.
Hozirgi XXI asr tez o‘zgaruvchan biznes sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish qiyinlashayotgan davrda ko‘p rahbarlar o‘zlariga nafaqat kerakli ma’lumot beruvchi, balki maslahat ham bera oladigan hamkasb kerakligini his qilishmoqda. Bu hamkasb kontrollyordir.
Kontrollyor ma’joziy ma’noda korxonaning “iqtisodiy vijdoni” hisoblanadi. Kontrollyorning maqsad va vazifalari xalqaro kontrollyorlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan kontrollyor missiyasi variantida kontrollyorning kompaniya maqsadlariga etishishida ham javobgarligi belgilangan. Javobgar deganda, kontrollyorning to‘plagan va tayyorlagan ma’lumoti uchun javobgarligi tushuniladi. Kontrollyorlar kontrollingdan dastlab kompaniyadagi hisob yuritishni, bajarilgan xo‘jalik operatsiyalari va imzolangan shartnomalarni reviziyasi bo‘yicha shug‘ullanganlar. Keyinchalik kontrollingning keng imkoniyatlari ochila boshlandi va kontrollyorning funksiyalari korxonalarning zamonaviy boshqaruvi va istiqboliga qarab rivojlandi hamda kengaydi, mazkur funksiyalar qatoriga rejalashtirish va nazorat muammolari bilan shug‘ullanish ham kiritildi. Sekin-astalik bilan kontrollyor kasbi xazinachi darajasiga etdi.
Xalqaro guruh belgilashiga ko‘ra kontrollyor:

  • maqsadlarni rejalashtirish va boshqarish jarayonini tashkillashtiradi;

  • yuqori samaradorlikni ta’minlash uchun natijalar, jarayonlar va tuzilmalar shaffofligini ta’minlaydi;

  • yagona reja asosida vazifalarni birlashtiradi va ichki hisobot tizimini tashkillashtiradi;

  • zarur ma’lumotlar yig‘ilishini ta’minlaydi.

Kontrollyor boshqaruv hisobini yuritadi, u shu bilan birga byudjetlashtirish funksiyasini hamda reja va amaliyotda ularni bajarilishini amalga oshiradi. Aktiv, majburiyatlar, xususiy kapital, daromad, xarajat, moliyaviy javobgarlikda markazlarga tushadigan va kleadigan mablag‘lar to‘g‘risida rejaviy va joriy ma’lumotlarga ega bo‘lgan kontrollyor rejadagi farqlarni hisoblaydi, o‘rganadi va bu to‘g‘risida yuqori rahbariyatga axborot topshiradi.
Biz quyida korporatsiya maqsadlarining ierarxik “daraxtini” ko‘rib chiqamiz. Birinchi darajada umumiy maqsadlar aniqlanadi, ya’ni unda korporatsiya boshqaruvi bo‘limiining samaradorligini rivojlantirish amallari bajariladi. Ikkinchi darajadagi maqsadlar tashqi maqsadlar hisoblanadi. Bu darajadagi maqsad umumiy maqsadlarning bajarilishi va bozor talablarini hisobga olgan holda shakllanadi. Ikkinchi darajadagi maqsadlar korporatsiyadagi vazifalarni samarali tartibga solish zaruratiga va boshqaruv echimlarini qabul qilishga bog‘liqdir. Undan so‘ng uchinchi va to‘rtinchi darajadagi maqsadlar mavjud bo‘lib, ular korporatsiyaning ichki faoliyatini takomillashishini aniqlaydi va maqsadlar miqdorini ifodalaydi.
Evropada etakchi moliyaviy institutlarning mutaxassislari kontrolling haqida quyidagicha amaliy mulohazalarni bildirganlar: “Kompaniyaning eng omadli operatsiyasi uchun eng muhim omil kompaniya menejmentining holati (kontrolling roli), kompaniya marketingi va menejmentining axborot sifati (kontrolling roli), zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, kompaniya mahsulot va xizmatlarining innovatsionligi, bahoning raqobatbardoshligi (kontrolling roli), tavakkalchilik menejmenti (kontrolling roli), strategik rejalashtirishning zarurligi (kontrolling roli) va kapital jamg‘armasidir”.50 Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlashimiz mumkinki hozirgi davrda kontrolling aksiyadorlik jamiyatining faoliyatini to‘liq qamrab olgan. SHuningdek, kontrolling tizimida mantiqiy tuzilmaga ega keng ko‘lamli axborot tizimi mavjud bo‘lishi muhim sanaladi. CHunki bozor holatining kuchli o‘zgarishi kompaniyaning axborotga bo‘lgan zaruriyatini keltirib chiqaradi. Masalan, aniq bir axborotsiz quyidagi savollarga javob berish qiyin. Jumladan:

  • qaysi kompaniya xizmati eng qimmat baho darajasiga ega?

  • kompaniyadagi hamma bo‘limlar ham samaradorlikka egami?

  • kompaniyaning qaysi bo‘limi eng samarali va daromadli hisoblanadi?

Bularning natijasida qaror qabul qiluvchilar tegishli detallar hamda ko‘plab qarorlar o‘zgarishlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi yaratilishiga muhtojlik sezishadi. Bu esa, bozorga yaxshiroq moslashish uchun zarur. U kompaniyaning tezkor hamda strategik maqsadlariga erishishida muvaffaqiyat keltiradi.
Ko‘plab korporatsiyalarning rahbarlari korporatsiyani boshqarishni takomillashtirishda, rentabelligini oshirishda va foyda darajasini ko‘tarishda muhim omil ekanligini inobatga olgan holda jarayonlarni maksimal darajada mijozlarning foydalariga mo‘ljallab amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydilar. XX asrning 90-yillarida biznes jarayonlarni boshqarishning asosiy tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, bunda jarayonli boshqaruv korporatsiyadagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi tizimlarni ajratish, ifodalash va boshqaruvni belgilash asosida korporatsiya faoliyatini maqsadga muvofiq shakllantirish bo‘yicha tulaqonli amallar sifatida ko‘riladi. Hozirgi paytda biznes-jarayonlarni qay darajada samarali boshqarish hamda qanday texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Korporatsiyalarning faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, tartibga solish va nazorat qilish uchun boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi yangi yo‘nalish - kontrollingdan foydalaniladi. Bu korporatsiya vazifasi bo‘lib, unda ro‘y beruvchi jarayonlar haqida to‘plangan, birlashtirilgan va tahlil etilgan axborot asosida barcha bo‘g‘inlarda tezkor va strategik boshqaruv echimlarini qabul qilishni qo‘llab- quvvatlaydi. Bu vazifalar uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:

  1. Jarayonlarni rejalashtirish zarurati: jarayonlar mavjud bo‘lgan holda ularni loyihalashtirish va jarayonlar mavjud bo‘lgan holda tatbiq etish rejasini ishlab chiqish; rejalarni reglamentlash;

  2. Jarayonlarni doimiy faoliyat tarzida tatbiq; etish zarurati: rejani amaliyotga tatbiq etish;

  3. Jarayonlarni kontrolling zarurati: natijaviy ko‘rsatkichlar kiymatlarini belgilash, ularni rejaviy kiymatlar bilan takkoslash, ko‘rsatkichlar ulchovlarini tahlil etish va muammo hamda kamchiliklarni aniqlash;

  4. Jarayonlarni takomillashtirish zarurati hamda ular injiniringini oʻtkazish.

Korporatsiya hududida kontrolling korporatsiya boshqaruvining barcha darajalarida boshqaruv echimlarini axborot–tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi, korporatsiyaning ko‘p darajali maqsadlariga erishish uchun boshqaruv faoliyatini tartibga solishi kerak. SHuningdek, kontrolling barcha axborot manbalari va axborot jarayonlarini birlashtirishni o‘z ichiga olgan holda yagona axborot siyosati tamoyillarini tatbiq etishi kerak.
Kontrolling tizimi tannarxning kamaytirilgan holida iste’molchilarning mahsulot va xizmatlar talablarini qondirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilishi lozim. Xulosa qilib aytganda, kontrollingda uchta asosiy blokni, ya’ni hisobga olish, birlashtirilgan axborot tizimi va boshqaruv echimlarini qabul qilishini ko‘rsatishimiz mumkin.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish