Намуна (Образец)



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

19.2. Kontrolling tizimi 
Hozirgi kunda aksiyadorlik jamiyatlarida kontroling tizimining ahamiyatini 
o‘sish tendensiyalari sifatida raqobatning kuchayishi, xarajatlarni kamaytirishning 
zarurligi, yuqori darajadagi tavakkalchiliklarni kamaytirish va foydani oshirishga 
erishishlarni keltirish mumkin. Jumladan, korporatsiya biznesini samarali olib 
borishdagi asosiy shartlardan biri biznes jarayonlarini mukammal kontrollingini 
(nazorat parametrlari asosida jarayonlarni boshqarish tizimini) yaratish 
hisoblanadi. Kontrolling o‘z moxiyati bo‘yicha boshqaruv echimlarini qabul 
qilishning optimal mexanizmi hisoblanadi. Biroq bunday boshqaruv tizimiga ega 
korporatsiya biznes jarayonlarning barcha jabhalarida axborotning to‘liq 
ta’minlanganligi zarurdir. Sanoat korporatsiyalarda kontrolling tizimini tatbiq etish 
uchta yo‘nalish asosida amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi (korporatsiyaning 
amaldagi holatini o‘rganish, ekspress tahlil o‘tkazish). 2. Kontrollingni tatbiq etish 
bosqichi( boshqaruv tizimidagi va tashkiliy tuzilmadagi o‘zgarishlar, korporatsiya 
tizimidagi axborot oqimlari, xodimlar va mumkin bo‘lgan muammolar). 3. 
Avtomatlashtirish bosqichi. Mazkur bosqichlar haqida keyingi paragrafda keng 
ko‘lamda ko‘rib chiqamiz. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida kontroling tizimining ahamiyatini o‘sish 
tendensiyalari sifatida raqobatning kuchayishi, xarajatlarni kamaytirishning 
zarurligi, yuqori darajadagi tavakkalchiliklarni kamaytirish va foydani oshirishga 
erishishlarni keltirish mumkin. Jumladan, korporatsiya biznesini samarali olib 


220 
borishdagi asosiy shartlardan biri biznes jarayonlarini mukammal kontrollingini 
(nazorat parametrlari asosida jarayonlarni boshqarish tizimini) yaratish 
hisoblanadi.
Ayrim kompaniyalardagi kontrolling tizimining uchta asosiy vazifasini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1.
Daromadlilikni boshqarish 
yo‘li 
bilan kompaniya 
tomonidan 
boshqariladigan 
infratuzilmani 
qurish. 
Bunda 
kontrollingga 
tizimni 
shakllantiruvchi vazifalar yuklanadi. Modomiki, kompaniyaning tashkiliy 
tuzilmasi, rejalashtirish va nazorat tizimlari hamda boshqaruv axborotlari tizimi 
qabul qilingan konsepsiyaga mos kelishi va daromadlilikka yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. 
2.
Kontrollingni o‘ziga xos kompaniya vazifalarini amalga oshirish, shu 
bilan birga, tahlil, rejalashtirish va nazorat bosqichlarini ketma-ketlik asosida 
bajarish yo‘li bilan kontrollingni davriyligini kafolatlash. 
Kontrolling o‘z mohiyati bo‘yicha boshqaruv echimlarini qabul qilishning 
optimal mexanizmi hisoblanadi. Biroq bunday boshqaruv tizimiga ega korporatsiya 
biznes jarayonlarning barcha jabhalari bo‘yicha axborotlar bilan to‘liq 
ta’minlanishi kerak. SHuning uchun axborot oqimlari tizimi korporatsiyalarda 
kontrolling tizimlarining muhim elementi hisoblanadi. Boshqaruv jarayonining 
o‘zi axborotlarni qayta shakllantirish jarayonida qayta ko‘riladi. Boshqaruv 
ta’sirlari bu alohida turdagi axborotlardir. Axborot nazariyasida samarali 
boshqaruv uchun hech bo‘lmaganda kichik hajmdagi shaffof axborot kerakligini 
ta’kidlaydi. Boshqaruv sohasining qarshi ta’siri qancha keng bo‘lsa, bunga shuncha 
katta miqdordagi axborot talab etiladi. Korporatsiyaga nisbatan bu holatning 
iqtisodiy muhiti qancha katta darajada o‘zgaruvchan va korporatsiyaning ichki 
tuzilmasi qanchalik murakkab bo‘lsa, samarali boshqaruv uchun shuncha ko‘p 
miqdorda axborot talab qilinadi. Demak, kontrolling vazifalaridan biri 
boshqaruvning axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, bu masalani 
korporatsiyadagi axborot oqimlari tizimlarini aniq va tartibli faoliyat ko‘rsatishi 
asosida hal etish mumkin. Kontrolling korporatsiyada boshqaruv tizimini amal 


221 
qilish zarurati uchun axborot etkazib beruvchi vosita hisoblanadi. 
Kontrollingdagi axborotlarini to‘plash tizimi axborot oqimlari tizimiga 
asoslanadi. Axborot xizmati bo‘limi o‘zining axborotni to‘plash tizimini 
korporatsiyaning boshqa axborot oqimlarini amallarini hisobga olmasdan yarata 
olmaydi. SHuning uchun kontrolling axborot oqimlari va korporatsiya axborot 
oqimlarini umumiy tizim tarkibiga kiritish darkor. 
Axborot tizimini tatbiq qilish amallari doirasida korporatsiyada axborot 
oqimlarining barcha tizimlarini kayta ko‘rish va optimallashtirish ro‘y beradi. 
Korporatsiyada kontrolling xizmati bo‘limi oldida boshqaruv maqsadlari uchun 
xarajatlar bo‘yicha tezkor axborotni to‘plash va tahlil qilishni ta’minlash masalasi 
turadi. Korporatsiya rahbarlari - bosh direktor, moliyaviy direktor, bo‘lim 
boshliqlari korporatsiyada hosil bo‘lgan turlicha og‘ishlar bo‘yicha bu og‘ishlarni 
yo‘qotish va korporatsiya faoliyatini tartibga solish uchun o‘z vaqtida axborotlar 
qabul qilishlari kerak.
Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kontrolling tizimi korporatsiyalarni 
rivojlanishiga ahamiyatli yordam bersada ayrim korporatsiyalarda tatbiq etishda 
qarshiliklarga uchraydi. Bu qarshiliklarning oldini olish uchun birlamchi 
natijalarga zudlik bilan erishish hamda korporatsiyada muhim faoliyat ko‘rsatuvchi 
tizimni yaratish uchun bunday qarshiliklarni tahlil etish va bularga qarshi turuvchi 
vositalarni yaratish lozim. Kontrolling tizimini zudlik bilan tatbiq qilishga yordam 
beruvchi va qarshilik ko‘rsatuvchi omillar quyidagi jadvalda keltirilgan. (16.2.1-
jadval) 
Korporatsiyada kontrolling tizimini joriy qilish korxona faoliyati ustidan 
chuqur tahlil olib borish, uning tuzilmaviy-tashkiliy tizimini o‘rganish va 
boshqaruv xulosasini qabul qilish jarayonlaridan iboratdir. Kontrolling tizimi 
korxonaning asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish, unga muvofiq tashkiliy tuzilmani 
ishlab chiqish, bo‘linmalarga ajratish tamoyillarini ishlab chiqish va funksiyalarni 
ular o‘rtasida taqsimlashga ham xizmat qiladi. Mazkur tizim orqali korxona 
boshqaruvi uchun zaruriy ma’lumotlar ko‘lamini aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish 


222 
va ularni taqsimlash amaliyotlarini bajaradi. Bundan tashqari, tizim quyidagi 
funksiyalarni amalga oshiradi: 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish