Nazorat savollari
1.
Jamiyat taftish komissiyasining faoliyat ko‘rsatish tartibi qaysi hujjatda
belgilanadi?
2.
Ichki nazorat to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlanish tartibi?
3.
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra
jamiyatning taftish komissiyasining tuzgan xulosasida nimalar aks ettiriladi?
4.
Jamiyatda ichki audit xizmati qaysi holatda tashkil etiladi?
5.
Auditorlik tashkiloti jamiyat faoliyatini tekshirishni qachon amalga
oshiradi?
6.
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari
o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar qaysi tartibda hal etiladi?
7.
Ichki nazoratda qanday jarayonlar amalga oshiriladi?
8.
Ichki nazoratda qanday chora-tadbirlar amalga oshiriladi?
9.
Ichki nazorat qanday vazifani bajarishi kerak?
10.
Korporatsiyaning ichki nazorat tizimi qanday
prinsiplarga
asosan tashkil
etiladi?
11.
Ichki nazorat tizimi qaysa
tarkibiy qismlarni
o‘z ichiga oladi?
12.
Ichki nazorat tizimida Kuzatuv kengashiga qaysi vazifalar yuklatiladi?
215
19-MAVZU. KOROPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA
KONTROLLING
19.1. Kontrolingni rivojlanish tarixi
“Kontrolling” inglizcha so‘z bo‘lib, iqtisodiyot sohasida “boshqaruv va
kuzatuv” ma’nolarini anglatadi. SHundan kelib chiqib, kompaniyalarda kontrolling
kuzatuv, rejalashtirish va boshqaruv masalalari tizimini echishda yordam beradi.
49
Kontrolling – bu ancha katta ko‘p funksiyali boshqaruv konsepsiyasining
majmuasi bo‘lib, uning maqsadi rejalashtirish tizimini nazorat va axborot
ta’minotni birlashtirish, jamlashdir.
Kontrolling dastlab AQSH korxonalarida XIX asr oxirlarida vujudga kelgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda yozilishicha, kontrollyor kasbi 1880 yilda “Atchison”
kompaniyasida, 1892 yilda “General elektrik” kompaniyasida kiritilgan. Biroq
kontrolling ilk bosqichlarda XX asrning 1920-yillarigacha sezilmagan va sekin
rivojlangan. Kontrolling tizim sifatida shakllanishi va vujudga kelishining asosiy
sababi AQSHda XIX asrning oxiri XX asrning boshida sanoat o‘sishi hisoblanadi.
Kontrolling tizimini rivojlantirishga jahon iqtisodiy inqirozi ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatdi. Aynan buyuk depressiya vaqtida ko‘p korxona rahbarlari ichki nazorat,
hisob, rejalashtirish tizimini shakllantirish zaruriyatini his qilishdi. Kontrolling
rivojlanishida 1931-yilda tashkil etilgan AQSH professional kontrollyorlari
institutining hissasi katta bo‘ldi. XX asrning 1950-yillarida kontrolling boshqa
mamlakatlarga ham tarqala boshladi. Kontrolling Evropa mamlakatlariga AQSH
korxonalarining sho‘‘ba kompaniyalari hisobiga kirib keldi.
Hozirgi XXI asr tez o‘zgaruvchan biznes sharoitida boshqaruv qarorlarini
qabul qilish qiyinlashayotgan davrda ko‘p rahbarlar o‘zlariga nafaqat kerakli
ma’lumot beruvchi, balki maslahat ham bera oladigan hamkasb kerakligini his
qilishmoqda. Bu hamkasb kontrollyordir.
Kontrollyor ma’joziy ma’noda korxonaning “iqtisodiy vijdoni” hisoblanadi.
49
Мамасобиров Д. , Нусратов Ж. Мамлакатимиз банкларида контроллинг тизимини жорий қилиш масалалари. “Бизнес-эксперт”
журнали, №5(101), 2016. //манба: www.biznes-daily.uz
216
Kontrollyorning maqsad va vazifalari xalqaro kontrollyorlar guruhi tomonidan
ishlab chiqilgan kontrollyor missiyasi variantida kontrollyorning kompaniya
maqsadlariga etishishida ham javobgarligi belgilangan. Javobgar deganda,
kontrollyorning to‘plagan va tayyorlagan ma’lumoti uchun javobgarligi
tushuniladi.
Kontrollyorlar kontrollingdan dastlab kompaniyadagi hisob yuritishni,
bajarilgan xo‘jalik operatsiyalari va imzolangan shartnomalarni reviziyasi bo‘yicha
shug‘ullanganlar. Keyinchalik kontrollingning keng imkoniyatlari ochila boshlandi
va kontrollyorning funksiyalari korxonalarning zamonaviy boshqaruvi va
istiqboliga qarab rivojlandi hamda kengaydi, mazkur funksiyalar qatoriga
rejalashtirish va nazorat muammolari bilan shug‘ullanish ham kiritildi. Sekin-
astalik bilan kontrollyor kasbi xazinachi darajasiga etdi.
Xalqaro guruh belgilashiga ko‘ra kontrollyor:
maqsadlarni rejalashtirish va boshqarish jarayonini tashkillashtiradi;
yuqori samaradorlikni ta’minlash uchun natijalar, jarayonlar va tuzilmalar
shaffofligini ta’minlaydi;
yagona reja asosida vazifalarni birlashtiradi va ichki hisobot tizimini
tashkillashtiradi;
zarur ma’lumotlar yig‘ilishini ta’minlaydi.
Kontrollyor boshqaruv hisobini yuritadi, u shu bilan birga byudjetlashtirish
funksiyasini hamda reja va amaliyotda ularni bajarilishini amalga oshiradi. Aktiv,
majburiyatlar, xususiy kapital, daromad, xarajat, moliyaviy javobgarlikda
markazlarga tushadigan va kleadigan mablag‘lar to‘g‘risida rejaviy va joriy
ma’lumotlarga ega bo‘lgan kontrollyor rejadagi farqlarni hisoblaydi, o‘rganadi va
bu to‘g‘risida yuqori rahbariyatga axborot topshiradi.
Biz quyida korporatsiya maqsadlarining ierarxik “daraxtini” ko‘rib
chiqamiz. Birinchi darajada umumiy maqsadlar aniqlanadi, ya’ni unda
korporatsiya boshqaruvi bo‘limiining samaradorligini rivojlantirish amallari
bajariladi. Ikkinchi darajadagi maqsadlar tashqi maqsadlar hisoblanadi. Bu
darajadagi maqsad umumiy maqsadlarning bajarilishi va bozor talablarini hisobga
217
olgan holda shakllanadi. Ikkinchi darajadagi maqsadlar korporatsiyadagi
vazifalarni samarali tartibga solish zaruratiga va boshqaruv echimlarini qabul
qilishga bog‘liqdir. Undan so‘ng uchinchi va to‘rtinchi darajadagi maqsadlar
mavjud bo‘lib, ular korporatsiyaning ichki faoliyatini takomillashishini aniqlaydi
va maqsadlar miqdorini ifodalaydi.
Evropada etakchi moliyaviy institutlarning mutaxassislari kontrolling haqida
quyidagicha amaliy mulohazalarni bildirganlar: “Kompaniyaning eng omadli
operatsiyasi uchun eng muhim omil kompaniya menejmentining holati (kontrolling
roli), kompaniya marketingi va menejmentining axborot sifati (kontrolling roli),
zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish, kompaniya mahsulot va xizmatlarining
innovatsionligi, bahoning raqobatbardoshligi (kontrolling roli), tavakkalchilik
menejmenti (kontrolling roli), strategik rejalashtirishning zarurligi (kontrolling
roli) va kapital jamg‘armasidir”.
50
Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda,
shuni ta’kidlashimiz mumkinki hozirgi davrda kontrolling aksiyadorlik
jamiyatining faoliyatini to‘liq qamrab olgan. SHuningdek, kontrolling tizimida
mantiqiy tuzilmaga ega keng ko‘lamli axborot tizimi mavjud bo‘lishi muhim
sanaladi. CHunki bozor holatining kuchli o‘zgarishi kompaniyaning axborotga
bo‘lgan zaruriyatini keltirib chiqaradi. Masalan, aniq bir axborotsiz quyidagi
savollarga javob berish qiyin. Jumladan:
qaysi kompaniya xizmati eng qimmat baho darajasiga ega?
kompaniyadagi hamma bo‘limlar ham samaradorlikka egami?
kompaniyaning qaysi bo‘limi eng samarali va daromadli hisoblanadi?
Bularning natijasida qaror qabul qiluvchilar tegishli detallar hamda ko‘plab
qarorlar o‘zgarishlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi yaratilishiga muhtojlik
sezishadi. Bu esa, bozorga yaxshiroq moslashish uchun zarur. Agar biz bunday
holatga boshqa tomondan nazar solsak, quyidagi firkga kelishimiz mumkin – yana
kuchli raqobat holati natijasida – bozor holatlarining tezkor o‘zgarishlariga bog‘liq
rejalashtirish tizimi shaklini o‘zgartirish vaqti etib keldi. SHunday qilib, u
kompaniyaning tezkor hamda strategik maqsadlariga erishishida muvaffaqiyat
50
Мирбабаев Ф.А., Шадманова У.А. Корпорацияни бошқаришда контроллинг тизимини татбиқ этишнинг зарурий жиҳатлари. //манба:
www.iqtisodiyot.uz
218
keltiradi.
Ko‘plab korporatsiyalarning rahbarlari korporatsiyani boshqarishni
takomillashtirishda, rentabelligini oshirishda va foyda darajasini ko‘tarishda
muhim omil ekanligini inobatga olgan holda jarayonlarni maksimal darajada
mijozlarning foydalariga mo‘ljallab amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydilar. XX
asrning 90-yillarida biznes jarayonlarni boshqarishning asosiy tamoyillari
shakllantirilgan bo‘lib, bunda jarayonli boshqaruv korporatsiyadagi o‘zaro bog‘liq
va bir-birini to‘ldiruvchi tizimlarni ajratish, ifodalash va boshqaruvni belgilash
asosida korporatsiya faoliyatini maqsadga muvofiq shakllantirish bo‘yicha
tulaqonli amallar sifatida ko‘riladi. Hozirgi paytda biznes-jarayonlarni qay
darajada samarali boshqarish hamda qanday texnologiyalardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega.
Korporatsiyalarning faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, tartibga solish va
nazorat qilish uchun boshqaruv nazariyasi va amaliyotidagi yangi yo‘nalish -
kontrollingdan foydalaniladi. Bu korporatsiya vazifasi bo‘lib, unda ro‘y beruvchi
jarayonlar haqida to‘plangan, birlashtirilgan va tahlil etilgan axborot asosida
barcha bo‘g‘inlarda tezkor va strategik boshqaruv echimlarini qabul qilishni
qo‘llab- quvvatlaydi. Bu vazifalar uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
1.
Jarayonlarni rejalashtirish zarurati: jarayonlar mavjud bo‘lgan holda ularni
loyihalashtirish va jarayonlar mavjud bo‘lgan holda tatbiq etish rejasini ishlab
chiqish; rejalarni reglamentlash;
2.
Jarayonlarni doimiy faoliyat tarzida tatbiq; etish zarurati: rejani amaliyotga
tatbiq etish;
3.
Jarayonlarni kontrolling zarurati: natijaviy ko‘rsatkichlar kiymatlarini
belgilash, ularni rejaviy kiymatlar bilan takkoslash, ko‘rsatkichlar ulchovlarini
tahlil etish va muammo hamda kamchiliklarni aniqlash;
4.
Jarayonlarni takomillashtirish zarurati hamda ular injiniringini oʻtkazish.
Korporatsiya hududida kontrolling korporatsiya boshqaruvining barcha
darajalarida boshqaruv echimlarini axborot–tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi,
korporatsiyaning ko‘p darajali maqsadlariga erishish uchun boshqaruv faoliyatini
219
tartibga solishi kerak. SHuningdek, kontrolling barcha axborot manbalari va
axborot jarayonlarini birlashtirishni o‘z ichiga olgan holda yagona axborot siyosati
tamoyillarini tatbiq etishi kerak.
Kontrolling tizimi tannarxning kamaytirilgan holida iste’molchilarning
mahsulot va xizmatlar talablarini qondirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini
doimiy takomillashtirishga yo‘naltirilishi lozim. Xulosa qilib aytganda,
kontrollingda uchta asosiy blokni, ya’ni hisobga olish, birlashtirilgan axborot
tizimi va boshqaruv echimlarini qabul qilishini ko‘rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |