Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?
Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yetgan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta olmagan ro‘zasining kafforatini berishni vasiyat qilishi mumkin.
Qancha kafforat beriladi
Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol- mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning uchdan biridan vitr namozini ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Faqat marhum tuta olmagan ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi namoz o‘qishi durust emas.
Fidya (tovon) kimga to‘lanadi?
Qasam kafforatining aksi o‘laroq, bir necha namozning (va bir necha kunlik ro‘zaning) kafforat badalini yagona faqirga bir martada berish mumkin. Xoh tirik, xoh marhum kishi qasamining kafforat badali yolg‘iz bir faqirga emas, o‘nta faqirga berilishi kerak. Har kun bittadan fidyani bir faqirga berish ham mumkin. Alloh subhanahu va taolo hammadan ko‘ra yaxshiroq bilguvchidir.
O’z vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi
Bunda tartibga, ya’ni qazo namozlari bilan vaqt namozlari orasida hamda qazo namozlarining o‘z orasida ham ketma-ketlik tartibiga rioya qilish vojibdir.
Izoh: Ma’lum bir navbatga rioya qilish hususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: "Kim bir vaqt namozni uxlab qolib yoki unutib qazo qoldirsa-yu) so‘ngra imomga iqtido qilib (keyingi farz namozini) o‘qiyotganida (qazo qilgan namozi) esiga tushib qolsa, imom bilan o‘qiyotgan namozni bitirsin, so‘ng esiga tushgan namozini o‘qisin. Buning orqasidan esa (imom bilan o‘qigan namozini) takror o‘qisin. Avval qazo, so‘ngra vaqt namozi o‘qiladi. Qazo namozlarda ham ilk qazo bo‘lgan namozdan boshlab o‘qiladi.
Tartibni bekor qiladigan sabablar
1. Vaqtning juda oz qolgan bo‘lishi. Bunday holatda kishi faqatgina o‘sha vaqt namozini o‘qiydi.
2. Zimmasida qazo namozi borligini unutmoq.
3. Vitr namozidan tashqari qazo qolgan namozlarning soni olti vaqtga yetgan bo‘lsa.
Izoh: Qazo qolgan namozlarning soni oltitaga yetgan bo‘lsa, kishining tartibga rioya qilishi og‘ir bir mas’uliyatdir. Chunki bir vaqtning o‘zida ham olti vaqt qazo namozi, ham o‘sha vaqt namozini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Islomda qiiinchilik emas, balki qulaylik, yengillika asosdir.
Vitr namozi qazo qolgan namozlarda tartibni bekor qoluvchi hisoblanmaydi. Faqat qazo namozlari o‘qilayotganida uning ham tartibiga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |