O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGANMUHANDISLIK-TEХNOLOGIYA INSTITUTI
Kimyo kafedrasi
KIMYO FАNIDАN
LАBОRАTОRIYaMashg’ulotLАRI BO’YIChА
USLUBIY KO’RSATMА
Namangan 2022
Kimyo kafedrasida o’qitiladigan Kimyo fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha kunduzgi bo’lim bakalavriatura talabalari uchun uslubiy ko’rsatma Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kimyo kafedrasining 2022 yil "____" ____ ___dagi majlisida maqullangan (bayonnoma № __).
Tuzuvchilar: dots. I. Abidov
ass. Sh. Nuraliyev
ass. V. Azizov
Taqrizchi: Z.To’rayev- NamQI Kimyo kafedrasi professor, t.f.d.
O. Abdilalimov- NamTI Kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.n.
Uslubiy ko’rsatma Namangan muxandislik-texnologiya instituti uslubiy kengashining 2022 yil "__" __ ______ sonli yig’ilish qarori bilan tasdiqlangan va chop ettirish uchun tavsiya etilgan (bayonnoma № __, r/r: __).
Kafedra mudiri: dots. F.F.Xoshimov
So’z boshi
Oliy o’quv yurtlarida Kimyo fanini o’qitish yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Chunki xalq ho’jaligining biror sohasi yo’qki, kimyo bilan bog’liq bo’lmagan. Shuning uchun ham kimyo fani chuqur nazariy asoslar bilan nazariy jihatdan mustahkamlanib, kimyo laboratoriyalari yangi zamonaviy jihozlar bilan boyitilmoqda.
Ushbu uslubiy ko’rsatma oliy o’quv yurtining Kimyo fanidan ta`lim oluvchi barcha bakalavriyat talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ko’rsatmaning asosiy maqsadi talabalarni kimyodan oladigan nazariy bilimlarini mustashkamlash va tajriba yo’li bilan sinab ko’rishdan iborat. Laboratoriya mashg’ulotlarini ma'ruza bilan paralel ravishda o’tkazilishi mashg’ulotlarning unumli va foydali bo’lishiga yordam beradi. O’tilgan material yuzasidan tajriba o’tkazilib, unda bayon etilgan fikrlarning to’g’riligiga amalda ishonganidan keyingina talaba ma`ruza materialini puxta egallaydi. Shu sababli ushbu uslubiy ko’rsatmada har bir laboratoriya ishidan oldin laboratoriya ishi mavzusiga oid nazariy bilimlar, tajribaning bajarilish tartibi, reaksiya tenglamalari va sinov savollari berilgan.
Kimyo fanidan 30 soatli ma’ruza hamda 30 soatli laboratoriya ishlari bajarish bo’yicha tuzilgan mazkur uslubiy ko’rsatmada murakkab moddalarning olinishi va xossalari, kimyoning asosiy qonunlari, kimyoviy reaksiya tezligi va kimyoviy muvozanat, eritmalar va ularning xossalari, elektrolitik dissosiyalanish va elektrolit eritmalarning xossalari, oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari, metallar korroziyasi hamda metallar va metalmaslarning umumiy xossalariga oid tajribalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |