Namangan viloyatida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan iqtisodiy islohotlarni borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha tahliliy
MA’LUMOTNOMA
I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 15 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishida belgilab berilgan «2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlari» bo’yicha vazifalarni amalga oshirilishi, shuningdek, Hukumat tomonidan qabul qilingan tarmoq dasturlari va qarorlarida belgilangan parametrlarni viloyatda ijrosini ta’minlanishi hisobiga 2016 yil yanvar-sentyabr yakuni bilan iqtisodiyotning barcha sohalarida barqaror o’sish sur’atlari ta’minlandi.
Xususan, hisobot davrida yalpi hududiy mahsulot hajmining (YaHM) o’sish sur’ati 9,0 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 13,1 foizga, qishloq xo’jaligi
6,8 foizga, kapital qo’yilmalar 5,7 foizga, qurilish ishlari 11,3 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,0 foiz va pullik xizmat ko’rsatish hajmi 9,5 foizga o’sishi ta’minlandi.
II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi.
1. Davlat Investitsiya dasturi.
Viloyatda 2016 yil davomida 2215,0 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 246,7 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet mablag’lari, 330,6 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 310,0 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,4 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 576,9 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 142,3 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 481,2 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 117,0 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.
Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 1771,4 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5,7 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi. Shu davrda 929,6 mlrd.so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish sur’ati 111,3 foizni tashkil etdi.
Markazlashgan mablag’lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruktsiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog’liqni saqlash ob’ektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
2016 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 11 ta (33,8 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (6,1 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta (1,0 mlrd.so’m) akademik litsey, rekonstruktsiya hisobiga 18 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 21 ta (20,2 mlrd.so’m) umumta’lim maktablarida 60,3 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va bu maqsadlar uchun jami 61,2 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirildi.
Mazkur ishlar natijasida, rekonstruktsiya hisobiga Namangan shahridagi 1050 o’quvchi o’rinli 44-maktab, 1128 o’quvchi o’rinli 50-maktab, 1226 o’quvchi o’rinli 55-maktab), Kosonsoy tumanidagi 260 o’quvchi o’rinli 12 maktab, Norin tumanidagi 480 o’quvchi o’rinli 2-maktab, Pop tumanidagi 240 o’quvchi o’rinli
3-maktab filiali va 240 o’quvchi o’rinli 19-maktab filiali, Uychi tumanidagi 180 o’quvchi o’rinli 7-maktab, Chortoq tumanidagi 96 o’quvchi o’rinli 39-maktab filiali, Chust tumanidagi 220 o’quvchi o’rinli 34-maktab va 96 o’quvchi o’rinli
44-maktab, Yangiqo’rg’on tumanidagi 176 o’quvchi o’rinli 62-maktab hamda Yangiqo’rg’on tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji 60 o’quvchi o’rinli ustaxona foydalanishga topshirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal,
2 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabi ob’ektlarida qurilish ishlari olib borildi. Mazkur ob’ektlarda 21 mlrd
117,8 mln.so’m mablag’lar o’zlashtirilib, 20 mlrd 635,6 mln.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Shu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’ektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 1361,2 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan. 2016 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan ob’ektlarda 1361,2 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi.
Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 978,7 ming kv.m. turar-joy, 184,9 km ichimlik suvi va 34,5 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
2. Hududiy investitsiya dasturi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi
PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi
96-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan
16,8 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so’m jami 581,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 240,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan
189,8 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.
Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha
77 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.
2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 168,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 94,1 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 22,5 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 20,4 mlrd.so’m jami 320,8 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,6 foizga o’sishi ta’minlandi.
O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 102 ta sanoat, 403 ta xizmat ko’rsatish va servis hamda 378 ta qishloq xo’jaligi, jami 883 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 9 oyi yakuni bilan 403 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 57,7 mlrd.so’mdan (45,6 mlrd.so’m o’z mablag’i, 12,1 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 2121 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.
Hisobot davri yakuni bilan 102 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 57,6 mlrd.so’m (21,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 31,7 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 1404 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 378 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 97,4 mlrd.so’m (61,2 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 36,3 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 2371 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
3. “Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ning ijrosi to’g’risida.
“Namangan viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga asosan 2016 yil davomida 264,5 mlrd.so’m miqdorida mablag’larni o’zlashtirish hisobiga 1068 ta loyihalarni (sanoat sohasida 170 ta, xizmat ko’rsatish sohasida 468 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 430 ta) ishga tushirib, 7522 ta ish o’rni yaratish ko’zda tutilgan.
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga 1111 ta loyihalar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun 297,3 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 166,8 mlrd.so’mi tashabbuskorlarning o’z mablag’lari, 128,3 mlrd.so’mi bank kreditlari va
2200,0 ming dollar xorijiy investitsiya) sarflandi. Natijada 7821 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.
I-yo’nalish: Sanoat sohasida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida
170 ta loyihalarni amalga oshirish va bu maqsadlar uchun jami 93,3 mlrd.so’m investitsiya mablag’larini o’zlashtirish hamda 2378 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.
2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 174 ta loyihalar shundan, yengil sanoat yo’nalishida yo’nalishida 23,1 mlrd.so’mlik 41 ta loyiha (583 ta ish o’rni), oziq-ovqat yo’nalishida 11,4 mlrd.so’mlik 41 ta loyiha (359 ta), qurilish materiallari sanoatida 27,9 mlrd.so’mlik 53 ta (950 ta), farmatsevtika sanoatida 19,2 mlrd.so’mlik 2 ta (158 ta), kimyo va neft kimyo sanoatida 2,7 mlrd.so’mlik 11 ta (120 ta), mashinasozlik va ehtiyot qismlari 31,2 mlrd.so’mlik 12 ta (197 ta), mebel va qog’oz 3,9 mlrd.so’mlik 14 ta (110 ta ish o’rni) loyihalar foydalanishga topshirildi.
Ushbu loyihalarga 119,3 mlrd.so’m mablag’lar (shundan, 36,8 mlrd.so’mi tashabbuskor mablag’lari, 80,3 mlrd so’mi bank krediti va 2200,0 ming dollar xorijiy investitsiya) yo’naltirilib, 2477 ta ish o’rinlari yaratildi.
II-yo’nalish: Xizmat ko’rsatish va servis sohasida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 66,3 mlrd.so’mlik investitsiyalar o’zlashtirib,
468 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalarini tashkil etish hisobiga 2445 ta yangi ish o’rinlari yaratish belgilangan.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga 67,4 mlrd so’m mablag’ sarflash hisobiga 504 ta, jumladan, 237 ta savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 4 tadan moliya, turizm xizmatlari, 21 ta qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnika xizmati, 133 ta maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, 28 ta sog’liqni saqlash xizmati, 9 ta transport xizmati, va boshqa 22 ta turdagi xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari tashkil etilib, 2601 ta ish o’rinlari yaratildi.
III-yo’nalish: Qishloq ho’jaligi sohasida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 430 ta loyihalar amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun
104,9 mlrd.so’m (shundan 34,5 mlrd so’mi bank krediti) mablag’lar sarflanib,
2699 ta yangi ish o’rinlari barpo etish belgilangan.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga 110,5 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 433 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2743 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi.
Jumladan, 134 ta qoramolchilik, 31 ta parrandachilik, 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik, 78 ta bog’dorchilik, 37 ta sabzavotchilik, 46 ta uzumchilik xo’jaliklari tashkil etilib, 9 ta issiqxona hamda 78 ta fermer xo’jaliklari tomonidan intensiv bog’lar barpo etildi.
II. Sanoat.
Viloyatda 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 3380 dan ziyod faoliyat ko’rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan hisobot davrida
2470,3 mlrd.so’mlik (113,1%) sanoat mahsulotlari, 1664,5 mlrd.so’m (111,4%) xalq iste’moli mollari ishlab chiqarilib, prognoz (112,7% va 111,0%) parametrlari to’liq ta’minlandi.
Viloyatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida eng avvalo yuqori salmoqqa ega yengil sanoat, oziq-ovqat, mashinasozlik va qolgan sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish dasturlari bo’yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hisobot davrida yengil sanoat tarmog’ida o’sish sur’ati
13,2 foiz, oziq-ovqat sanoatida 11,9 foizni tashkil etgan holda umumiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi yengil sanoat (34,8%) va oziq-ovqat sanoati (33,3%) tarmoqlari hissasiga to’g’ri keldi.
Shu davrda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 942,1 ming so’m va aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 634,8 ming so’mni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan mos holatda 144,4 ming so’m va 53,7 ming so’mga ko’p yoki 111,0 foiz va
109,2 foizga o’sishiga erishildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi
“2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarori ijrosi to’g’risida.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 noyabrdagi
“2016-2019 yillarda Namangan viloyati sanoati saloxiyatini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2439-sonli qarori doirasida umumiy qiymati
5,1 mlrd.dollarlik 342 ta loyihalarni amalga oshirish va 18 mingdan ortiq ish o’rinlari yaratish belgilangan.
Joriy yilda Dastur doirasida umumiy qiymati 68,6 mln.dollar bo’lgan 122 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mazkur loyihalarning 5 tasi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan hamda 117 tasi esa hududiy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalardan iborat.
O’tgan davr mobaynida viloyat tijorat banklari tomonidan Dasturga asosan 73 ga yaqin loyihalarga 20,2 mln.dollar miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.
Qaror doirasida yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan qiymati
21,5 mln.dollar bo’lgan 69 ta loyihalarni (1155 ta ish o’rni) amalga oshirish belgilangan bo’lib, amalda 21,7 mln.dollarlik 78 ta loyihalarni foydalanishga topshirildi va buning natijasida 1436 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Misol uchun Namangan shahridagi “Maxsus metal sanoat” MCHJda qiymati 1,6 mln.dollar bo’lgan yuqori bosimda ishlovchi gaz balon mahsulotlari loyihasi, "Afruz Kamol Nabi" MCHJda loyiha qiymati 1,5 mln.dollar bo’lgan meva-sabzavotlarni quritish loyihasi, Kosonsoy tumanida "O’rikzor kuvonchi" XK tomonidan qiymati 114,8 ming dollar bo’lgan ayollar va bolalar oyoq kiyimlarini yangi modellarini ishlab chiqvrishni kengaytirish loyihasi, Uychi tumanidagi "Abduraxmon Askarovich" MCHJ tomonidan kunga boqar yog’igni ishlab chiqarish va qadoqlash tizimini modernizatsiyalashtirish loyihalaridair.
Mahalliylashtirish dasturi ijrosi haqida.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi
“2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to’g’risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan 2016 yilda jami
8 ta hududiy tasarrufdagi korxonalarning 10 ta loyihasi bo’yicha
15,6 mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilab olingan.
Dastur doirasida yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 12,5 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan bo’lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 17,0 mlrd.so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda
16,8 mlrd.so’mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotildi. Shu bilan birga, iqtisod qilingan valyuta miqdori 2903,9 ming dollarni tashkil etdi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxonalar kesimida ko’rilganda, Namangan shahridagi «Mexmash» AJda 1195 tonna shurup, «Namangan rezina plast» SHKda 16,5 ming kv.m konveer lentalari, «Namterm» SHKda 28 ta Shkaf “SHRU-M”, va «Nam lider lityo servis» MCHJda 10535 dona non qoliplari hamda Uychi tumanidagi «Extra Primer Bat» MCHJda 1010 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan belgilangan prognoz topshiriqlari 136,8 foizga bajarildi.
III. Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 maydagi
“2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida hizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-1754-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining 2012 yil 15 mayda 184-sonli qarori qabul qilingan.
Amalda 504 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari (shundan
461 tasi qishloq joylarida) tashkil etilib, reja 107,8 foizga bajarildi. Jumladan, 214 ta savdo va umumiy ovqatlanish, 123 ta maishiy xizmat ko’rsatish, 5 ta guzarlar, 34 ta avtotexxizmat, 33 ta go’zallik salonlari va 95 ta boshqa turdagi xizmat ko’rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi.
Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 2854,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 116,2 foiz o’sishiga erishildi (prognoz 115,5%).
Dasturda belgilangan prognoz parametrlarini ijrosini ta’minlanishi hisobiga sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 35,5 foizga to’g’ri keldi.
Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 224,9 mln.so’m
(115,4 foiz), moliya xizmati 222,6 mlrd.so’m (123,8 foiz), transport xizmati
538,6 mlrd.so’m (117,5 foiz), yashash va ovqatlanish 57,0 mlrd.so’m (115,4 foiz), savdo 992,7 mlrd.so’m (117,3 foiz), ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar 127,4 mlrd.so’m (119,0 foiz), ta’lim xizmati 111,8 mlrd.so’m (102,6 foiz), sog’liqni saqlash xizmati 55,0 mlrd.so’m (107,3 foiz), ijara va prokat xizmati 67,2 mlrd.so’m (116,0 foiz), kompyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 139,8 mlrd.so’m (115,7 foiz), shaxsiy xizmatlar 221,5 mlrd.so’m
(114,6 foiz), me’morchilik, muxandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 20,9 mlrd.so’m (113,1 foiz) va boshqa turdagi xizmatlar 75,3 mlrd.so’m (106,2 foiz)ni tashkil etdi.
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2016 yil yanvar-sentyabr oylari davomida (PQ-1754-sonli qaror asosida) Mikrokredit bank tomonidan 1940,0 mln.so’m kredit mablag’lari yo’naltirildi.
Chakana savdo. Hisobot davrda chakana savdo aylanmasi viloyat bo’yicha 2885,7 mlrd.so’m va pullik xizmatlar hajmi 1388,3 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 116,2 foiz va 109,5 foizni tashkil etdi.
Hududlar bo’yicha ko’rilganda, chakana savdo aylanmasi Namangan (115,0%), Yangiqo’rg’on (112,9%), Chust (111,9%) va Namangan (116,5%) tumanlarida, tumanlarida o’sish sur’atlari yuqori bo’ldi.
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 1453,5 ming so’m, pullik xizmat 529,5 ming so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 11,8 va 7,4 foizga ko’paydi.
IV. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish.
Viloyat aholisini arzon, sifatli meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan viloyat hokimining 2016 yil 9 yanvardagi 7-sonli qarori qabul qilinib, nazorat o’rnatilgan.
Mazkur qaror asosida “Namangan viloyati tumanlarida 2016 yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz, uzum, go’sht, sut va tuxum mahsulotlarini choraklar bo’yicha ishlab chiqarish va foydalanish bashorat ko’rsatkichlari” ishlab chiqilib, ijrosi monitoring qilib borilmoqda.
Xususan, 2016 yilda barcha xo’jaliklarda 249,4 ming tonna kartoshka,
675,2 ming tonna sabzavot, 82,8 ming tonna poliz, 246,1 ming tonna meva,
118,2 ming tonna uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 124,2 ming tonna go’sht,
636,2 ming tonna sut, 420,9 mln. dona tuxum yetishtirilib, bu turdagi mahsulotlarni 2015 yilga nisbatan 7,0 foizdan 20,0 foizgacha ko’paytirish ko’zda tutilgan.
Joriy yilning 9 oylik yakuni bilan 464,0 ming tonna sabzavot (o’sish sur’ati 115,3%), 179,4 ming tonna kartoshka (109,6%), 155,6 ming tonna meva (110,1%), 53,0 ming tonna poliz (108,5%), 83,0 ming tonna uzum (116,1%), chorvachilik mahsulotlaridan 98,5 ming tonna go’sht (106,6%), 465,6 ming tonna sut (107,0%) va 294,1 mln.dona tuxum (126,7%) ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz parametrlari bajarildi.
Buning hisobiga viloyatda 1939,9 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti yaratilib, o’sish sur’ati 106,8 foizga ta’minlandi.
“Namangan viloyatining hududlarini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ga muvofiq qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2016 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida umumiy qiymati
104,9 mlrd.so’mlik 430 ta, shundan 131 ta chorvachilik, 31 ta parrandachilik, 52 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik, 78 ta bog’dorchilik, 37 ta sabzavotchilik va 46 ta uzumchilik loyihalarini amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Hisobot davrida 110,5 mlrd.so’m mablag’lar sarflanishi hisobiga 433 ta loyihalar amalga oshirildi. Natijada 2743 ta yangi ish o’rinlari barpo etildi. Ushbu loyihalarga tijorat banklari tomonidan 36,2 mlrd.so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajaratildi.
Jumladan, 4277 bosh qoramol boqishga ixtisoslashgan 118 ta qoramolchilik, 978 ming bosh parranda boqishga ixtisoslashgan 29 ta parrandachilik, 614,3 gektar maydonda 51 ta baliqchilik, 55 ta asalarichilik (3650 ta oila) xo’jaliklari tashkil etilib, 21 gektar maydonda 33 ta issiqxona, 78 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 709 gektar maydonda intensiv bog’lar,
46 ta fermer xo’jaliklari tomonidan 204 gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi.
Namangan viloyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1958-sonli qaroriga asosan
olib borilayotgan meliorativ tadbirlar to’g’risida.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora tadbirlari to’g’risi”dagi №PF-1958-sonli qaror hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2013 yil 23 apreldagi №87-sonli buyrug’ini ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yilda 26385 gektar sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash maqsadida 20 dona loyixalarda 1040,7 km uzunlikdagi kollektorlarni ta’mirlash-tiklash ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bundan 1 donasi yildan-yilga o’tuvchi 19 donasi yangidan boshlanuvchi ob’ektlarda, kollektor drenaj tarmoqlarini, 53 dona meliorativ tik quduqlarini, 93 dona quvurli o’tish joylarini, 4 dona suv o’lchash inshootlarini, 104 dona kuzatuv quduqlarini ta’mirlash tiklash ishlariga 7 mlrd 500 mln.so’mlik mablag’ rejalashtirildi.
2016 yilda 9-oylik reja 1019,1 km uzunlikda qiymati 7 mlrd 051 mln. so’mlik ishlar rejalashtirilgan, amalda 1022,7 km uzunlikda 7 mlrd 297 mln.so’mlik 102 foizga ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi.
Ushbu ishlarini bajarishda viloyatdagi yirik Davlat unitar korxonalari xamda mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonalari tomonidan ta’mirlash va tiklash ishlari bajarimoqda.
IV. Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi.
Viloyatda 2016 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan 371,3 mln. dollarlik (2015 yilning mos davriga nisbatan 147,3%) tashqi savdo amallari bajarilib, shundan eksport 170,8 mln.dollarni (137,4%), import
200,5 mln.dollarni (156,9%) tashkil etdi.
Jumladan sanoat mahsulotlari eksporti 22,7 mln.dollar (prognozga nisbatan 120,5 foiz, o’tgan yilga nisbatan 128,5 foiz), qishloq xo’jaligi mahsulotlari 83,0 mln.dollar (prognozga nisbatan 86,2 foiz o’tgan yilga nisbatan 8,6 marta ko’p), xizmatlar 12,7 mln.dollar (prognozga nisbatan
51,4 foiz, o’tgan yilga nisbatan 97,0 foiz). Jami eksport xajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ulushi 70,0 foizni tashkil qilmoqda.
Yanvar-sentyabr oylarida bajarilgan 118,4 mln.dollar eksport xajmini 122 ta korxona tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, shundan 87,4 mln.dollarlik mahsulot 86 ta yangi jalb etilgan korxonalar hisobiga to’g’ri keldi. Bu ko’rsatkich jami eksportning 74,0 foizini tashkil qiladi.
Hisobot davrida viloyatdagi eksportyor korxonalar soni ortishi bilan bir qatorda yangi turdagi mahsulotlarni eksportga chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Jumladan, dastro’mol, arqon, milliy ro’mol (durra), ishchi qo’lqoplar, gipsokarton list, quruq gips aralashmasi, erkaklar poyabzali, shpatlevka, shtukaturka, qurilish yelimi, qandolatchilik mahsulotlari, maxsus ish kiyimlari, avtoransport vositalari uchun gaz ballonlari, bo’yoq emulsiya, charm kamarlar, tesma, paypoq, propolis, galstuk, dublyonka teri, qovul (kapers), meva-sabzavot ko’chatlari va urug’lari kabi yangi turdagi maxsulotlarni eksportga chiqarish yo’lga qo’yilgan.
V. Kichik biznesni rivojlantirish.
Viloyatda kichik biznesni rivojlantirish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotdagi kichik biznes sub’ektlarining o’rni va ulushini yildan-yilga ortib borishga erishilmoqda. 2016 yilning 9 oy yakuni bilan kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 80,2 foizni tashkil etdi.
Viloyatda 2016 yilning 1 oktyabr holatiga jami 16359 ta kichik biznes sub’ektlari (fermer xo’jaliklarisiz) ruyxatga olingan bo’lib, bu ko’rsatkich 2015 yilning mos davriga nisbatan 103,8 foizga ortdi.
2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 1364,1 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqilgan bo’lsa,
2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida ushbu ko’rsatkich 1770,2 mlrd.so’mni tashkil etdi. Kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi mos ravishda 65,2 foizdan 71,7 foizga ortishi ta’minlandi.
Kichik biznesning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushini tahlil qilinganda sohaning qishloq xo’jaligidagi ulushi 98,4 %, qurilish ishlarida 96,3%, savdoda 94,3%, xizmatda 73,7 %ni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik korxonalar tomonidan eksportga chiqarilgan mahsulotlar xajmi 2015 yilning mos davriga nisbatan 140,3 foizga ortib, 147,2 mln.dollarni tashkil etdi. Buning natijasida viloyat eksportidagi kichik biznes sub’ektlarining ulushi mos ravishda 83,1 foizdan 86,2 foizga ko’paydi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshirilgan import amallari 178,6 mln.dollarni tashkil etib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 2,1 martaga ortishi hamda viloyat jami importdagi ulushi 89,0 foizga ortishi ta’minlandi (2015 yilning 9 oylikda 63,6%).
Hisobot davrida kichik biznes sub’ektlari tomonidan 29624 ta yangi ish o’rinlari yaratilib, kichik biznes sohasida band bo’lganlar soni 988,0 ming kishiga yetdi.
VI. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
2016 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bilan viloyat aholi soni 2640,5 ming kishini tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 50,3 ming kishiga ko’paydi yoki 101,9 foizni tashkil etdi. SHundan mehnat resurslari soni 1532,6 ming nafarni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,3 foiz (19,3 ming nafarga)ga ortdi.
Iqtisodiy faol aholi 1044,2 ming kishini tashkil etdi, shundan band aholi 988,0 ming nafar va 56,2 ming nafari doimiy ish bilan band bo’lmaganlar.
Hisobot davrida «Bandlikka ko’maklashuvchi» markazlarga jami
21442 nafar fuqarolar ish so’rab murojaat etdilar. SHundan 20537 nafari (95,8%) iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ish bilan ta’minlandi.
Viloyatda ishsizlik darajasi 5,4 foizni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 punktga ortdi.
“2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlash dasturi” asosida 2016 yil yanar-sentyabr oylari yakuni bilan 54732 ta ish o’rni yaratilishi belgilanib, haqiqatda 55059 ta ish o’rinlari yaratildi, yoki reja 100,6 foizga bajarildi.
Shundan, maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o’rinlari 16638 tani tashkil etdi.
Jumladan, sanoatda 3045 ta, xizmat ko’rsatish va servis sohalarida 3041 ta, qishloq xo’jaligi, jumladan, chorvachilik, parrandachilik, bog’dorchilik, baliqchilik, asalarichilik, sabzavotchilik, uzumchilikda 2766 ta, ishlamasdan turgan korxonalarni faoliyatini tiklashda 2476 ta, Bundan tashqari, tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobida 14689 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirishda 11894 ta, uy mehnatini tashkil qilishda 6323 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini tashkil tiklashda 5515 ta ish o’rinlari tashkil etdi.
Yaratilgan ish o’rinlarining 20725 tasi xotin-qizlarga, yoshlarga
22175 ta,shu jumladan 12750 tasi kasb-xunar kolleji bitiruvchilariga,
8244 tasi chet eldan qaytgan migrantlarga ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |