Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
O`tilgan mavzuni so`rash:
1. Qanday jahon dinlarini bilasiz?
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1.”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsadi
2.”Dunyo dinlari tarixi” fani vazifalari
”Dunyo dinlari tarixi” fanining muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi. Shu ma’noda ”Dunyo dinlari tarixi” keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi. ”Dunyo dinlari tarixi” nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat din tarixi predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi.
”Dunyo dinlari tarixi” fani din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi.
”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
– din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish;
– dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish;
– kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli
g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish.
”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazish borasida ham muhim ahamiyatga ega. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchasbog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ba’zi kuchlar dinning jamiyatdagi vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab kishilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham begunoh insonlar jabr chekmoqda. Ana shunday salbiy holatlarning oldini olishda dinning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Mustahkamlash:
1. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining maqsadi nimalardan iborat?
2. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari nimalardan iborat?
3. ”Dunyo dinlari tarixi” fani nima uchun o’qitiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |