Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Din va jamiyat munosabatlari.
2. Din va jamiyatning aloqadorligi.
Fan va din har doim o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Tarixda ularning munosabati turli shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadim gi YunonistondaSuqrot, Afotun, Arastu uchun fan va din deyarli bir soha — falsafa bo‘lib, u «Fizika» va «Metafzika» qismlariga bo‘lingan. Ke yinroq matematika, astro-nomiya va tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘zaro uyg‘unligini saqlagan. Xuddi shunday munosabat Konfutsiy, Forobiy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va bosh qa Sharq mutafakkirlari faoliyatida ham kuzatiladi. Ellinizm va o‘rta asr Sharqida fan va din bir-birini to‘ldirgan. Ular orasida-
gi ayrim kelishmovchiliklar murosasiz ixtilof darajasiga yetmagan. Sharqda fan 10va din mutanosibligi natijasida XV asrgacha matematika, astronomiya, tibbiyot, kimyo va boshqa aniq va tabiiy fanlar yuksaldi. XVI asrdan boshlab esa bu mintaqada ilm-fan, shuningdek, diniy ilmlar ham turg‘unlik davrini
boshdan kechirdi. Bu davrda fanning, aynan diniy ilmlarning inqirozga yuz tutishiga dinning ma’rify mohiyatini chuqur anglamagan mutaassiblar sabab bo‘ldi.Yevropa Sharqdan falsafa va tabiiy fanlar estafetasini olib, XVI asrdan jadal rivojlanishni boshlagan bo‘lsada, bu yerda fan mutaassib ruhoniylar tomonidan ta’qib qilindi. Fan va din tarixidagi bu munosabat ular o‘rtasida murosasiz kurash davrini keltirib chiqardi. Fan va san’atda Uyg‘onish davrining, dinda esa katolitsizmning markaziga aylangan Italiyada bu qarama-qarshilik o‘zining avj pardasiga chiqdi. Fan va adabiyot dinni yolg‘onga chiqardi, nafaqat ruhoniylar, hatto Xudo ustidan pamfet (hajviy tanqid)lar yozildi. Din ham fandagi deyarli har bir yangilikni kufrga yo‘ydi. Reformizm (Lyuter, Kalvin, Erazm Rotterdamskiy) ta’sirida bu qarama-qarshilik nisbatan tinch roq jabha — g‘oyalar kurashiga ko‘chsa-da, lekin shiddatini susaytirmadi.XIX asrda paydo bo‘lgan bir tarafdan «din — afyun», ikkinchi tarafdan «Darvinning o‘zi maymundan tarqagan» kabi da’volar asorati hozirgi kunda ham seziladi. Fan va din o‘rtasidagi kurashga siyosatning aralashuvi bir qancha fojialarni keltirib chiqardi.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar.
O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |