Diniy ekstremizm — jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ah- komlar tizimini inkor etib, ularga zid bo'lgan «g'oyalar» va amallarni agres- siv tarzda targ'ib qilishdir
Bugungi kunda BMT tomonidan «Yadroviy terrorizm xurujlariga qarshi kurash to'g'risida»gi xalqaro konvensiya va «Terrorizmga qarshi kurash bo'yicha yalpi konsepsiya» loyihalari tayyorlanayotgani O'zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi kurash borasidagi tashabbuslariga hamohangdir.O'zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 ta xalqaro shartnomani imzolagan.O'zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash masalalarida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida ham faol ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarida terrorchilik harakatlari 1990-1996-yillarda Tojikistondagi fuqarolik urushi davomida, 1999-2001-yillari Qirg'izistonning Botken viloyatida, mamlakatimiz hududida 1990-yilda Namangan va Andijonda, 1999-yili Toshkent shahrida, 1999-2001-yillarda O'zbekistonning Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida, 2004-yilning mart-aprel oylarida Toshkent shahri va Buxoro viloyatida, 2004-yilning iyul oyida Toshkent shahrida, 2005-yili Andijonda sodir etildi.
1993-yilda BMTning 48-sessiyasida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash hamda yadro quroli tarqalmasligi va qurolsizlanish bo'yicha takliflar kiritildi.
1995-yilda BMT Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida O'zbekiston Afg'onistonga qurol-yarog' kiritishga qarshi xalqaro embargo qo'yish g'oyasi bilan chiqdi.
1997-yil mamlakatimiz tashabbusi bilan 6+2 (Eron, Xitoy, Pokiston, To- jikiston, Turkmaniston, O'zbekiston, AQSH va Rossiya) shaklidagi muloqot guruhi faoliyat ko'rsatdi.
1999-yilda «Afg'onistondagi muammolarni tinch yo'l bilan bartaraf etish tamoyillari to'g'risida»gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
2008-yilda NATO tashkilotining Buxarest sammitida Afg'oniston mojarolarini birgalikda siyosiy yo'l bilan hal etish, iqtisodiy yordam ko'rsa- tish maqsadida Muloqot guruhi faoliyati 6+3 (NATO ishtirokida) shaklida namoyon bo'ldi.
1999-yil Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istanbul sammitida O'zbekiston tomonidan taklif etilgan Terrorizmga qarshi kurash bo'yicha Xalqaro markazni yaratish g'oyasi 2001-yilning sentabrida BMT Xavfsizlik kengashi doirasida aksilterror qo'mitasining ta'sis etilishi bilan o'zining tasdig'ini topdi.
2002-yil Islom Karimov taklifi bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda muomalada bo'lishga qarshi kurash bo'yicha Markaziy Osiyoda mintaqaviy axborot muvo- fiqlashtirish markazi tashkil etildi.
2014-yil 6-may kuni — BMT tashkil etilgandan key in birinchi maro- taba, beshta yadroviy davlat,
AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan muhim xalqaro hujjat — Markaziy
Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to'g'risidagi shartnomani imzoladilar
Mustahkamlash:
Xalqaro terrorizm muammosi hozirgi davrning dolzarb global muammolaridan biriga aylanishi qaysi sabablar bilan bog'liq?
Diniy ekstremizmning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |