Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: salomlashish, davomat aniqlash, siyosiy-ma’naviy daqiqa
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
1. O'zbekiston Respublikasi qonunlarida prozelitizm uchun qanday javobgarlik belgilangan?
2. Vijdon erkinligi deganda nimani tushundingiz?
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Diniy ekstremizm
Jahon miqyosida ekstremistlarga qarshi kurash
XX asrning 90-yillariga kelib dunyo siyosiy xaritasining o‘zgarishi, yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, jahon hamjamiyatining globallashuvi va integratsiyalashuvi, zamonaviy xalqaro munosabatlarda yangicha tartibotlarning shakllanishiga turtki bo‘ldi.Bu davrda Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining iqtisodiy va strategik ahamiyatiga ko‘ra dunyoning muhim hududi sifatida e’tirof etildi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:
• Markaziy Osiyo shimol va janub, sharq va g‘arbni o‘ta muhim transport-kommunikatsiya yo‘llari bilan bog‘lovchi hudud sanaladi;
• Markaziy Osiyo hududi Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarikesishgan hamda islom, xristian va buddaviylik dinlari jam bo‘lgan nuqtada joylashgan Bu — mintaqaning tabiiy resurslar (neft, gaz, oltin, uran, rangli metallar va boshqalar)ga boy ekanligi ko‘pchilikni o‘ziga ohanrabodek jalb etadi.
Ana shunday moddiy boyliklarga ega bo‘lishga intilgan g‘arazli guruhlar har bir imkoniyatdan foydalanishga, eng buyuk boyligimiz bo‘lmish milliy qadriyatlarimiz va ma’naviyatimizga tahdid solishga harakat qiladilar.
Biz bugungi kunda murakkab zamonda yashamoqdamiz. So‘nggi paytlarda butun dunyo mamlakatlarini diniy ekstremizm va terrorizm tashvishga solib kelmoqda. Dunyoning turli mintaqalarida davom etayotgan mahalliy urushlar, harbiy qarama-qarshilik va mojarolar, terrorchilik xurujlari xalqaro xavfsizlikka tahdid solmoqda. Hozir diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm dunyo mamlakatlari uchun nafaqat tashqi, balki ichki xavfsizlikka ham daxldor masalaga aylandi. Chunki diniy ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari jangarilik usullari bilan hokimiyat uchun kurashuvchi guruhlarni shakllantirish, ularni har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga intilmoqdalar.
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston Respublikasi mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligi to'g'risidagi g'oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e'lon qildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma'ruzasida jahon hamjamiyatini Afg'oniston muammosini izchil o'rganish va yechishga chaqirdi.O'zbekiston diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi huquqiy jarayonlarni tartibga solish, ekstremistik g'oyalar tarqalishining oldini olish uchun o'zining ichki siyosatida ham tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 1998-yil 1-mayda yangi tahrirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonunda mazkur yo'nalishdagi faoliyatning huquqiy asoslari mujassam etilishi bilan birga din niqobi ostida ekstremistik g'oyalarning tarqalishiga chek qo'yildi.
Respublikamiz ekstremizm va terrorizm hamda uni moliyalashtirish bilan uzviy bog'liq bo'lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat'iy siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi va 2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonunlarning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.O'tgan yillar davomida respublikamiz terrorchilikka qarshi kurash bilan bog'liq qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi. Jumladan, 2000-yil 24-aprelda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Qozog'iston, Qirg'iziston,AQSH davlat departamenti ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzida yiliga 10 mingtadan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etiladi.70 mingdan ortiq inson bunday harakatlar oqibatida hayotdan bevaqt ko'z yummoqda — bundan 80% ini voyaga yetmagan yosh bolalar tashkil etadi.Xalqaro statistik ma'lumotlarga ko'ra, hozir dunyo miqyosida 500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |