Aqidaparastlik (arab. aqida — ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g'oya yoki tamoyilga qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hi sobga olmagan holda, ko'r-ko'rona qo'llash va urinishni anglatadi.
Ekstremizm (fransuzcha extremisme, lotincha extremus — keskin, so'nggi) jamiyatda qabul qilingan muayyan qonun-qoidalarga zid bo'lgan g'oyalarni targ'ib qilish va ularni amalga oshirish.
Tojikiston va O'zbekiston davlatlarining rahbarlari tomonidan imzolangan, terrorchilik kabi o'ta og'ir jinoyatni tag-tomiri bilan qirqib tashlashga qaratilgan bitim hamda xuddi shu yilning 21-22-iyun kunlari MDH davlatlari rahbarlarining Moskvada bo'lib o'tgan uchrashuvida ushbu masala yuzasidan muhim hujjat imzolandi.Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Genot- sid jinoyatining oldini olish va uni sodir etganlik uchun jazolash to'g'risi- da»gi (1961-yil 12-yanvardan kuchga kirgan), «Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliyaviy ta'minlash va o'qitishga qarshi kurash to'g'risida»gi (1989-yilda qabul qilingan), «Bombali terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi (1997-yil 16-dekabr), «Plastik portlovchi moddalarni topa olish maqsadida ularni markirovka qilish to'g'risida»gi (1991-yil) va boshqa bir qator xalqaro konvensiyalar ham ratifikatsiya qilingan.
Respublikamiz tomonidan terrorchilikka qarshi amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar tinchlikni saqlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qator davlat idoralari, jumladan, mudofaa, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona va prokuratura idoralari- ning terrorchilikka qarshi kurashdagi faoliyatini tizimli yo'lga qo'yish bugungi kun talabidir.Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratilgan ko'plab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarni izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o'zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta'kidlash zarur.Ma'lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta Konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozir O'zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971-yildagi «Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi g'ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to'g'risida»gi; 1973-yildagi «Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslarga, shu jumladan, diplomatiya agentlariga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun jazolash to'g'risida»gi; 1979-yildagi «Odamlarni garovga olishga qarshi kurash to'g'risida»gi; 1980-yildagi «Yadro- viy qurilmalarni va yadroviy materiallarni jisman himoya qilish to'g'risida»gi; 1988-yildagi «Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g'ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to'g'risida»gi; 1997-yildagi «Bombali terrorizmga qarshi kurash to'g'risida»gi; 1999-yildagi «Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risida»gi xalqaro konvensiyalari borligini ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |