1-g. M.Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog`ida tug`ilgan.
2-g. Mahmudxo`ja tog`asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan.Arab tili grammatikasini kicik tog`asi Mulla Odildan o`rgangan.
3-g. Behbudiy 1899-1900-yillarda haj safariga boradi.
4-g. Mahmudxo`ja Moskva,Peterburg, Qozon, Ufa, Nijniy Novgorod,Misr, Turkiyaga ham safar qiladi.
Aytilgan ma`lumotlarga qarab rag`batlar beraman.
“Charxpalak” usuli orqali 4 ta oq qog`oz tarqatiladi.O`quvchilar Behbudiyning jamiyat hayotidagi o`zgarishlarga sabab bo`lgani haqidagi ma`lumotlarni yozadilar. Varaqlar xuddi charxpalak misoli aylanadi va har bir guruh bu haqida yozadilar. Guruhlardan chiqqan vakillar yozganlarini izohlaydilar, noto’g’ri ma’lumotlarni aniqlaydilar. Natijalarga qarab guruhlarga rag`batlar beraman.
“Rasmli mulohaza” usuli orqali o’quvchilarga qorda qolgan gul tasviri tushirilgan rasm taqdim etiladi. Ushbu tasvirni qanday qilib Behbudiyga bog’lash mumkin? Guruhlar erta ochilib ,qorda qolgan,shunday bo`lsada insonlarga quvonch ulasha olgan gulni izohlaydilar va Behbudiyga o’xshatadilar, so’layotgani esa adibning erta vafot etgani ekanligini anglatayotganini aytadilar. Shoir o’limining 3 sababini so’rayman va tushuntiraman.
“Dam olish bekati” “Men kimman?”
Guruh a’zosi boshqa guruh tarkibidan biror o’quvchini tanlab , tashqariga chiqaramiz.Xonaga kirgach ,uning ismini aytmagan holda ta’riflaydi. Avvalo undagi umumiy xususiyatlar , so’ng o’ziga xos jihatlari aytiladi.O’quvchi gap kim haqida ketayotganini topadi.Agar topa olmasa, -Men kimman?-deb aytaveradi.
“T-chizma “ strategiyasi
Mahmudxo`ja Behbudiyning insonlarni ilmli bo`lishga undab qilgan ishlari va o`ziga xos fazilatlari haqida yozadilar.
dramaturg ziyolilar yetakchisi
teatrchi ma`rifat fidoiysi
pedagog millatparvar inson
journalist
noshir
Lug`at ustida ishlash.Padarkush so`zining ma`nosini ayting. Bu so`z yana qaysi asar va kim bilan bog`liq?(padarkush-ota qotili,O.Yoqubov “Ulug`bek xazinasi”asari.Mirzo Ulug`bek nomi bilan bogliq).
Ma`lumotlarni umumlashtiraman:
Mahmudxo`ja Behbudiy o`z davrining ziyolilari yetakchisi , ma`rifat fidoyisi, millatparvar insoni edi.Yangi usuldagi maktablar tashkil etishda jonbozlik ko`rsatgan. “Samarqand” gazetasi , “Oyna” jurnalini nashr ettirgan.O`zbek millatini ilmli,ziyoli,tadbirkor xalq sifatida ko`rishni orzu qiladi,ilg`or millatlar qatorida ko`rishni xohlaydi.
Butun umrini jaholat va zulmatni ilm - ma`rifat yog`dusi bilan yoritishga bag`ishlagan Mahmudxo`ja Behbudiyning hayoti ayanchli tarzda yakun topdi.1919-yil 25- martda Shahrisabzda qatl etiladi.
Behbudiy o`zbek teatrining tamal toshini qo`ygan inson sanaladi.Dramada jaholat , ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma`rifat ulug`lanadi.Muallif “o`qimagan bolaning holi” ni ,ayanchli oqibatlarini bayon qiladi.Aziz o`quvchi!Bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat- mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erishib bo`lmydiQachonki o`qib bilim olsangiz , shundagina hayot yo`lingiz saodatli,umringiz oxirigacha rohat -farog`atda o`tadi. Xulosa qilib aytganda ,”Padarkush” dramasi ilm - ma`rifatga targ`ib va tashviq qiluvchi tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Darslikdan asarni rollarga bo`lib o`qiymiz.
“Padarkush”dramasi ilk sahifasi .(1915)
Do'stlaringiz bilan baham: |