Namangan shahar 20- umumiy o’rta ta’lim maktabi 3- sinf uchun matematika fanidan bir soatlik dars ishlanma



Download 0,93 Mb.
bet3/4
Sana29.11.2022
Hajmi0,93 Mb.
#874245
1   2   3   4
Bog'liq
2 sinf ona tili 21 Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar Ularning

Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Davomatni aniqlash. Daftarlarni almashtirish.Bugungi darsni maqsadi tushuntiriladi.

Shu yerda ,,Bog’da’’ rasmi ko’rsatiladi . O’quvchilar hozir kuz fasli. Bog’larda pishib yetilgan mevalarni yig’ishtirib oladigan vaqt keldi. Bog’bonlar bog’da mevalarni yetishtiradilar. Tadbirkorlar esa mevalardan sharbat tayyorlaydilar, pishib yetilgan mevalarni quritadilar. Ishbilarmonlar esa uni turli davlatlarga eksport qiladilar . Sinfimiz o’quvchilari ham bog’da olma mevalarini yetishtirdilar. 1-guruh; ,,Bog’bon’’, 2-guruh; ,,Tadbirkor’’, 3-guruh; ,,Ishbilarmon’’ deb nomlandilar. 3ta olma daraxtini 3 ta guruhga 1 tadan qo’yib chiqamiz


Har bir guruh o’z daraxtini sifatli olma mevalari bilan to’ldirib chiqadilar .Olma mevasini olish uchun esa darsda faol qatnashib barcha topshiriqlarni bajarishlari shart. Olmalar 3 xil b’ladi. Qizil olma –eng sara,pishgan olma u 5 baho. Sariq olma – 4 baho. Ko’k olma- 3 baho .U pishib yetilmagan, qurt teshgan olma hisoblahadi.O’quvchilar bergan javoblariga qarab, olmalaarni o’z daraxtlariga yopishtiradilar. Qaysi guruh qizil olmani ko’p yig’sa , o’sha guruh g’olib bo’ladi. Dars oxirida jami olmalariga qarab, ballarini hisoblaymiz.


Uyga vazifani tekshirish. 2 ta o’quvchiga uyga vazifani o’qitaman .
Darsimizning shiori: O’qi , izlan , top kamol.
Dars qoidalari tushuntiriladi. Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi. Bunda <>o’tkaziladi. 1-guruh uchun savollar 5ta o’quvchiga beriladi.
1. Davlatni kim boshqaradi?
2.Birinchi prezidentimiz kim?
3. No’malum ikkinchi qo’shiluvchini topish uchun nima qilamiz?
4. O’zbekiston Davlat madhiyasini kim yozgan?
5.Harakatlar strategiyasi necha xil rangda tasvirlangan? Javobiga qarab daraxtdagi olmalardan beramiz.
2-guruh uchun savollar.
6 .Bir yilda nechta fasl bor?
7. Davlat ramzlarini ayting?
8.Shahar hokimi kim?
9.42 bilan 5ning yig’indisini toping?
10.Tabiat nima? Bu guruhni ham javobini tinglab, daraxtdagi olmadan beramiz.
3-guruh uchun savollar.
11.Ozbek tilida nechta unli harf bor?
12. Bo’g’inni tushuntirib bering
13.Tasviriy san’atda nechta asosiy rang bor?
14.Musiqada nechta nota bor?
15.Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar...Javoblarini tinglab, daraxtdagi olmalardan beriladi.
1-shart tezkor savol- javob bo’yicha ballari aniqlanadi.5 ta bola to’g’ri javob bersa, qizil olmaga ega bo’ladilar.Agar 1ta savolga javob no’to’g’ri bo’lsa , unda sariq olmaga ega bo’ladi. Agar 2 ta savolga noto’g’ri javob bersa, unda ko’k olmaga ega bo’ladi.O’zini guruhiga tegishli daraxtga mevani yopishtirib qo’yiladi.Shu tariqa mevalar ko’payib boradi.
II-O’tgan mavzuni mustahkamlash, baholash.
Biz o’tgan darsimizda jarangli va jarangsiz undosh tovush va harflarni eshitilishi va yozilishi haqida o’rgandik.
1). Alifboda nechta harf bor?
2).Alifboda nechta undosh tovush bor?
3).Unli tovushlar qanday talaffuz qilinadi?
4).Undosh tovushlar necha xil bo’ladi?
5).Jarangli undoshlarni ayting.
6). Jarangsiz undoshlar ni ayting.
3 ta qator orasidagi musobaqa o’tkazishni davom ettiramiz.
Chiroyli yoz, yozzang xat,
Chunki bu ham bir san’at.
Shuning uchun hozir shart
Husnixatga muhabbat.
Husnixat daqiqasi; Kichik ,,q’’jarangsiz undosh harflarni yozilishini ko’ramiz. Undosh tovushni aytganimizda havo og'izda to’siqqa uchraydi. Kichik ,,q’’ harfi ikki unsurdan iborat: to’liq oval va osti halqali unsur. Kichik ,,q’’harfidagi halqali unsurning halqasi ters tomondaligi bilan farqlanadi.Daftarga bir qator kichik ,,q’’ harfini va harf bilan bog’langan so’zlarni yozadilar: qalam , qizil, aql, qanoat.Uning unsurlarini va qanday yozilishini tushuntirib beraman.Men o’quvchilarimga bosma va yozma shaklini taqqoslab beraman.O’quvchilar daftarlariga yozadilar.Dars jarayonida toza va chiroyli yozgan o’quvchilarimning daftarlarini namuna qilib ko’rsataman.
III-.Yangi mavzu bayoni. 61-62-mashqlar.
Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni kuzatish.
Darslik bilan ishlash.
61-mashq sharti bilan tanishtiraman.Tushirib qoldirilgan harflarni nuqtalar o’rniga qo’yib o’qiymiz va yozamiz.Yozilishi tekshiriladigan harfning tagiga chizamiz.mehnat qilayotgan odam rasmi.

Halol mehnat - mo’l daroma… . Mehnatda sinalgan- elda azi… . O’z aybini bilgan –mar… .


Halol mehnat-mo’ daromad. Mehnatda sinalgan – elda aziz. O’z aybini bilgan –mard.
Buni multimediya orqali ko’rsatib beraman. Daromat eshitiladi , lekin daromad deb yoziladi. Qaysi
Tovushlar so’z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi,g va k , d va t tovushlarini talaffuz qilishlari so’raladi.
O’zbek tilida jarangli va jarangsiz undosh tovushlar bo’r.Jaranglilar:b, d, g, j, j, v, z, g’, l, m, n, r, y, ng
J arangsizlar: p, t, k, ch, sh, f, s, x, g, h

Jarangli undosh tovushlarni aytganda shovqin va ovoz eshitiladi, jarangsiz tovushlarda faqat shovqin eshitiladi. Undosh tovushlarni hosil qilishda o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida turli to’siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo’ladi. Jarangli undosh talaffuzida tovush paychalari titraydi, jarangsiz undoshlar talaffuzida esa titramaydi. Buni siz tovush talaffuz qilayotganingizda barmoqlaringizni ustki tomonini tomog’ingizga qo’yib tekshirishingiz mumkin.O’quvchiar tovushlarning aytilishi va so’z ma’nosini farqlashni o’rganib, b, v, g, d, j, z, tovushlarini aytganda , shovqin va ovoz eshitilishini , ularning jufti bo’lgan p, f, k, t, ch, s tovushlarini aytganda esa faqat shovqin eshitilishini bilib oladilar.


Dam olish daqiqasi.
Marjonday terib yozgan
Barmoqlarim chiroyli.
Quvonchdan yashnab ketgan
Yanoqlarim chiroyli.
Xuddi mendek yozay deb,
O’rtog’imdan o’zay deb,
Ozoda daftarimni
,,5’’ lar bilan bezay deb,
Mendan ham qolishmagan
O’toqlarim chiroyli.
62-mashq.O’qing.So’zlarning oxiriga unli tovush qo’shib, yozilishini tekshiring.
Ozod, Umid, Obid, Ziyod, Xurshid.
Ozod –Ozoda, Umid –Umida, Obid –Obida, Ziyod –Ziyoda, Xurshid – Xurshida.
Mashqni doskaga o’quvchilardan chiqarib, bajarishlarini nazorat qilaman.Chiroyli yozgan o’quvchilar o’rnida rag’batlantirib boraman.
So’z oxirida kelgan jufti bor undosh tovushning yozilishini tekshirish uchun undosh tovushdan so’ng unli tovush qo’shib aytamiz.Oxirida undosh harfdan keyin unli harf qo’shilgan so’z tekshiruvchi so’z hisoblanadi.
Shu bilah birgalikda ,,Tushunchalar tahlili’’ metodini o’tkazamiz.Topshiriq tarqatma tarzida bo’lib, har bir rartadagi ikki nafar o’quvchi birgalikda bajaradilar.Buning uchun o’quvchilar berilgan qoidalarni o’qib, ularni to’g’ri yok i noto’g’ri ligini aniqlab tegishli belgi qo’yib chiqadilar.
Bu metod orqali o’quvchiar jadval asosida ishlashni o’rganadilar. 1-guruh.
Bu metod orqali o’quvshilar jadval bilan ishlashni ham , jamoa bilan ishlashni ham o’rganadilar.



T/r

Qoidalar

To’g’ri

Noto’g’ri

1

Alifboda harflar soni 25 ta




+

2

O’zbek tilida 4 harf birikma bor






+

3

Unli harf bo’gin hosil qiladi

+




4

O’bek tilida 30ta tovush bor

+




5

B harfining jufti T harfi




+




Jami:

5ball






2-guruh

T/r

Qoidalar

To’g’ri

Noto’g’ri

1

J harfi 2 ta tovush bildiradi

+




2

Gapning o’rtasida mushuk so’zi bosh harf bilan yoziladi




+

3

g harfinig jufti s undosh harfi




+

4

Gap tugasa kichik harf bilan boshlanadi




+

5

Maktab so’zi to’g’ri yozilganmi?

+







Jami:

5 ball




III-guruh



T/r

Qoidalar

To’g’ri

Noto’g’ri

1

O’zbek tilida 6ta unli harf bor

+




2

Lolazor so’zi 4 bo’g’indan iborat






+

3

So’zning o’rtasida ota so’zi kichik harf bilan yoziladi.

+




4

Omad so’zi to’g’ri yozilganmi?

+




5

Z harfining jufti k harfi




+




Jami:

5-ball




Topshiriq bo’yicha o’quvchilar javoblari tinglanib xulosa qilinadi.Bu topshiriq musobaqa tarzida o’tkaziladi.Har bir qatordan ikkitadan o’quvchi maslahatlashib jadvalni to’ldiradi. Bergan javoblariga qarab daraxt ga olmalarini yopishtiradilar . Bu ikki o’quvchi qo’shimcha savollarga javob berib, baholanadi.


IV-Mavzuni mustahkamlash.
Test savollari;
1.Aytilishi va yozilishida farqlanadigan so’zlar qatorini toping.
A) Maktab, suv, bola.
B)Borib, solib, maktab,
D)Salom, chizib, a’lo.
2.Gap deb nimaga aytiladi?
A) Gap tugallangan mazmunni bildiradi.
B) Gap tugallanmagan mazmunni bildiradi.
D) Hamma so’z bosh harfda yozilsa.
3. Qaysi qatorda so’zlar tog’ri yozilgan?
A). Namangan, fransiya, Salima.
B). Nodira, Toshkent, Italiya.
D). Samarqand, karim, Norin.
V-Darsga yakun yasash va baholash;
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, rag’batlantiriladi.
3 ta guruh daraxtidagi olmalar hisoblanib,ballar e’lon qilinadi.
.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish