Bolalar temperamenti Kuzatishlar orqali bolalar temperamentini aniqlash mumkin:
1. Tez harakat qilish zarur bo‘lgan vaqtda bola o‘zini qanday tutadi?
a) oson ishga kirishadi; b) faol harakat qiladi;
c) osoyishta, so‘zsiz harakat qiladi; d) ishonchsiz harakat qiladi.
2. Kattalarning tanbehlariga qanday qaraydi?
a) «Boshqa qilmayman» deydi-yu, biroz vaqt otgach yana qilaveradi;
b) quloq solmay o‘z bilganini qilaveradi;
c) jim eshitadi; d) jim turadi, xafa bo‘ladi, hayajonlanadi.
3. Zarur bo‘lgan sharoitlarda bola boshqa bolalar bilan qanday gaplashadi?
a) tez, qiziqqonlik bilan, lekin boshqalarning ham fikrini eshitadi;
b) tez, hayajon bilan, boshqalarni eshitmaydi;
c) sekin, ohista, ishonch bilan; d) ishonchsizlik bilan.
4. Odat bo‘lmagan sharoitda o‘zini qanday tutadi?
a) tez moslashadi, faollik ko‘rsatadi; b) faol, yuqori hayajonlanish bilan;
c) tinch atrofni kuzatadi; d) o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, tashvishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |