Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet96/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Mavzu yuzasidan savollar:

1. Ilk yoshdagi bolalarda xotiraning o‘sishi sharoitlari nimalardan


iborat?
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda esda olib qolish turlarini
aytib bering.
3. Xotira turlarining bolalarda rivojlanishi.
5. Ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolishning
ahamiyati nimada?
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Sh.A. Do’stmehamedova, Z.T.Nishanova,S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva “Yosh davrlari va pedagogik-psixologiya” Toshkent -2013

  2. .M.Zufarova Umumiy psixologiya. Toshkent-Faylasuflar-2010

  3. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.


35-mavzu: Tafakkur
Reja:

  1. Tafakkurning nerv-fiziologik asoslari.

  2. Tafakkur turlari

  3. Tafakkur shakllari

Tayanch tushunchalar: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkur voqelikning aks ettirishning murakkab shakli ekanligi. Tafakkurning nerv fiziologik asoslari. Tafakkur turlari; ko’rgazmali-obrazli, ko’rgazmali-harakat, mavhum tafakkur. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish. Tafakkur sifatlari: mustaqilligi, tanqidiyligi, chuqurligi, kengligi, pishiqligi, mahsuldorligi, sertashabbusligi, tezligi, samaradorligi, ixchamligi.




Tafakkur – bu atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon hamda ijtimoiy-sababiy bog‘lanishlarni anglangan, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Tafakkurning nerv-fiziologik asoslari. Katta yarimsharlarpo‘stlog‘ida hosil bo‘luvchi muvaqqat nerv bog‘lanishlari(shartli reflekslar)tafakkurning fiziologik asosi isoblanadi.Bu shartli reflekslarreal voqelikni aks ettiruvchi ikkinchi signallar (so‘zlar, fikrlar) ta’sirida maydonga keladi, ammo ularalbatta birinchi signallar sistemasiga (sezgilar, idrok, tasavvurlarga) asoslangan holda maydonga keladi. I.P. Pavlovning yozishicha: «Nutq organlaridan bosh miya po‘stiga o‘tuvchi maxsus kinestezik qo‘zg‘alishlar, ikkinchi signallardir, signallarning signalidir. Ular voqelikdan, mavhumlashishdan iborat bo‘lib, umumlashtirishni taqozo qiladi, binobarin ular bizning ortiqcha maxsus insoniy, yuksak tafakkurimizdir...». Ikkinchi signal bog‘lanishlari narsa va hodisalar o‘rtasidagi turlicha munosabatlarni aks ettiruvchi ancha murakkab sistema bo‘lib, ular shunisi bilan sezgilardan, idrok va xotiradan farq qiladi. Tafakkur jarayonida har ikkala signal sistemasi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Ikkinchi signal sistemasi tevarak- atrofdagi olamni yaxshiroq bilib olish imkonini beradi, ana shu signal sistemasi vositasida «odamning yuksak darajada moslashuvi» ham yuzaga keladi (I.P. Pavlov). Ammo ikkinchi signal sistemasi birinchisiga tayanadi. Odam uchun muayyan realma’nosini yo‘qotgan, odam ularni qandaydir konkret buyumlar va hodisalar bilan bog‘lay olmaydigan so‘zlar voqeylikning signallari bo‘la olmay qoladi. Tafakkur har ikkala signal sistemasi ishtirok etgan, lekin ikkinchi signal sistemasi yetakchi o‘rin egallagan taqdirdagina normal ishlaydi, chunki so‘z o‘z mazmuniga ko‘ra juda boy signal bo‘lib, mavhumlik va umumlashtirish jarayonlari bilan bog‘lanib ketgan. Tafakkur nutq bilan bog‘liqdir. Tafakkur tufayi biz fakt va hodisalarni faqat bilibgina qolmay, balki ular mavjudligining sabablarini ham tushuna olamiz. Tafakkur bizga bo‘lg‘usi voqealarnioldindan ko‘ra olish imkonini beradi: bulutni ko‘rib biz yomg‘ir yog‘adi deb hulosa chiqaramiz. Inson tafakkurini qanday shaklda rivojlantirilmasin, uni nutqsiz to‘liq rivojlantirib bo‘lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog‘liq holda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Agar bilish jarayoni faqatgina sezgilar va idrok orqali hosil qiluvchi bilimlar bilan chegaralanib qolgudek bo‘lsa, odam o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni juda kam miqdorda qo‘lga kiritgan bo‘lur edi. Biz o‘tmishda bo‘lib o‘tgan hodisalarni idrok qilaolmasligimiz tufayli ham tarixda bizga qadar yuz bergan voqea- hodisalarni bila olmagan bo‘lur edik.
Tafakkur turlari
Hayot mobaynida o‘qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g‘oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda bo‘lgan va harakatlarimiz mobaynida hosil bo‘lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir. Ko‘rgazmaliharakat tafakkurining xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytdagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur esa ko‘rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko‘z oldimizda gavdalangan chog‘da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir. Mantiqiy tafakkur – bu mavhum tafakkur bo‘lib, so‘zlar, so‘zda ifodalangan bilim, g‘oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yuzasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo‘la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafakkur yordamida mumkun bo‘ladi. Fikrlashimizning yana bir turi reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati ko‘rgan-bilgan narsamizni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha, o‘zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi. Undan farqli produktiv yokiijodiy tafakkur – fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo‘shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Shunga bog‘liq konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo‘lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur fikrningshunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shakldabo‘lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi. Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba’zan uning krefaollik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi. Krefaollik shunday xislatki, u go‘yoki yo‘q joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jo‘ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o‘xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so‘z berilgan «qalam», «ko‘l», «ayiq». Uchalasini qo‘shib yangi jumlalartuzish kerak.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish