Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet97/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Tafakkur shakllari. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi hisoblanadi. Odatda, nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalab kelinadi. Shuning uchun hukm, xulosa va tushunchalar tafakkurshakllari deb ataladi.
Hukmlar. Harsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o‘zaro bog‘liq belgilar, alomatlar, hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa hukmlarda ajratib ko‘rsatilsa – bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metallar qizdirilganda kengayadi» degani chin hukmdir, bu hukmda u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayapti. Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato (yolg‘on) hukm deyiladi. Chunki bu hukmda aksettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. «Yer Quyosh atrofida aylanmaydi » degan misol ham chin bo‘lmagan hukmlar doirasiga
kiradi. Hukmlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:
– tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm; – yakka, juziy, xususiy va umumiy hukmlar;
– shartli, ayiruvchi va qat’iy hukmlar; – taxminiy hukmlar.
Xulosa chiqarish. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayonida foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi. Ularni tahlil qilib chiqarilgan yangi hukmni esa xulosa deb atash qabul qilingan. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Masalan: «Barcha sayyoralar harakatlanadi». Oy – sayyora. Demak, Oy harakatlanadi. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogik. Induktiv xulosa chiqarish, bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir nechta yakka yoki ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan: «Temir elektr tokini o‘tkazadi». Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy xulosalardan yakka yoki juziy xulosa keltirib chiqariladi. Analogik xulosa chiqarishda ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab bu predmetlarning boshqa belgilari ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimizdir. Analogiya chin, taxminiy yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin.
Tushunchalar. Narsa va hodisalarning muhim belgilarini, bog‘lanishlarini, mohiyatini hukmlar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat fikr yuritish shakli tushuncha deyiladi. Tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushunchalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqador tushuncha konkret tushuncha deyiladi. Masalan: stol, divan, traktor. Moddiy olamdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zisifat, holatlarga, shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushuncha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, kenglik. Tushunchalar uch turga bo‘linadi; yakka, umumiy, to‘planma tushunchalar. Yakka tushunchala yakka narsa va hodisa haqidagi tushunchalardir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Rahimov, Toshkent kabi tushunchalarni misol qilsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jihsda ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: yulduz, talaba, o‘spirin. To‘planma tushunchalar bir jinsdagi narsa va hodisalar
toplami haqida yaxlit fikr yuritishdir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig‘ilish. Demak, tushunchalarning mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi, yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar tushunchalarni yanada boyitadi, yangi tushunchalar, atamalar ijod qilinaveradi.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish