44-mavzu: Bolalar temperamenti
Reja
1, Temperament va tarbiya
2.Bola temperamentga tavsifnoma
Tayanch tushunchalar: Temperament va tarbiya. Ta`lim-tarbiya jarayonida bolalar temperamenti xususiyatlarini hisobga olish va yondoshish. Bolalar temperamentiga tavsifnoma. Berilgan tavsifnoma orqali bolalar temperamenti tipini aniqlash.
Bolalar temperamentiga tavsifnoma Flegmatik mijozli bolalarHarakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib,uzoq vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib,tevarak-atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoliyatidaqandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin. O‘ziga berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi. Bunday bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. U biror vazifani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi mumkin. Lekin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nisbatan puxtaroq va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga ko‘proq e’tibor bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-turib javob berishi, hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola o‘ylab ish ko‘radi, o‘z faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya va kashfiyotlardan yiroqdir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning tartibga, doimiy bir tizimga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini taxlab, belgilangan joyga qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham hech kim tegmasligini, ular saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini xohlaydi. Choy ichganda o‘z piyolasini talab qilib, janjallashishi mumkin. Yangi joy, sharoitlarga ko‘nikib ketishi qiyinroq bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga solib, qiynab qo‘yishi kuzatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib keta olmaydi. Hamma uni zerikarli bola deb biladi, chunki u chopmaydi, to‘polon qilmaydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» degan so‘zlar uning uchun katta mohiyatga ega. Bu uning turmush tarzi, burch va javobgarlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kelgusida bunday bolalar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib qoladilar. Bunday bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari ko‘p bo‘ladi.
Xolerik mijozli bolalarBunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchunhech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi,; qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsauning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. Ugoho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz,beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyukxayolparast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmaysan’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mijozli bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasmsolganda qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea hodisalarniifodali qilib aks ettiradi.O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ulargaqo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni birozqiynasaham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini ayamaydi. U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi. Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga soladi, bu tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va sharhlash qiyin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini, kechinmalarini va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin birozvaqt o‘tgach so‘ngan vulqondek osoyishta bo‘lib qoladi. Uni to‘g‘ri tushunish va sabr-toqatli bo‘lish kerak. kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoniyat yaratish va ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Arzimagan narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi. Sangvinik mijozli bolalar Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir narsaga bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni kichkina chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyga bo‘lishga ulguradi, hamma narsani bilishga intiladi. Kattalarga uning xatti-harakati yoqavermaydi. Barcha uni birdek jiddiy emas, e’tiborsiz, o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilaru, baribir yaxshi ko‘radilar, ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chuchuktomoq, tez-tez va oz-ozdan tamaddi qiladi. Mevalarga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi. Tez uxlab, erta uyg‘onadi. Uningichki dunyosi tuyg‘ularga boy, ammo bumunosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday bolaga ta’sir ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosabatini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini hisobga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish kerak. Bunday bola yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ishdan tez sovushi mumkin. Darsda parishonxotirligi bilan ajralib turadi. Tevarak-atrofda ro‘y berayotgan hamma narsa uning diqqatini o‘ziga tortadi. U qobiliyatli, kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma narsaga qiziqadigan bola bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q. Shoshqaloqligidan yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho olgandan keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar hech narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini tez unutib qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyodagi hamma narsani unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter kasb etadi. Bunday bola o‘zining harakatchanligi, quvnoqligi, gapga kirishi, yuz ifodasining jonliligi bilan yoqimlidir. Lekin unga ko‘proq tanbeh berishga to‘g‘ri keladi.
Melanxolik mijozli bolalar Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyishmumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi,tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qiyin.Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldirish amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Lekin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-erkin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin, u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani, uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. UyqusidaBezovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi, qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odamovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasalmand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlariga doimo yordamga tayyor.Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyatlarini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |