Tilning asosiy funksiyalari:
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, bеrish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga kеladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;
3) til intеllеktual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yеchishni rеjalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’I nazar uni rеjalashtirib, buning yеchimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli til hisoblanadi. Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rеjalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Bola bog‘cha yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata boshlaydi, so‘z zaxirasi juda tez ortadi. Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatidangina ortib bormay balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan:
ilk yoshdagi bolalar ancha so‘z boyligiga ega bo‘lishlariga qaramay ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar va shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar.Bundan tashqari, bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar. So‘z boyliklari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarso‘z zaxirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oilaning madaniyatiga, ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi.
Bola yoshi 1 yosh 2 yosh 3 yosh 4–5 yosh 6–7 yosh
So‘z boyligi 8– 12 25– 400 1200–1300 2500–3000 4000–5000
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari.
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emotsional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi fikrlarining haqchanligiga, bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinibturadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ravishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarakterga ega bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi. Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jarayonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon etiladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi. Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochishkerak. Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yoqimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiyachiningovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiyachi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar
Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:
1. Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli bevosita voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi lozim. Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituvchilar oldidagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga juda xalal beradi, nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan hayajonlanmaslik uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing kerak, bu esa mashg‘ulotga puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbiyachi mashg‘ulotga qanchalik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda shunchalik kam hayajonlanadi. Hech kimga oldindan ma’lum bo‘lmagan mehnat notiq ishonchining garovidir. Bu ishonch o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq nima bo‘lishini va yana nima aytishini o‘zi his qilgandagina paydo bo‘ladi.
2. Ovozni o‘zgartirish – fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va pasaytirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash ohanglaridan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi diqqatni o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, pauza qilib baland ovozdan past ovozga o‘tiladi.
3. Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yuraverish ham diqqatni chalg‘itadi. Eshituvchilarning ayrim guruhiga tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortiladi va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi, tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.
4. Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taqqoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.
5. Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni oshirish ham zarur.
6. Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana», «anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa gapirish karak.
7. Nutqni uzmay gapirish bu – notiqning keraksiz, ortiqchagaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.
8. Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday chekinishlar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda nutqning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi lozim.
9. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilanbog‘lash lozim. Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan munosabatga
kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiyachining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tushunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |