Namangan pedagogika kolleji


-mavzu: Iroda. Maktabgacha yoshda hissiy-irodaviy holatlar



Download 4,12 Mb.
bet114/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

42-mavzu: Iroda. Maktabgacha yoshda hissiy-irodaviy holatlar
Reja:
1.Iroda to’g’risida tushuncha
2.Irodaviy sifatlar tuzilishi
3.Irodani tarbiyalashda mashq va treninglar

Tayanch tushunchalar: Bolalarda namoyon bo’ladigan agressivlik holatlarining kelib chiqish sabablari . Bolalar agressiyasi. Agressiv bolalarning xususiyatlari. Agressiv bolalar bilan ishlash. Agressiyani bartaraf etishda o’yinlardan foydalanish.




Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtkisi ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses – ixtiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, rejalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexosdan bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqorida tasvirlangan harakatlarlar ongningnazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshirilgan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qilinmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning ishtirok etishini ko‘rsatadi. Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsadga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishining qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakatlarniamalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ataladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘zigaxos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilikko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajarilishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bilan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayllardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kiradi. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yengib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi. Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir. Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iroda oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yengishga to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluvchimaqsadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi,yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiyva ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:1) yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubiyat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «tavakkalchining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin. Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. Abuliya– qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya– (yunon. apraxiya – harakatsizlik) miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyinchalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzdaamalga oshiriladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqulay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi. Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avvalgi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga
kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur qiladi. Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish kiritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda muskullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana signallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, harakatlar izchilligi va hokazolarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘I osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) manbai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalgaoshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan vahayotihamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifatlarnihosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlariningustunlikqilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularnito‘xtatib qolishda,yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, sabot-matonat, mustaqillikkiradi:

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish