Namangan pedagogika kolleji



Download 4,12 Mb.
bet111/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz reflekslar,miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Lekinmiya po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlaripo‘stlog‘ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlovningso‘zlari bilan aytganda, «...badanda ro‘y beradigan hammahodisalarni o‘z ixtiyoridaushlab turadi». Bunda II signallarsistemasi katta o‘rin egallaydi. Aynan so‘z, fikr, noma’qulhislarni vujudga keltiruvchi biror hodisagaongli munosabatdabo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun, umuman his-tuyg‘ularni boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi.Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarningmuvaqqat aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularningfiziologik asosidir.His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplarkatta ahamiyatga ega. «Menimcha, odatdagi yashash sharoitio‘zgarganga, odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda,yaqin kishilardan judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘irhis-tuyg‘ular, aynan eski dinamik stereotipning o‘zgarishida,buzilishida va yangi stereotipni vujudga keltirishning qiyinligidama’lum darajada o‘zining fiziologik asosiga ega bo‘ladi». I.P. Pavlov:«To‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining«turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning sababchisi bo‘ladi. Agarmen biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, meni muayyanqo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana shu vaqtdamenga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay sezaman.Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayonnito‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir.Injiq bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘laoladi. Siz ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladanbir qo‘zg‘atuvchi jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talabqilasiz. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib,oyoqlari bilan uni tepa boshlaydi va h.k.».Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan nazorat qilinadiganqo‘zg‘alishlar po‘stloq ostining, xususan ko‘rishbo‘rtmasi deb ataluvchi joyidan boshlanadi. Agar miyapo‘stlog‘i tomonidan qilinadiganana shu nazorat va tormozlanishzaiflashib qolsa, (kasallanish yoki boshqa sabablargako‘ra) kishi har qanday sabablargako‘ra affekt holatigakeladi va o‘zini to‘xtatib qololmaydi. Sinpatik nervsistemasi (ichki sekretsiya ishlarini boshqaradi) ham emotsiyalaruchun muhim ahamiyatga ega. Kuchli ta’sirlangan(qo‘rqqan, kuchli to‘lqinlangan, g‘azablangan) kishida buyrakusti bezlaridan alohida bir modda – adrenalin ajralib chiqadi.Uning ta’sirida qonga ko‘proq qand moddasi kela boshlaydi.Bularning hammasi qo‘zg‘alish vaqtida faol harakat qilishuchun zarur muskullar ishini kuchaytiradi.Hal etilmagan hissiy raqobatlar tomirlarning qisqarishiga va tana haroratining pasayishiga olib kеladi, hissiyotlarning erkin namoyon bo‘lishi, ya’ni ijobiy his-tuyg‘ular, tomirlarningkеngayishi bilan tavsiflanadi. Og‘riq turganda va qo‘rquvda ko‘z qorachig‘ining kеngayishi simpatik asab sistеmasining qo‘zg‘alishiga bog‘liqdir. «Tovuq tеrisi»ning paydo bo‘lishi,kutish, qo‘rquv, g‘azab paytida og‘iz qurishi ham shular jumlasidandir.
Hissiyot shakllari
His-tuyg‘ular ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan, ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib, shiddatli va nisbatan tez o‘tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qizqa muddatli kechinmalar hissiy holatlar deb ataladi Asosiy hissiy holatlar va ularning tashqi ifodasi. Histuyg‘ ularning hissiyot (emotsiyalar), kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kеchirilishi chog‘ida ma’lum darajada sеziladigan tashqi bеlgilariga ham ega bo‘ladi. Yuzning ifodali harakatlari (mimika), qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, turqu tarovat, ohang, ko‘z qorachig‘ining kеngayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi. Kishi o‘zining qahr-g‘azabini tеvarak-atrofdagilarga qo‘llarini musht qilish, ko‘zlarini chimirib qarash, do‘q-po‘pisali ohang bilan namoyish qiladi. Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K. Izard klassifikatsiyasibo‘yicha): Qiziqish – malaka va ko‘nikmalar rivojiga, bilim egallashiga moyillik tug‘diradigan ijobiy hissiy holat.

Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish