Nutq tembri so'zlarning tovlanishi, emotsional holatni (qayg'uli, xafaqon, quvnoq va hokazolar) anglatadi Ma'nodorlikning ushbu vositalari yordamida fikrlar tugallanishi, aytilgan fikrning asosiy mazmuni o'zgarishi, u qo'shimcha ahamiyat kasb etishi mumkin. Nutqda intonatsion ma'nodorlik bo'lmasligining sababi eshitish a'zolarining rivojlanmaganligi, noto'g'ri nutqiy tarbiya berish, nutqning har xil nuqsonlari (masalan, dizartriya, rinolaliya va hokazolar) va boshqalarga bog'liqdir. Bola o'z nutqida turli xildagi his-tuyg'ularni boshqalarga bildirishda ma'nodorlikning intonatsion vositalaridan to'g'ri foydalanishi kerak. Tarbiyachining nutqi bolalarda intonatsion ma'nodorlikni (ifodalilikni) tarbiyalashda namuna bo'lishi kerak. Nutqning intonatsion ma'nodorligini tarbiyalash ustida ish lash taqlid qilish asosida olib boriladi. Tarbiyachi bolalarga she'rni yod oldirishda, qayta hikoya qilishda o'zi nutqning intonatsion vositalaridan keng foydalanadi va bolalar diqqatini nutqning ma'nodorligiga yo'naltiradi. Bolalar tarbiyachining to'g'ri, intonatsion, ma'nodor (ifodali) nutqini eshitib, o'zlari ham nutqlarida mustaqil ravishda kcrakli intonatsiyalardan foydalana boshlaydilar. Nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarning hamma bo'limlari (vazifalari) bir- biri bilan bog'liqdir.Turli ish shakllariga tovushga taqlid qilishni kiritish tovushlarni turli birikmalarda to'g'ri talaffuz ctilishini aniqlash va mustahkamlashga yordam beribgina qolmay, balki ravshan gapirishga (yaxshi diksiya), ya'ni tovush va so'zlarni aniq, to'g'ri talaffuz etishga ham ta'sir etadi. Bir xildagi tovushga taqlid qilish bir necha marta talaffuz etish, nutqda nafas olish va chiqarish, tovushlarni va tovush birikmalarini har xil balandlikda talaffuz etish, ovoz apparatining rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi Nafas olish va chiqarishni rivojlantirish ustida ishlashNutq tovushlari hosil qilishning manbayi — bu o'pkadan chiqayotgan uzun havo oqimining kekirdak, hiqildoq, og'iz bo'shlig'i yoki burun bo'shlig'i orqali o'tishi hisoblanadi. Nafas nutq texnikasining muhim qismidir.Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Bolaning nafas olishi qancha yaxshi bo'Isa, ovozi ham, nutqi ham shu qadar jarangdor va kuchli bo'ladi. Chiniqqan va mashq qilingan nafas jumlalarni mantiqan yaxlit, o'zaro uzviy bog'liq holda talaffuz etishda muhim rol o'ynaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarish nutqsiz nafas olishdan farq qiladi. Nutqsiz nafas olishda havo oqimi burun orqali olinadi va chiqariladi. Nutqsiz nafas olishda burun orqali olinadigan va chiqariladigan havo oqimining davomiyligi bir xilda, ya'ni teng bo'ladi.Nutq jarayonida nafas og'iz orqali olinib, nafas olish tez bo'ladi, nafas chiqarish esa sekinlashadi. Nutqsiz nafasda nafas olishdan so'ng tez nafas chiqarilib, so'ng pauza qilinadi. Nutqiy nafasda esa nafas olishdan so'ng pauza qilinib, keyin bir tekisda nafas chiqariladi. Nutqda to'g'ri nafas olish va chiqarish to'g'ri tovush talaffuzini ta'minlaydi, kerakli bo'lgan nutq balandligini tutib turish uchun sharoit yaratadi, aniq pauzaga rioya qilishni, nutqning bir tekisda bo'lishini va uning intonasion ifodaliligini ta'minlaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarishning buzi- lishi sabablari bu organizmning umumiy kuchsizlanishidan (darmonsizlanishi), yurak-tomir kasalliklari va hokazolardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |