II. Ishni bajarish tartibi Talab etilayotgan hisoblash ishlari hisoblash mashinalarida (IBM) Beysik programmalash tilida bajariladi. Programma (dastur) ikki qismdan iborat. Dasturning birinchi qismida boshlang‘ich ma’lumotlar kiritilgandan keyin biz akslangan (qaytgan) zaryadlarni olamiz. Кeyinchalik sharlar orasidagi masofa 10 ta teng intervallarga bo‘linadi va bu bo‘linish nuqtalaridagi elektr maydon kuchlanganligi E ni topamiz. Yuqorida keltirilgan (2) ifoda orqali kuchlanganlikni bilgan holda zarbaviy ionlashish koeffitsiyentining effektiv qiymati ni aniqlaymiz. Dasturning ikkinchi qismida integral (3) hisoblanadi. Hisoblash ishlarini chegaralash maqsadida U1 va U2 kuchlanishlarning chegaraviy qiymatlari dasturga kiritilishi kerak. Integralning qiymati har bir kV kuchlanish uchun beriladi. Кuchlanishning qiymati razryadlanish kuchlanishi U0 ga etganda dastur integralning oxirgi qiymatini beradi.
Dastur bo‘yicha hisoblash ishlari quyidagi tartibda bajariladi.
1. O‘qituvchi tomonidan berilgan kuchlanish (U), shar radiusi R va havoning nisbiy zichligi uchun maydon kuchlanganliklarini hisoblang. Olingan natijalar bo‘yicha va birinchi tajriba ishida olingan tajriba natijalari bo‘yicha E =f(S) funksiyaning grafigi qurilsin.
2. Dastur yordamida zarbaviy ionlashish koeffitsiyentining effektiv qiymatining markaziy kuch chiziqlari bo‘ylab o‘zgarishi hisoblanib, uning =f(S) va = f(E) grafiklari qurilsin.
3. Sharlar orasidagi har xil masofalar uchun va birinchi tajriba ishidan olingan nisbiy zichlikning () qiymati uchun razryadlanish kuchlanishining qiymatlari hisoblansin va aniqlansin. Кuchlanish boshlang‘ich qiymatining sharlar orasidagi masofaga bog‘liqlik U0 = f(S) grafigi qurilsin va shu grafik ustiga birinchi tajriba ishidan olingan xuddi shu bog‘lanish keltirilsin.
4. Havoning nisbiy zichligi uchun tuzatish koeffitsiyenti hisoblansin va birinchi tajriba ishidagi bilan solishtirilsin.
Sinov savollari 1. Nima uchun sharli oraliqning razryadlanish kuchlanishini aniqlash keng tarqalgan usullardan hisoblanadi?
2. Qanday elektr maydonlari analitik tekshirish va hisoblashga qulayroq hisoblanadi?
3. Qanday fizikaviy tasavvur «Oynadan akslanish» usulining asosi qilib olingan?
4. Ishni bajarish tartibini tushuntiring.
5. Bajarilgan ishni analitik usul deb bo‘ladimi?
6. Sharlar emas tekislik–tekislik ko‘rinishdagi elektrodlarni ham qo‘llab bo‘ladimi?