Namangan muxandislik texnologiya instituti


Moliyaviy qo’yilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari



Download 1,17 Mb.
bet140/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

4.Moliyaviy qo’yilmalar tavsifi, auditining xususiyati, maqsadi va vazifalari
Korxonaning vaqtincha bo’sh to’rgan ‘ul mablag’laridan samarali foydalanish usullaridan biri – bu ularni qimmatli qog’ozlar sotib olishga yo’naltirishdir.
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish o’z tavsifiga ko’ra yuqori tavakkalchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tavakkalchilik darajasini imkoni boricha ‘asaytirish maqsadida emitentning moliyaviy holatini va bozor kon’yunkturasini bilish fond birjasi ma’lumotlarini muntazam ravishda monitoring qilib turishni taqazo etadi.
Moliyaviy qo’yilmalar inflyatsiya sharoitida ‘ul mablag’lari qadrsizlanishining oldini olish, qo’shimcha daromad olish va boshqa korxona faoliyati ustidan nazorat o’rnatish maqsadida amalga oshiriladi.
Moliyaviy qo’yilmalar buxgalteriya hisobotidagi «Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar» va «Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar» moddalari ko’rsatkichlarining ishonchliligi va moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish bo’yicha qo’llanilayotgan uslubiyotning O’zbekiston Res’ublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirish maqsadida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.
Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi boshqa aktivlar tekshiruvidagi kabi quyidagilarni ta’minlashdan iborat:

  1. to’liqli - barcha moliyaviy qo’yilmalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida to’liq aks ettirilishi, hisobga olinmay qolgan moliyaviy qo’yilmalar yo’qligi;

  2. korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar va berilgan qarzlarning barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida to’liq aks ettirilishi;

  3. moliyaviy qo’yilmalar hisobga olinadigan sintetik schyotlar qoldig’i va oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi;

  4. schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarning buxgalteriya hisobi registrlaridan Bosh daftarga va buxgalteriya hisobotlariga to’liq hajmda o’tkazilishi;

  5. moliyaviy qo’yilmalar kirimi va hisobdan o’chirilish faktlarining barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi;

  6. moliyaviy qo’yilmalar harakatiga doir barcha muomalalarning buxgalteriya hisobida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tkazilishi;

  7. mavjudligi - barcha moliyaviy qo’yilmalar karxona uchun ahamiyatli bo’lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kelajakda daromad keltiradi;

  8. moliyaviy qo’yilmalar mavjudligi belgilangan tartibda o’tkazilgan inventarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan;

  9. huquqvamajburiyatlar - korxona moliyaviy qo’yilmalar uchun tegishli huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog’liq xavf-xatar uchun mas’uldir:

  10. buxgalteriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar va berilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tegishlidir;

  11. buxgalteriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog’ozlar korxonaga mulkiy huquq asosida tegishli bo’lib, tegishli huquq talablariga mos shartnomani amalga oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog’ozlar olinganligini tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega;

  12. buxgalteriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan. Isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan;

  13. moliyaviy qo’yilmalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan munosabatlar sharoitidan kelib chiqadi;

  14. moliyaviy qo’yilmalar bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish belgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi;

  15. baholashlar - moliviy qo’yilmalar (qimmatli qog’ozlar) buxgalteriya hisobi va hisobotida me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan:

  16. chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni so’mda baholash amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq o’tkazilgan;

  17. qimmatli qog’ozlarni sotib olish usuliga ko’ra ularning haqiqiy qiymati me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan;

  18. qimmatli qog’ozlar qiymati buxgalteriya hisobotiga kiritish uchun me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq va to’g’ri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi ‘asayishini hisobga olgan holda);

  19. qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushum buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan;

  20. aniqligi - moliyaviy qo’yilmalarga doir xarajatlar buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari sintetik hisob registrlaridagi yozuvlarga mos keladi:

  21. dastlabki hujjatlarda, buxgalteriya hisobi registrlarida, ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlariga o’tkazishda ko’rsatkichlarning arifmetik aniqligiga rioya qilingan;

  22. chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlarning so’mdagi qiymatini aniqlashda O’zbekiston Res’ublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan va muomala sodir bo’lgan kunda amalda bo’lgan chet el valyutasi kursidan foydalanilgan; buxgalteriya hisobotida haqiqiy ma’lumotlar asosida aniqlangan moliyaviy natijalar aks ettirilganligi;

  23. hisob davrining cheklanganligi -moliyaviy qo’yilmalarni hisobga qabul qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tegishli hisob davrida hisobga olingan;

  24. taqdim qilish va bayon qilish - barcha moliyaviy qo’yilmalar to’g’ri turkumlangan va buxgalteriya hisobotida mohiyati ochib berilgan:

  25. moliyaviy qo’yilmalar turlari va qaytarish muddatlariga ko’ra turkumlangan;

  26. moliyaviy qo’yilmalarni sotish va qaytarish bilan bog’liq daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda to’g’ri turkumlangan;

  27. moliyaviy qo’yilmalar to’g’risidagi axborotlar buxgalteriya hisobotlariga beriladigan tushuntirishlarda ochib berilgan;

Tekshiriladigan masalalar bo’yicha etarli dalillarga ega bo’lish ko’rsatilgan faktlarni mustaqil baholash, yo’l qo’yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar va buxgalteriya hisobi qoidalaridan chetga chiqishlarni aniqlashga imkon beradi.

Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida hal etiladigan vazifalar.



Auditorning vazifalari

Tekshiriladigan masalalar

1. Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish.

Korxona aktivlarini moliyaviy qo’yilmalar qatoriga olib borishning to’g’riligi.
Muomalalarni hujjatlashtirishni tekshirish.
Moliyaviy qo’yilmalarni baholashning to’g’riligi.
Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiya qilish.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi.

2. Moliyaviy qo’yilmalar harakatini buxgalteriya hi-sobida aks ettirishga doir muomalalar sintetik hisobining to’liqligi va to’g’-riligi hamda soliq qonun-chiligiga rioya qilinishini tekshirish

Moliyaviy qo’yilmalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sintetik hisob registrlarida aks ettirish.
Qimmatli qog’ozlar analitik hisobini tashkil etish.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishi.
Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni aks ettirish.
Qarz shartnomasi bo’yicha berilgan mablag’lar hisobi.

3. Moliyaviy qo’yilmalarga doir daromadlarning to’liq aks ettirilishi va ularning soliqqa tortilishini tekshirish

Hisoblangan daromadlarni aks ettirish.
Ushbu muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.

12.9. Moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda qo’llaniladigan ma’lumot manbalari.


Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvda foydalaniladigan axborot manbalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  1. moliyaviy qo’yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;

  2. buxgalteriya hisobotlari;

  3. korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i;

  4. moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob registrlari;

  5. moliyaviy qo’yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar.

Moliyaviy qo’yilmalar auditining ketma ketligi:
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli.

  1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT);

  2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT);

  3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;

  5. Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish;

  6. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish;

  7. Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash.

B. Mohiyati bo’yicha muolajalar.

  1. Mavjudligi, huquqlari, to’laligini tekshirish;

  2. Moliyaviy qo’yilmalarni haqiqatda mavjudligini tekshirish;

  3. Moliyaviy qo’yilmalarga huquqiy tegishli ekanligini to’g’ri hujjatlashtirilganligini tekshirish;

  4. Moliyaviy qo’yilmalarni aktivlarga kiritilish mezonlariga mosligini tekshirish;

  5. Moliyaviy qo’yilmalardan olingan daromadlar va uning hisobini to’g’riligini tekshirish;

  6. Moliyaviy qo’yilmalar bo’yicha muomilalarni to’laligicha hisobda aks ettirilishini tekshirish;

  7. Moliyaviy qo’yilmalarni hisobotda baholanishini hisob siyosatiga mosligini tekshirish;

  8. Moliyaviy qo’yilmalarni uzoq muddatli va qisqa muddatli ekanligini tasnifini to’g’riligini tekshirish;

  9. Hisobotlardagi mavjud axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish;

  10. Xato va kamchiliklarni taxminiy ro’yxati;

  11. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot;

  12. Tanlab tekshirish natijalarini tahlili;

  13. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati;

  14. Moliyaviy qo’yilmalar auditi bo’yicha xulosa.

Korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i bo’yicha auditor quyidagilar bilan tanishishi mumkin:



  1. boshqa korxonalarning ustav ka’italida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki o’eratsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan olish;

  2. moliyaviy qo’yilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi;

  3. qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriyasida tuziladigan hisob registrlari ro’yxati;

  4. moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish bilan bog’liq dastlabki hujjatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan;

  5. korxonaning moliyaviy qo’yilmalari, qarz shartnomalarini rasmiylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati; moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;

Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo’llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to’’lanadi va muomalalar aks ettiriladi.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olishda kom’yuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlarining bosmadan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi.
Moliyaviy qo’yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog’ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav ka’italiga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog’ozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz shartnomasi, de’ozit jamg’arma uchun shartnoma, qimmatli qog’ozlarni garovga qo’yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko’rsatilgan shartnomalar qoidalarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tekshirishi lozim.
Moliyaviy qo’yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydalaniladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog’ozlarni qabul qilish-to’shirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo’shiladigan ulushni qabul qilish-to’shirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to’g’risidagi avizo, ‘ul shaklidagi ulushlarni o’tkazish to’g’risidagi to’lov-to’shiriqnomasi va bank ko’chirmasi (naqd ‘ulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd ‘ullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog’ozlar qiymatini to’lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiylashtirish schet-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog’ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro’yxati va boshqa hujjatlar.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish