Namangan muxandislik texnologiya instituti


-Mavzu. Eks’ert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish



Download 1,17 Mb.
bet124/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

16-Mavzu. Eks’ert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish
REJA:


1. Eks’ert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish
2.Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish
3.Auditorlik tekshiruvida eks’ert ishidan foydalanishning xorij tajribasi
1. Eks’ert ishidan auditorlik dalili sifatida foydalanish
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorga ko’’incha nafaqat kom’yuter texnologiyasi sohasidagi, balki mijozning biznesiga bevosita aloqador bo’lgan, buxgalteriyaga taalluqli bo’lmagan maxsus bilimlar ham zarur bo’ladi. Bunday hollarda auditorlik tekshiruvi o’tkazishda faqat auditorlik firmasining xodimlari emas, balki ‘udrat shartnomasi asosida chetdan maxsus eks’ert mutaxassislar ham jalb qilinadi. Masalan, quruvchi tashkilotlar kabi, neftni qayta ishlash kom’aniyalari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi va tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarni ham tekshirish zaruriyati ‘aydo bo’lishi mumkin. Bunda mazkur muayyan soha eks’ertlari yordamiga murojaat qilish zarur.
Auditorlik tashkiloti qanday hollarda va qay tarzda eks’ert tayinlashi, eks’ert ishlarining natijalarini rasmiylashtirishga oid qanday talablar mavjudligi va ulardan foydalanish tartiblari №16 «Eks’ert ishlaridan foydalanish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartida bayon qilingan. Standartga muvofiq mazkur auditorlik tashkilotining shtatida turmaydigan, buxgalterlik hisobi va auditdan boshqa (tashqari) ma’lum sohalarda (ma’lum masalalar bo’yicha) etarli darajadagi bilim va (yoki) tajribaga ega, ushbu sohaga taalluqli masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan mutaxassis eks’ert deb tan olinadi.
Ushbu standart talablari tekshiruv natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi tayyorlash ko’zda tutilgan barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy, auditorlik xulosasi berish ko’zda tutilmagan tekshiruvlar, hamda ‘rofessional xizmat ko’rsatuvchi auditorlik tashkilotlari uchun esa tavsiya tavsifiga ega hisoblanadi. Auditorlik tashkiloti muayyan to’shiriqni bajarish chog’ida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqish holatlarida ushbu vaziyatni o’zi-ning ishchi hujjatlarida aks ettirishi va mijoz korxona rahbariyatiga taqdim etadigan yozma hisobotida ko’rsatishi shart. Auditorlik tashkilotining o’z yuridik xizmati bo’lmagan yoki masala uning sohasidan tashqariga chiqadigan bo’lsa, u holda auditorlik tashkiloti yuridik shaxs hisoblangan, ixtisoslashtirilgan tashkilot xizmatidan foydalanishi mumkin.
Eks’ert mijoz-korxona shtatida turmasligi munosabati bilan, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish chog’ida uning xizmatidan faqat, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Mijoz-korxona eks’ert xizmatidan foydalanishni rad qilganida auditorlik tashkiloti o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha salbiy auditorlik xulosasi tayyorlash masalasini ko’rib chiqadi. Eks’ert ishlari natijalari to’g’risidagi xulosa mazkur standart talablariga muvofiq tayyorlanishi va rasmiylashtirilishi lozim bo’lib, uning mazmuni va shakli eks’ert xizmati ko’rsatish shartnomasida ko’zda tutilishi lozim. Shuningdek, bu shartnomada eks’ert xizmatlarining maqsadi va hajmi; muayyan masalalar bayoni (tafsiloti); zarur hollarda eks’ert bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasidagi o’zaro munosabatlar; xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi; eks’ert o’z ishida maqsad qilib qo’ygan taxminlar va uslublar hamda ularning auditorlik tashkiloti eks’ert xizmatidan foydalangan oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va uslublarga mos kelishi to’g’risidagi ma’lumotlar ham keltirilishi zarur.
Eks’ertga asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak:

  1. mulklarning ayrim turlarini baholash (er, binolar, mashina va uskunalar, san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.);

  2. mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.);

  3. maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.)

  4. bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish uchun zarur;

  5. ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik baxolash va inter’retatsiyalash (talqin qilish).

Auditorlik tekshiruvi jarayonida eks’ert ishidan foydalanish to’g’risida auditorlik tashkiloti o’rganishi lozim bo’lgan xolatlarning tavsifi va murakkabligi, ularning jiddiyligi, hamda maqsadga muvofiqligi, ushbu holatlarga nisbatan boshqa auditorlik amallarini qo’llash mumkinligi va ishonchliligidan kelib chiqqan holda qaror qabul qiladi.
Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda xizmatidan foydalangan eks’ert tegishli maxsus malakaga ega bo’lib, buni tasdiqlovchi hujjat (malaka attestati, sertifikat, litsenziya, di’lom va sh. o’.) taqdim etishi lozim. Shuningdek, eks’ert auditorlik tashkiloti xulosa olishni mo’ljallagan soxada tegishli tajriba va obro’ga ham ega bo’lishi hamda bu tavsiyalar, muloxozalar, nashr qilingan ishlari, ma’lumotnomalar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishga jalb qilingan eks’ert xolis bo’lishi lozim. Auditorlik tashkiloti qoidaga ko’ra, quyidagi hollarda audit o’tkazish chog’ida eks’ert ishidan foydalanmasligi lozim:
Agar eks’ert – jismoniy shaxs auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan korxonaning rahbari yoki asosiy ta’sischilaridan biri hisoblansa, yoki ko’rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo’lsa (ota-onasi, er-xotin, aka-uka, o’a-singil, o’g’il, qizi shuningdek er-xotinlarining aka-ukalari, o’a-singillari, ota-onalari va bolalari) yoki auditorlik tashkiloti audit o’tkazayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning mansabdor shaxsi yoki shtatdagi xodimi hisoblansa;
-eks’ert-huquqiy shaxs auditorlik tashkiloti tomonidan audit o’tkazilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sischisi, kreditori, sug’urtalovchisi hisoblansa yoki ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ekt eks’ert yuridik shaxsning asosiy ta’sischisi hisoblansa. Agar eks’ert tayinlaganidan so’ng yuqorida ko’rsatilgan holatlar ma’lum bo’lsa yoki vujudga kelsa, auditorlik tashkiloti eks’ert xulosasini tasdiqlaydigan qo’-shimcha ishlarni amalga oshirishi yoki boshqa eks’ert tayinlashi lozim.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning eks’ert ishidan foydalanishni rad qilishi yozma ravishda rasmiylashtirilishi lozim. Bunday rad etish hollarida auditorlik tashkiloti o’tka-zilgan audit natijalari bo’yicha salbiy xulosa tuzishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti audit o’tkazishda eks’ert ishidan tekshirilayotgan mijoz-korxona va eks’ert tashkiloti o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va eks’ert tashkiloti o’rtasida tuzilgan ‘ullik shartnoma asosida foydalanadi.
Eks’ert xizmati shartnomada umumqabul qilingan shartlardan tashqari quyidagilar ko’zda tutilgan bo’lishi lozim:

  • eks’ert ishining maqsadi va hajmi;

  • auditorlik tashkiloti eks’ert xulosasidan kutayotgan muayyan masalalarning bayoni;

  • eks’ert tashkiloti va xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’rtasida o’zaro munosabatlar bayoni, agar bu talab qilinsa;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt axborotlarining maxfiyligi;

  • eks’ert o’z ishida qo’llashni mo’ljallayotgan taxminlar va usullar, ularning olidingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mos kelishi (agar auditorlik tashkiloti oldingi davrlarda eks’ert xizmatlaridan foydalangan bo’lsa) to’g’risida ma’lumotlar.

Eks’ert o’z ishining natijalarini yozma shakldagi (hisobot, hisob-kitob va sh. k) xulosa ko’rinishida taqdim etadi.
Eks’ert xulosasi tajribali auditor va (yoki) boshqa eks’ert tanishib chiqib, eks’ert tomonidan bajarilgan ishlar to’g’risida tasavvurga ega bo’ladigan darajada to’liq va batafsil bo’lishi lozim. Xususan, eks’ert xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishi zarur:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi;

  • ish bajarilgan ob’ekti;

  • bajarilgan ish hajmi va eks’ertning mas’uliyat chegarasi;

  • qo’llanilgan ish usullari, shu jumladan ularning oldingi davrlarda foydalanilgan usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti eks’ert ishidan foydalangan bo’lsa);

  • ishni bajarish chog’ida eks’ert tomonidan qabul qilingan taxminlar, shu jumladan ularni oldingi davrlarda qabul qilingan taxminlarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti eks’ert ishidan frydalangan bo’lsa);

  • bajarilgan ish bilan bog’liq bo’lgan xal etilmay qolgan xar qanday jiddiy shubxalar;

  • bajarilgan ishlarning natijalari.

№16 AFMSda ta’kidlanishicha, eks’ert xulosasi uchta qismdan iborat: kirish, tekshirish va xotima.
Eks’ert xulosasining kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi:

  • eks’ert o’z ishini bajargan xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi;

  • eks’ert tomonidan bajarilgan ishlar nomi va bu ishlarning bayoni

  • eks’ert haqida ma’lumotlar: nasabi, ismi-sharifi; malakasi;

  • materiallarning o’rganish uchun qabul qilingan sanasi;

  • o’rganish uchun qabul qilingan materiallar nomi;

  • audit o’tkazilayotgan vaziyat va xulosa berish uchun axamiyatga ega bo’lgan birlamchi ma’lumotlar, ularning olinish manbalari ko’rsatilgan xolda;

  • eks’ert oldiga qo’yilgan masalalar.

Eks’ert xulosasida keltiriladigan masalalar shakli eks’ert xizmati ko’rsatish to’g’risidagi shartnomada qanday berilgan bo’lsa, shunday bo’lishi lozim. Ularni aniqlashtirish zarur bo’lganida eks’ert masalani bayon qilishi, so’ngra o’zining kom’itentsiyasiga muvofiq vazifani qanday tushunganligini ko’rsatadi. Agar eks’ert ayrim masalalarni, uning maxsus bilim doirasidan chetga chiqishini (to’liq yoki qis-man) aniqlasa, bu holni xulosada ko’rsatadi. Eks’ert masalalarni guruxlash va ularni eng maqsadga muvofiq o’rganish tartibini taminlaydigan ketma-ketlikda bayon qilish huquqiga ega. Agar masala eks’ert tashabbusiga ko’ra o’rtaga qo’yilsa, u ham kirish qismida bayon qilinadi.
Eks’ert xulosasining tekshirish qismida izlanish jarayoni va uning natijalari bayon qilinadi, hamda aniqlangan faktlarga tushuntirish beriladi.
Eks’ert tomonidan hal etilgan har bir masalaga izlanish qismining ma’lum bo’limi mos kelishi lozim. O’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan ikki va undan ortiq masalalarni bir vaqtning o’zida o’rganish zarur bo’lganida, olingan natijalar bitta bo’limda bayon qilinadi. Tekshirish qismida quyidagilar bayon qilinadi:

  • tekshirish usullari maxsus bilimga ega bo’lmagan shaxslar uchun tushunarli bayon etilgan va zarur bo’lganda eks’ert xulosalarining to’g’riligini mazkur izlanishlarni takrorlab tekshirish mumkin bo’lgan darjada batafsil bo’li-shi zarur;

  • taxminlarni o’rganish chog’ida qabul qilingan tushuntirish va asoslashlar;

  • qo’yilgan masalalarni had etishda eks’ert tomonidan qo’llanilagan me’yoriy hujjatlar, ularni nashr qilgan organ va sanasi ko’rsatilgan holda;

  • hal qiluvchi masalaga doir xulosani asoslaydigan, tekshirish natijalarining fikr muloxazalar batafsil bayon qilingan eks’ert bahosi.

Maxsus atamalarga izoh berilishi lozim. Agar qo’yilgan masalalarning ayrimlariga javob berish imkoni bo’lmasa, xulosaning izlanish qismida eks’ert buning sababini ko’rsatadi.
Eks’ert xulosasining xotima qismida kirish qismida keltirilgan masalalarning javobi tarzidagi xulosalar keltiriladi.
Qo’yilgan masalalarning har bittasiga aniq javob berilgan bo’lishi yoki tekshirish jarayonida u yoki bu sabablarga ko’ra uni hal etish imkoni bo’lmaganligi ko’rsatilishi lozim.
Eks’ert oldiga masala qilib qo’yilmagan, ammo tekshirish chog’ida aniqlangan xolatlar to’g’risidagi xulosalar eks’ert xulosasining so’ngida bayon qilinadi.
Agar eks’ert xulosasining xotima qismi uning tekshirish qismida bayon etilgan tadqiqot natijalarining batafsil bayonisiz tuzilishi mumkin bo’lmasa, xulosaning tekshirish qismiga izoh berib o’tish mumkin.
Eks’ert xulosasida keltirilgan ma’lumotlar aniq bayon etilgan bo’lib, ularning shakli va mazmuni yaqqol ko’rinadigan hamda turlicha izohlanmaydigan bo’lishi lozim.
Eks’ert xulosasi qog’ozda yoki auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan, auditorlik tashkilotining arxivida ishchi hujjatlarni saqlash uchun belgilangan vaqt davomida, undagi ma’lumotlarni saqlashni ta’minlaydigan boshqa hujjatda tayyorlanishi mumkin.
Eks’ert xulosasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim:

  • hujjatning nomi;

  • hujjatning sanasi;

  • eks’ertning shaxsiy imzosi va uning rasshifirovka;

  • yuridik shaxs hisoblangan eks’ert xulosasi uning muxri bilan tasdiqlanishi lozim;

Eks’ert o’z xulosasini kamida uch nusxada tuzib, uning bittasini auditorlik tashkiloti tekshiruv o’tkazayotgan xujalik yurituvchi sub’ektga, ikkinchisini esa auditorlik tashkilotiga taqdim qiladi.
Eks’ert ishlarining natijalari auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagi jixatlari bo’yicha ko’rib chiqilishi lozim:

  • eks’ert xulosasi uchun asos bo’lgan ma’lumotlar;

  • xulosa tuzishda eks’ert tomonidan foydalanilgan taxminlar va usullar, shu jumladan ularning oldingi davrlarda qo’llanilgan taxminlar va usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti eks’ert xizmatidan foydalangan bo’lsa);

  • o’tkazilgan auditning umumiy natijalari.

Agar auditorlik tashkiloti tomonidan eks’ert ishlarining natijalarini ko’rib chiqish chog’ida eks’ert xulosasi va xo’jalik yurituvchi sub’ekt ma’lumotlari o’rtasida jiddiy nomuvofiqliklar aniqlansa yoki auditorlik tashkiloti eks’ert ishlarining natijalarini asossiz deb to’sa, auditorlik tashkiloti eks’ert xulosasining asosliligini ta’minlovchi qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishi yoki boshqa eks’ert tayinlashi lozim.
Eks’ert xulosasi auditorlik tashkilotining ishchi hujjatlari qatoriga qo’shiladi. Agar istisno holatlarda eks’ert og’zaki tushuntirishlar bersa, ular ham auditorlik tashkiloti tomonidan ishchi hujjatlarda aks ettirilishi lozim.
Qandaydir o’rganilgan xolatlarni baxolashda eks’ertning jiddiy ishonchsizliligidan, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt va eks’ert o’rtasida yoki auditorlik tashkiloti va eks’ert o’rtasidagi echimi to’ilmagan kelishmovchiliklar natijasida eks’ert xulosasi olish imkoni bo’lmasa, auditorlik tashkiloti salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bildirishi mumkin.
Audit o’tkazish chog’ida eks’ert xizmatidan foydalanish, jumladan auditorlik xulosasida bu to’g’rida ko’rsatib o’tilishi, auditorlik xulosasi uchun auditorlik tashkiloti zimmasidan mas’uliyatni soqit qilmaydi.



Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish