Xo’jalik yurituvchi sub`ektlarda moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: - O’zbekiston Res’ublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan, to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlar.
- Chet el valyutasi bilan muomalalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
- Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, sho’`ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar. - O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar.
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.
Moliyaviyfaoliyatdan olingannatijakorxonafaoliyatnatijaviyliginingalohidahisobqatorisifatidatarkiblanadivatahliletiladi. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar korxonaning fond bozori, moliya bozoridagi faoliyatidan keladigan natijalarni o’z ichiga oladi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar qatori «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq tarkiblanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning korxonalarning jami hisob foydasi tarkibidagi salmog’i so’nggi yillarda bir qadar o’sib bormoqda. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. Masalan, boshqa korxonalar foaoliyatida hissali qatnashishdan olingan daromadlar, valyuta mablag’larining kurs o’zgarishidan olingan daromadlar, boshqa korxonalarga, sho’`ba va uyushma korxonalarga berilgan qarzlar bo’yicha olingan daromadalar, foizlar bo’yicha olingan va to’langan daromadlar, aktsiyalar bo’yicha olingan dividendlar summasi va h.k.
Tahlilda ularning rejaga va o’tgan yillarga nisbatan o’zgarishlariga mutloq va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi hamda uning o’zgarishiga ta`sir etuvchi omillar o’rganiladi.
Ta`sir etuvchi omillar har bir tarkib qator bo’yicha alohida va umumiy asosda o’rganiladi.
Tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi moliyaviy hisobotdan va uning qatorlari bo’yicha berilgan izohlardan olinadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalarini iqtisodiy tahlil qilishdan maqsad, ularni buxgalteriya hisobotida yuritilish metodikasi va ulardan olingan daromadlar buyicha soliqqa tortilish tartiblari Res’ublikamizda tekshirilayotgan davrda, harakatdagi me`yoriy hujjatlarga mos kelishi, shu bilan birga moliyaviy hisobot ma`lumotlarining ishonchliligi to’g’risida tulaqonli fikr shakllanishi bo’lib hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun tahlilchi xo’jalik yurituvchi sub`ektning ma`lum bir davrga tuzilgan moliyaviy hisobotini o’rganib, undagi amalga oshirilgan moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalariga tegishli ko’rsatkichlarning to’g’riligi, ishonchliligi va to’liqliligi to’g’risida xulosa berishi uchun quyidagi masalalarni yechishga to’g’ri keladi:
- Moliyaviy qo’yilmalarni korxona aktivlari hisobiga to’g’ri olib borilganini baholash;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalarini turlicha turkumlanishi nuqtai nazaridan ularni buxgalteriya hisobida to’g’’i turkumlanishini baholash;
- Buxgalteriya hisobiga kirim kilish davrida ularning qiymatini to’g’ri shakllanganligini aniqlash;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha amalga oshirilgan xo’jalik muomalalarining qonuniyligi va korxona uchun samaradorligiga baho berish;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalarining sintetik va analitik hisobi holatini baholash;
- xo’jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda to’liq va to’g’’i aks ettirilishini baholash;
- Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiyasi va uning natijalarini hisobda aks ettirilishining to’g’’iligini tekshirish;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalaridan olingan daromadva xarajatlarni hisobda to’liq va o’z vaqtida aks ettirilishini tekshirish;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalarining qayta baholanishini to’g’’i va asosligini o’rganish;
- Moliyaviy faoliyat bo’yicha xo’jalik muomalalari bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya etilishini baholash.