Namangan muxandislik texnologiya instituti


Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari



Download 1,17 Mb.
bet65/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

2.Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni asosiy ko’rsatkichlari, ular bilan shug’ullanuvchilarning iqtisodiy manfaatlari
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Res’ublikasida hisobning o’ziga xos xususiyatlarini qo’llashdan iboratdir. Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMS, “Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot” nomli 3-son BHMS, “Tovar-moddiy zahiralar” nomli 4-son BHMS, “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli 19-son BHMS, “Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo’llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko’’roq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o’rni, shakli bo’yicha o’zgarishlariga ahamiyat beriladi. Ya`ni, ularning analitik qatoriga ko’’roq ahamiyat beriladi.
Tashqi tahlil sub`ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aktsionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin soxibkorlar kirishi mumkin.
Ularni ko’’roq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo’yicha o’zgarishlari qiziqtiradi. Agar aktsiya egasi bo’ladigan bo’lsa, sof foyda va dividend to’loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini soliq to’loviga qadar bo’lgan foyda va unga qayta qo’shiladigan xarajat moddalari, qarshi tomon, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo’yicha iqtisodiy foydasi va h.k.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:

  • firma, kom’aniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbai;

  • kreditga layoqatligini ifodalovchi ko’rsatkich ;

  • mulk egasining asosiy maqsadi;

  • raqobatga bardoshlikning mezoni;

  • ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbai;

Moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar)ga oid ma`lumotlar 2-sonli shakl “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” da aks etgan.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi umumlashgan ma`lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tamonidan tuziladi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va uni to’ldirish tartibi O’zbekiston Res’ublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli Yo’riqnomasi asosida belgilanadi.
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot shaklining asosiy ko’rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yal’i (sof) tushum.

    1. Mahsulot sotishdan yal’i foyda

    2. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)

    3. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar)

    4. Umumxujalik faoliyatidan foyda (zarar)

    5. Favqulodda foyda (zarar)

    6. Soliq to’loviga qadar foyda (zarar)

    7. Sof foyda (zarar)

Ushbu ko’rsatkichlarni hisob kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1.Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2.Davr xarajatlar.
3.Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4.Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarni bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi;

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish,

  • Moliyaviy boshqaruv yuzasidan o’eratsion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash

  • Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo’yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).

Moliyaviy natijalar to’g’risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo’yicha to’liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo’lganda edi, moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo’lar edi. Negaki, moliyaviy hisobotdagi ma`lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo’lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O’zbekiston Res’ublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi» Qonunining 6-moddasida ham berib o’tiladi. Ya`ni moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi betaraflik qoidasi.
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar to’lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish