23-Mavzu.Korxona xususiy ka’itali auditi
REJA
1. Ustav ka’italini tekshirishning maqsad va vazifalari
2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
Tayanch so’zlar: Xususiy ka’ital, uning tarkibi, ustav ka’itali, aksiyadorlar, aksiyadorlar reystri, qo‘shilgan ka’ital, zaxira ka’itali, emission daromad, mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar, tekinga olingan mulk, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari rezervi, taqsimlanmagan foyda.
1.Ustav ka’italini tekshirishning maqsad va vazifalari
Korxona ustav ka’itali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq qoidaga ko’ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga bar’o etiladi. U korxonaning xo’jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo’lganda ta’sischilarning maqsadli badallari hisobiga ham to’ldirilishi mumkin.
Korxona ustav ka’italiga hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: er, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, shuningdek, boshqa mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU» va boshqa nomoddiy aktivlar); qo’shma korxona ishtirokchi davlatlarining valyutalaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda ‘ul mablag’lari qo’shilishlari mumkin.
Ustav ka’italini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan maqsad, ustav ka’italining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi, hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida fikr shakllantirishdan iborat.
Tekshiruvni korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav ka’italining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun etarliligini aniqlashdan boshlash maqsadga muvofiq.
Ta’sis hujjatlari, ustav ka’italini shakllantirishga doir dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
ta’sischilar ulushlarining ustav ka’italiga to’liq va o’z vaqtida qo’shilishi;
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri baholanishini tekshirish;
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
ustav ka’itali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Res’ublikasi qonunchiligiga muvofiqligi;
ustav ka’italining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
ta’sischilarning ustav ka’italiga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
ustav ka’italini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
ustav ka’italiga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
ustav ka’itali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil qilinadi:
korxonaning huquqiy maqomini, ustav ka’italini shakllantirish va hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va yo’riqnomalari;
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis shartnomasi);
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
ustav ka’italini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav ka’italini shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan me’yoriy hujjatlar to’’lami zarur. Bunday to’’lam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |