Namangan muxandislik texnologiya instituti


Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash



Download 1,17 Mb.
bet143/153
Sana20.06.2022
Hajmi1,17 Mb.
#682340
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153
Bog'liq
Иктисодий тахлил УМК

2. Uzoq muddatli majburiyatlarda yuzaga keluvchi riskni baholash
Odatda qarz mablag’lari va obligatsiyalar bilan bog’liq tavakkalchiliklar darajasi ‘ast baholanadi. Bu uzoq muddatli majburiyatlar bilan bog’liq o’eratsiyalar hajmining katta emasligi, ular hisobini yuritish murakkab emasligi, tekshirilayotgan mijoz tez-tez ikki tomonlama solishtirma hisobot va qarzni so’ndirish bo’yicha amortizatsiya jadvalini olish imkoniyatiga ega ekanligi bilan izohlanadi. Ammo qaralayotgan mablag’ning kattaligi, fond bozorlarida yuqorida aytilgandek, murakkab, alohida xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy instrumentlarning kirib kelishi bu jarayonlarning riskliligini oshirib bormoqda.

Amaliyotdagi auditdan
Auditorlar tekshirilayotgan korxonaning balansdan tashqari moliyalanishini ko’ribo’tishi kerak. Barchaga ma’lum bo’lgan ENRON kom’aniyasida balansdan tashqari amalga oshiriladigan «Korxona bilan maxsus maqsadda» moliyaviy o’eratsiyalari bo’lgan edi. ENRON sho’ba korxonasi bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzmas edi. Chunki «Korxona bilan maxsus maqsadda»gi o’eratsiya ma’lum masofada tuziladi va u moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq keladi.
Sho’ba korxonalar bosh korxona bilan konsolidatsiyalashgan balans tuzishi va u aktiv va majburiyatlari baholanishi kerak. Balansdan tashqari korxonalar odatda noqonuniy emas va u keng tarqalgan biznes turi, faqat odatda bu kabi o’eratsiyalarni hisobda firibgarlikni amalga oshirishni ko’zlagan korxonalar bajaradi. Balansdan tashqari tashkilotda bosh korxona sho’ba korxonaning faqatgina toza aktivlarini o’z balansida ko’rsatadi. Bu bilan bosh korxona majburiyatlarini balansda ko’rsatishdan qochadi. Natijada korxona hisobotlarida uning haqiqatdagi xarajatlarini aniqlash imkoniyati yo’qoladi. Bosh korxona GAA’ ning konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish haqidagi nizomiga amal qilmay, ya’ni moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilishi kerak bo’lgan qarz mablag’larini qastdan ko’rsatmagan hollarda bu o’eratsiya firibgarlikka aylanadi.
ENRON va uning «Korxona bilan maxsus maqsadda»gi o’eratsiyalarida u o’zining millionlab qarz mablag’lari haqidagi axborotni yashirgan.
Oqibatda ENRON va unga o’xshagan boshqa balansdan tashqari o’eratsiyalardan firibgarlik maqsadida foydalanayotgan korxonalarga javoban FASBva SEC moliyaviy hisobot standartlarini hisobotlardagi shaffoflikni ta’minlash maqsadida qayta ko’rib chiqishdi

Tekshirilayotgan korxonada auditor o’zining mustaqil audit amallarini bajarishi uchun mijoz korxonadagi majburiyatlar yuzasidan mavjud ichki nazorat tizimini o’rganib chiqishi, tekshirish uchun bajaradigan amallariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan haqqoniy bo’lmagan ko’rsatkichlarni niqlashi kerak bo’ladi. Korxonadagi uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan nazorat riski, nazorat uchun amalga oshirilayotgan o’eratsiyalar umumiy moddiy yo’qotishlarni imkon darajada ‘asaytirish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Uzoq muddatli aktivlarni hisobga olinishini tekshirishda auditor hisobning bir qancha tomonlarini o’rganib, o’zi uchun tasdiqlab olishi kerak. Bular, majburiyatlarning kelib chiqishi, majburiyatlar bilan bog’liq o’eratsiyalarni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomalarning mavjudligi, o’eratsiyalar to’liqligi, baholanishi va klassifikatsiyasi.


Quyidagilar uzoq muddatli majburiyatlarning umumiy nazoratida mavjud bo’lishi kerak bo’lgan jihatlar.
Majburiyatlarning kelib chiqishi va maxsus ijozatga ega ekanligi. Korxonada shunday nazorat muhiti bo’lishi kerakki, har qanday uzoq muddatli majburiyat korxonadagi mas’ul shaxs tmonidan amalga oshirilishi kerak. Birinchidan, majburiyat yuzaga kelishi bilan bog’liq hujjatlar tekshrilib, majburiyatni amalga oshirish uchun ruxsat mavjud ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilganligi auditorga yuqoridagi o’eratsiya to’liq va maqsadli amalga oshirilgan yoki yo’qligini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, har qanday katta summadagi majburiyatlar direktorlar kengashi yoki shu kabi vazifalarga mas’ul bo’lgan rahbarning yozma tasdig’i bilan amalga oshirilishi kerak. Majburiyatlar bilan bog’liq o’eratsiyalar qayta-qayta takrorlanadigan korxonalarda ham umumiy nazorat ham hududiy nazorat amalga oshirilishi kerak. Direktorlar kengashi korxona moliyaviy faoliyati yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshirsa, ma’lum bir majburiyat yoki to’lov yuzasidan nazoratni rahbar yoki moliyaviy menejer amalga oshiradi. Moliyaviy menejer ma’lum bir uzoq muddatli majburiyatbilan bog’liq o’eratsiyani tuzilishi va amalga oshirilishi ustidan mas’ul bo’lsa boshqa bir nazorat organi, masalan, direktorlar kengashining moliyaviy ishlar komissiyasi umumiy nazoratni amalga oshiradi. Agar tekshirilayotgan mijozda uzoq muddatli majburiyatlar yuzasidan yuqorida keltirilgan nazorat muhiti kabi muhit mavjud bo’lsa, odatda auditor o’z oldiga aniqlashni maqsad qilib qo’ygan majburiyatning kelib chiqishi va maxsus ijozatning mavjudligiga ishonishi mumkin.
To’liqlik. Mijoz korxonada uzoq muddatli majburiyatlar, ularni to’lash, foizlarini hisoblash va to’lash bilan bog’liq o’eratsiyalar buxgalteriya yozuvlarida o’z vaqtida va to’liq berilayotganligini aniqlash kerak. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobini aniqroq yuritish usulidan biri o’z ichiga majburiyatlar haqidagi barcha axborotlarni jamlaydigan yordamchi kitob yuritishdir. Ushbu yordamchi kitobda yuritiladigan qarz mablag’lari buxgalteriyadagi bosh kitob bilan doimiy solishtirib tekshirib boriladi va kamchiliklar o’z vaqtida aniqlanadi.
Baholash. Majburiyatlar buxgalteriya yozuvlarida nominal qiymat bo’yicha va har qanday mukofot va diskontlarni chegirib va qo’shib yuritilishi kerak. Mukofot va chegirmalar foiz xarajatlaridan qo’llanilayotgan usul bo’yicha chegirib amortizatsiya qilinishi kerak. Ayrim hollarda korxonalarda majburiyatlar yuzasidan kelishmovchiliklar uchun sud xarajatlari yoki shunga o’xshash boshqa xarajatlar ‘aydo bo’ladi. Korxona ushbu xarajatlarni kelgusi davr to’lovlari sifatida qayd etib, majburiyatning butun davomiylik muddatiga amortizatsiya qilib yuborishi kerak. Murakkab turdagi moliyaviy majburiyatlarning baholanishi ham o’z-o’zidan qiyin bo’ladi. Mijoz korxonada majburiyatlarning to’g’ri baholanishi yuzasidan nazorat mavjud bo’lishiga qaramay auditorlik tekshiruvidan maksimal foyda olish uchun mijoz auditorlardan bu kabi murakkab majburiyatlar to’g’ri baholanganligini tekshirib, buxgalteriya yozuvlarida haqqoniy aks ettirishda ko’mak berishini so’rashi maqsadga muvofiq.
Tasniflanishi. Majburiyatlar yuzasidan amalga oshiriladigan ichki nazorat majburiyatlarning moliyaviy hisobotlarda to’g’ri tasniflanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Asosiy muammo, uzoq muddatli majburiyatlarning kelgusi yil to’lanishi lozim bo’lgan qismi qisqa muddatli majburiyat sifatida aks ettirilishi kerak. Uzoq muddatli majburiyatlarda nazorat riski bilan bog’liq yakuniy muammo mijoz korxonada har qanday yo’ilmagan majburiyat yo’qotish va o’g’irliklar sodir bo’lishidan himoya qiladigan nazorat amallari yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Amallar alohida mustaqil korxona siyosati bilan davriy nazoratni amalga oshirishi kerak.



Audit amaliyotidan
Majburiyatlar auditida majburiyatlar to’liqligini tasdiqlash qiyin, muhimi auditor majburiyatlar bilan bog’liq risklilikni baholashda, nazorat amallarini aniqlashda to’g’ri usul tanlashi bu holatda muhim. Auditor majburiyatlarga nisbatan xatarni baholashda majburiyatlar yuzaga kelishiga nisbatan yuqoridagi rag’batni, bosimni aniqlashi kerak bo’ladi. Agar asosiy e’tibor o’reatsyaning o’ziga qaratilib, uni baholash e’tibordan chetda qolsa majburiyatlarning to’liqlik nuqtai nazaridan auditorning noto’g’ri axborot olish xavfi oshadi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish