Namangan muhandislik-texnologiya



Download 228,74 Kb.
bet1/17
Sana14.02.2022
Hajmi228,74 Kb.
#448357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
TJA mustaqil


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI



TJAB” KAFEDRASI




5311000 – “Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” (tarmoqlar bo’yicha)
bakalavr mutaxassisligi talabalari uchun
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fanidan


Talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va bajarishga oid

USLUBIY QO'LLANMA




Namangan - 2021
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” fanidan talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va bajarishga oid bo’yicha uslubiy qo’llanma 5311000 – “Texnalogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” (tarmoqlar bo’yicha) bakalvr mutaxassisligi talabalari uchun mo’ljallangan.


Tuzuvchilar:



Qodirov D.T.
To’xtasinov D.

− NamMTI, “TJABIT” kafedrasi dotsenti,
texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).
− NamMTI, “TJABIT” kafedrasi assistenti.







Taqrizchilar:
Abdullayev H.O.

Isomiddinov A.I.



− NamMTI, “TJABIT” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.


– NamMQI,”Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).

Ushbu uslubiy qo’llanma «Menejment» kafedrasining 2021 yil “___” ______dagi __-sonli yig’ilishida muhokama etilgan va chop etish uchun tavsiya etilgan.
Uslubiy qo’llanma NamMTI uslubiy kengashining 2021 yil “___” _______dagi ___-sonli yig’ilishida muhokama etilgan va chop etishga ruxsat berilgan.
Namangan muhandislik texnologiya institutining o’quv bo’limida ____son bilan ro’yxatga olingan

O’quv bo’limi boshlig’i B.Negmatov


“__” ______ 2021 yil
Kirish

Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik ko‘rilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarhining kamayishiga olib keladi.


Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pchiligi to‘lik avtomatlashtirilganligi bilan harakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhitning zaharlanishini oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq- ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish havfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda halq xo‘jaligining boshqa sohalari kabi paxta va to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarishini avtomatlashtirish, komyuterlashtirish ham jadal suratlarlarda olib borilmoqda, mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish madaniyatini oshishini, mahsulot tannarxini kamaytirishni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan mashina, agregat, oqim liniyalari barpo etilmoqda.
Hozirgi kunda mehnat unumdorligi va mahsulot sifatiga qo‘yilayotgan yuqori talablar texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi ahamiyatini yanada oshiradi.
Paxta va to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu, texnologik jarayonning buzilishini aniqlash, hisoblash texnikasi yordamida optimal texnologik rejimlarni topish, zaxiralarni avtomatik tarzda kirgizish, masofadan turib nazorat qilish, boshqarish va boshqalar. Bu muammolarni texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarini yaratish yo‘li bilan hal qilish mumkin. O‘z tarkibida boshqaruvchi elektron hisoblash mashinasiga ega bo‘lgan Texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi sistemalarining asosiy vazifasi bu, dasturli boshqarish bo‘lib, kompleks avtomatlashtirish bilan birgalikda sex-avtomat va zavod-avtomat yaratish imkonini beradi.
Texnologik mashinalarni kompyuterli boshqaruvi sistemalari qo‘llanishi natijasida ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xodim bilan texnologik agregat o‘rtasidagi aloqaning tezkorligi oshadi, hamda texnologik jarayonlar rejimlari optimallashadi. Bunda ishlab chiqarish sikli qisqaradi, agregatning unumdorligi, xom ashyodan foydalanish samarasi va tayyor maxsulot sifati oshadi.



Download 228,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish