Bozor infratuzilmasi
- ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
O’tish davri
- bir Iqtisodiy tizimdan boshqasiga, mavjud Iqtisodiy munosabatlardan butunlay boshqa, yangi
Iqtisodiy munosabatlarga o’tish taqozo qilinadigan davrdir.
Bozor islohotlari
- bozor Iqtisodiyotini va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmuidir.
Iqtisodiy islohotlar
- Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad
- turli mulkchilikka asoslangan xo’jalik yurit ishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish
- nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni
tadbirkorning o’zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish
demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |