Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

9-
 
MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBAT USTUNLIKLARINI 
SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
Reja: 
1.
Iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning o’ziga xos xususiyatlari va omillari. 
2.
Raqobat va klasterlar. 
3.
Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari determinantlari. 
4.
Raqobat strategiyasining tayanch usullari. 
5.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi. 
Tayanch so'z va iboralar: 
Klasterlar, umumiqtisodiy siyosat, M. Porter, milliy 
rombi, mamlakatntng raqobat jihatdan ustunliklari, 4 determinantlar, barqaror 
strategiya, strategiya va raqobatchilik, omillar uchun shart - sharoitlar; turdosh va 
qo’llab -quvvatlovchi tarmoqlar; talab holati, raqobatbardoshlik kontseptsiyasi, milliy 
iqtisodiyot, xalqaro mehnat taqsimoti, qiyosiy ustunlik nazariyasi, qiyosiy ustunlikla, 
chet el tajribasi. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: 
dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, 
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat 
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2, Q3. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqaro amaliyotda sinalgan va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb 
etuvchi bozor munosabatlarini va tajribalarini hatyotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shulardan biri klasterlar 
bo'lib, hozirda iqtisodiyotimizning to qimachilik va yengil sanoat sohasida ushbu tuzilma faoliyatini yo'lga qo'yishga 
kirishilmoqda. 
Xo'sh, klaster ozi nima, uning qanday afzalliklari bor? 
Ko'pgina manbalarda rivojlangan davlatlarning tajribalari barqaror ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda, 
investitsion faollikni oshirishda, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishda xalqaro logistik markazlari, erkin iqtisodiy zonalar 
kabi 
109 


kl asterlarning o'rni va ahamiyati juda yuqori ekanligi ko'rsatilgan. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida innovatsion 
iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo'yicha ma’lum tajriba to'plangan. 
Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning tahlillarida “klaster” tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan. 
Klaster - bitta sohaga birlashgan va bir-biri bilan uzviy aloqada bo' lgan korxonalar guruhi. 
Klaster - bitta geografik hududda joylashgan va bitta tarmoqni tashkil qiladigan firmalar guruhi. 
Klaster - maxsus sohalar bo'yicha bitta geografik hududda faoliyat yuritayotgan, bir-biri bilan bog'liq bo'lgan va bir-birini 
to'ldiruvchi kompaniyalar, institutlar guruhi. 
Klaster - gorizontal va vertikal ravishda funktsional bog'liq bo'lgan firmalar guruhi. 
Klaster - jamoaviy, xususiy va yarim jamoaviy ko'rinishda bir-biri bilan bog'liq va o'zaro biri-birini to'ldiruvchi firmalar, 
tadqiqot va rivojlanish institutlari guruhi. 
Klaster - tijorat va notijorat tashkilotlari guruhi bo'lib, u guruhda faoliyat yuritayotgan har bir firmaning 
raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Klaster - hududiy kontsentratsiyalashuvga asoslangan va texnologik zanjirga bog'langan tovar va xom ashyo yetkazib 
beruvchilar, asosiy ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan industrlashgan majmua. 
Umumiy olganda klasterlashtirish bu bitta geografik hududda kontsentratsiyalashgan va ma’lum bir aniq vazifani 
yechishga qaratilgan firmalar guruhi bo'lib, ular bir-biri bilan uzviy aloqadagi, jamoviy raqobatlashuvni mustahkamlash 
maqsadida ishchi kuchlarini o'zaro birlashtiruvchi jarayondir. 
Hududni rivojlantirish uchun klasterli tuzilmalarni shakllantirish qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish, mahalliy byudjet 
daromadlarini oshirish, vakolatlarni taqsimlash, tadbirkorlik tuzilmalari bilan o'zaro ta’sirlashish, axborot ayirboshlashni 
jadallashtirish va yangiliklarni targ'ib etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion faolligini hamda 
hududlar innovatsion jozibadorligini yuksaltirish, hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish kabi yangi imkoniyatlarni taqdim 
etadi. 
Tadbirkorlik tuzilmalari uchun klasterlar yirik investitsiya loyihalarida ishtirok etish, qo'shimcha daromad olish, yangi 
bozorlarga chiqish, innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha xarajatlarni qisqartirish, innovatsion faoliyatni infratuzilmaviy ta’minlash, 
xodimlar malakasini oshirish, kichik korxonalarni innovatsion faoliyatga jalb etish va pirovardida raqobatbardoshlikni ko'tarish 
omili hisoblanadi. Bunda har bir klaster ishtirokchisi bo'lgan korxona o'z maqsadini ko'zlagan holda nafaqat o'z xo'jalik faoliyati 
samaradorligi va raqobatbardoshligini oshiradi, balki tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirishga ko' maklashgani holda, 
hududda faoliyat yuritayotgan turli xildagi boshqa korxonalarning iqtisodiy o' sishiga yordam beradi. 
Xorijiy va mahaliy ekspertlarning ta’kidlashicha, hududiy klasterda ishtirok etish fan va ta’lim muassasalari uchun ham 
jozibador bo'lishi mumkin, chunki bu ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko'paytirish, sifatini yaxshilash, 
ilmiy tadqiqot ishlarining texnik ta’minoti darajasini yuksaltirish, investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog 
kadrlar malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 
110 


Xorijlik ekspert Maykl Porter o'z tadqiqotlaridan kelib chiqib qayd etishicha, klaster strategiyasining ustuvorligi korxona 
(firma)lar uchun ta’minotchilarga, malakaviy xodimlarga, axborotlarga, xizmat va ta’lim markazlariga to'g'ridan-to'g'ri 
bog'lanishlari sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi misli ko'rilmagan imkoniyatlar bilan 
izohlanadi. 
Bundan tashqari, klaster tizimida ta’lim va ilmiy-tadqiqot markazlari yangi ilmiy- uslubiy ishlanmalarni yaratish, ularni qisqa 
muddatda sinovdan o'tkazish, ishlab chiqarish va ilmiy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnatlarini ko'proq 
rag'batlantirish, yangi tovarlarni ixtiro qilish uchun sharoit paydo boladi. Klasterlashtirishga korxonalar innovatsion faoliyatini 
tezlashtirish asosida raqobatbardoshlikni oshiruvchi, raqobatning kuchli ta’siriga qarshi turish jarayonidagi talablarga tola javob 
beruvchi tuzilma sifatida baho beriladi. 
Tahlilchilarning yana bir fikriga kora, yuqori raqobatlashuv ko'rsatkichlariga ega bo'lgan kompaniya o'z yutug'i orqali 
atrofdagi iqtisodiy sub’ektlarga, ya’ni iste’molchilar, xom ashyo yetkazib beruvchilar va raqobatchilarga ijobiy ta’sirini o'tkazadi. 
Atrofdagilarning kuchayishi esa kompaniyaning raqobatbardoshlikni yanada ko'tarishiga olib keladi. Ayni shunday sharoit 
klasterlar rivojlangan hududda yaqqol namoyon boladi. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy qayta o'zgartirishlarga, barcha hududlar hamda tarmoqlarni mutanosib ravishda 
rivojlantirishga yo'naltirilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Investitsiya, modernizatsiya, mahalliylashtirish dasturlari bilan 
birga har bir hududning o'ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari inobatga olingan holda tegishli dasturlar qabul qilinib, 
hayotga tatbiq etilayapti. Sanoat salohiyatini oshirish, istiqbolsiz korxonalarni tarkibiy o'zgartirish, moliyaviy sog'lomlashtirish 
masalalariga qo'shimcha tarzda raqobat muhitini yanada yaxshilashga ham e’tibor kuchaytirilmoqda. 
Nima uchun mamlakat u yoki bu tarmoqda xalqaro muvaffaqiyatga erishadi? Bu savolga javob mamlakatning umumiy 
zususiyatga ega bo'lgan va mahalliy firmalar raqobatlashadigan muhitni shakllantiruvchi to'rtta xususiyatidadir. Bu muhit 
raqobat ustunligini yaratishga ko'maklashishish ham, ung to'sqinlik qilish ham mumkin. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
111 


2.1-rasm. Mamlakatning raqobat ustunligi determinantlari. 
1.
Omillar shartlari, ya’ni ushbu tarmoqda raqobat uchun zarur bo'lgan konkret omillar (aytaylik, ma’lum ixtisoslikdagi 
malakali ishchi kuchi yoki infrastruktura). 
2.
Talab shartlari, ya’ni ushbu tarmoq taklif qilayotgan mahsulot yoki xizmatga ichki bozorda talab qanday. 
3.
Bir turdagi (related) va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlar, ya’ni xalqaro bozorda raqobatbardosh bir turdagi yoki 
ta’minlovchi tarmoqlarning mamlakatda bor yoki yoqligi. 
4.
Firmaning strategiyasi, uning tuzilishi va raqobatchilar, ya’ni mamlakatda firmalar qanday yaratilishi va 
boshqarilishi hamda ichki bozordagi raqobatning xususiyati qanday bo'lishini belgilab beruvchi sharoitlarning qandayligi. 
Bu determinantlar har biri alohida va hammasi birgalikda tizim sifatida ushbu mamlakat firmalari yaratiladigan va 
faoliyat ko'rsatadigan muhitni paydo qiladi. 
Mamlakatlar milliy «romb» (bu termin bilan raqobat ustunligi determinantlari tizim sifatida nomlangan ) eng qulay 
xususiyatga ega bo'lgan tarmoqlarda yoki ularning segmentlarida muvaffaqiyat uchun eng yuqori imkoniyatlarga ega bo'ladi. 
Ayni paytda bu mamlakatning har bir firmasi muvaffaqiyatga erishadi degan gap emas. Aksincha mamlakatdlagi muhit 
qanchalik dinamik bo'lsa, ulardan ba’zilari muvaffaqiyatsizlikka ehtimoli ko'proq. Chunki hamma firmalarda ham bir xil resurslar 
va texnologiyalar mavjud emas. Shuningdek mamlakatdagi holtadan ularning hammasi har xil foydalanidi. Kimdir yaxshiroq, 
boshqasi esa yomonroq. Lekin baribir bunday sharoitda voyaga yetgan firmalar xalqaro raqobatda muvaffaqiyatga erishishi 
tabiiyroqdir. 
Milliy «romb» - tarkibiy qismlari bir-birini kuchaytiradigan tizimdir. Har bir determinant boshqasiga ta’sir ko'rsatadi. 
Faqat bir yoki ikki determinant asosidagi raqobat ustunligi tabiiy resurslarga juda bog'liq bo'lgan tarmoqlarda yoki murakkab 
texnologiyalar kam qo'llaniladigan tarmoqlardagina mumkin. Bunday ustunlikni saqlab qolish juda qiyin, chunki u bir 
mamlakatdan ikkinchisiga o'tib turadi. Global firmalar esa keng miqyosli strategiyalar yordamida bunday ustunlikni bartaraf 
qila oladilar. Barcha determinantlar bo'yicha ustunliklarning o'zaro hamkorligi kuchayib boradigan yutuqli holatlarni 
ta’minlaydi. Bunday ustunlikni xorijiy raqobatchilar yo'q qilishi yoki undan nusxa olishi juda qiyindir. 
Nazariya yakunlangan bo'lishi uchun mamlakatdagi sharoitga sezilarli ta’sir qiladigan yana ikkita o'zgaruvchini ko'rib 
chiqish kerak. Bu - tasodifiy hodisalar va hukumatning harakatlaridir. Tasodifiy hodisalar - firma rahbariyati (ko'pincha 
mamlakat hukumati ham) nazorat qila olmaydigan hodisalardir: kashfiyotlar, asosiy texnologiyalardagi «oldinga yorib 
o'tishlar», urushlar, xorijdagi boshqa voqealar, shuningdek, xorijiy bozorlardagi talab va taklifning keskin o'zgarishi kabilardir. 
Bu hodisalar noaniqlik holatlarini keltirib chiqaradi. Bu esa tarmoqning tuzilishini o'zgartirib yuborishi va shu bilan bir mamlakat 
firmalariga boshqlarinikidan o'tib ketish imkoniyatini berishi mumkin. Ko'p tarmoqlardagi shunday «tasodiflar» raqobat 
kurashidagi mavqelarning o'zgarishiga ko'maklashgandi. 
112 


Keyingi element - hukumatning harakatlaridir. Har qanday darajadagi davlat 
muassasalari mamlakatning raqobat ustunligini kuchaytirish ham, zaiflashtirish ham 
mumkin. Masalan, monopoliyaga qarshi kurash siyosati ichki bozordagi raqobatga 
ta’sir qiladi, qonunlar ichki bozordagi talabning o zgarishiga olib kelishi mumkin, 
ta’limga assignatsiyalar berilishi ishlab chiqarishning ba’zi omillarini ijobiy o 
zgartirishi, davlat tomonidan sotib olishlar esa bir turdagi va qollab-quvvatlovchi 
tarmoqlarni rag batlantirishi mumkin. Umuman determinantlar tizimiga ta’sirini 
hisobga olmay otkaziladigan davlat siyosati mamlakatning raqobat ustunligiga ziyon 
yetkazishi yoki uni kuchaytiri mumkin. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish