Firmaning maqsad va vazifalari



Download 16,44 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi16,44 Kb.
#6286

Aim.uz

Firmaning maqsad va vazifalari
Har bir firmaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari boshqaruvchilarni har doim o‘ylantirib yuradi, tabiiyki, boshqaruvchi bu vazifalarga javobgar bo‘ladi. Bu tizim vazifalarni yechish metodikasi sifatida mashhurdir. Misol tariqasida «Interneyshnl minerals end klinikal korporeyshn» firmasini olaylik. Bu firma mineral o‘g‘itlar va yer uchun kerakli har xil moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Firma o‘zining dasturini mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bilangina emas, balki dunyoda ocharchilikka qarshi kurash shiori ostida olib bordi. Bu dastlab shuni anglatadiki, firma qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish uchun o‘z dasturini olib bordi. Qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun esa yangi o‘g‘itlar va kuchli moddalar kerak. Shu tariqa vazifasining asosiy maqsadi firma daromadini oshirish bo‘ladi. Firma daromadini ishlab chiqarish uchun oshirish yoki yangi mahsulotlarni sotuvini ko‘paytirish va firma xarajatlarini kamaytirish bilan oshirish mumkin. Mahsulot sotuvi hajmini oshirish, bozorni egallash yoki chet el bozorlariga kirish yo‘li bilan ham olib borish mumkin. Bu kabi vazifalar firmaning marketing sohasidagi asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu marketing vazifalarini amalga oshirish uchun mos keladigan strategik marketing ishlab chiqarish kerak. Bozorni egallash uchun, bozorda xaridor talab qiladigan mahsulotni ishlab chiqarish kerak. Chet el bozorlariga chiqish uchun esa, albatta, narx-navoni tushirish va oshirish, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarish va chet el bozorida faoliyat yuritayotgan firmalar bilan raqobat qila olishi kerakdir. Shu tariqa keng ma’noda strategiya marketingi ifoda etiladi. Har bir sohada marketing strategiyasini to‘liq jihatdan ifodalash kerak.

Misol, mahsulot ishlab chiqarish va sotuvning hajmini oshirish uchun, ish kuchini ko‘paytirish, ishchilar sonini oshirish va reklamani ham jadallashtirish kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham bir yo‘nalishga alohida strategiya ishlab chiqish kerak. Shunda firma o‘zining aniq vazifalariga ega bo‘ladi. Bozorda firmaning o‘z hissasini oshirish «vazifasi» yil oxirida bozorda firmaning 45% hissasini oshirish vazifasiga ko‘ra aniqroq ifoda etiladi. Boshqaruvchilar «maqsad» iborasini vazifasini ifodalash, ko‘rsatkichlar va yilni aniqlash sifatida ishlatiladi. Firma maqsadidagi vazifalar keyingi bosqichlardagi rejalashtirish va nazoratni osonlashtirdi.


8-jadval

«Interneyshnl mineral end klinikal korporeyshn» firmasi o‘g‘itlarini ishlab chiqarish ierarxiyasi


Faoliyat dasturi

Dunyoda ochlikka qarshi kurash






Firmaning vazifasi


Qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘sishini ta’minoti


Yangi mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish izlanishlari

Yangi izlanishlar olib borish moliyalashda daromadni oshirish

Sotuvning o’sishi

Xarajatlarning kamayishi


Marketing vazifasi


Bozorda firmaning hissasini oshishi

Chet el bozoriga chiqish









Marketing strategiyasi

Tovarlarning bozorda ko‘proq sotilishini ta’minlash

Narxni tushirish va yirik raqobatchi firmalar bilan kelishuv


Xo‘jalik portfelini rivojlantirish rejasi. Strategik rejalashtirishda asosiy xususiyat firmaning vaziyati va firmaning ishlab chiqarish strukturasiga kiradigan butun xususiyatlar haqida boradi.

Ushbu tahlil ishlab chiqarishdagi aniq yo‘llarni topish va ular bilan nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Firma o‘zining asosiy maqsadlarini yaxshi foyda keltirishga va rentabellik ishlab chiqarishga sarflashni va zaif bo‘lgan sohalarni kamaytirish yoki to‘xtatishni xohlaydi. Shu tariqa firma o‘zining xo‘jalik portfelini har doim jangovar holatga tayyorlab, o‘z kuchini aniq yo‘naltirgan maqsadli ishlab chiqarishga qaratadi.

Misol sifatida «Jeneral elektrik» firmasining xo‘jalik portfelini olaylik. Bu firmani xo‘jalik portfelini tahlil qilganimizda uning ko‘rsatkichlarini ikki alohida sohada ko‘rishimiz mumkin.

Bu korporatsiyaning bozordagi ulushi, uning daromadining o‘sishi, raqobatdoshlik va mahsulot tannarxining tushishi firma uchun aniq baho hisoblanadi. Firmaning qudratini, uning bozordagi hissasini ko‘rsatkichlardan ham bilishimiz mumkin, ya’ni firmaning xo‘jalik portfeli yaxshi rivojlantirilgan. Bu tahlil asosida firma o‘z faoliyat mablag‘larini boshqa alohida ishlab chiqarish kuchlariga ishlatadi. Buning natijasida bu firma juda ko‘pgina firmalarda yuqori faoliyat asosida ish olib boriladi.




Download 16,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish