Fayol boshqarilishi zarur bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini quyidagi 6 ta sohaga ajratadi:
T.r
Xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyati sohalari
Mohiyati
1.
Texnik
Texnologik va texnik yo‘nalishda
2.
Tijorat
Xarid qilish, sotish va ayirboshlash
3.
Moliyaviy
Kapital izlash va undan samarali foydalanish
4.
Himoya
Shaxs va mulkni himoyalash
5.
Buxgalteriya
Inventarizatsiya, balans, xarajatlar, statistika va aktivlar hisobi
6.
Ma’muriy
Faqat shaxsiy tarkibga tegishli, materiallar va mexanizmlarga hech qanday aloqasi yo‘q
Xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarish borasidagi Fayol tomonidan e’tirof etilgan zaruriy tamoyillar quyidagilardir
T.r
Mezon
Mohiyati
1.
Hokimiyat javobgarlikdan ajralmasdir
Buyruq va farmoyishlar berayotgan shaxslar, o‘z buyruq va farmoyishlarining oqibatlari uchun javobgardirlar.
2.
Ixtisoslashgan mehnat taqsimoti
Mehnatning barcha turlari uchun ham mehnat taqsimoti amal qilishi kerak. Bu barcha sharoitlar bir xilda bo‘lgan xolatda ko‘p va sifatli ishlab chiqarishga imkon beradi.
3.
Farmoyishning yagonaligi
Ishchi bitta boshliqdan farmoyish olishi kerak.
4.
Intizom
Intizom samaradorlikni oshirishga qaratilgan kelishuvlarni hurmat qilish, mansublik, tirishqoqlik. Intizom rahbarlar va oddiy xodimlar uchun ham majburiydir.
5.
Yagona rahbarlik
Har bir ishda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun javobgar bo‘ladigan bitta shaxs kerak. Faqat tavsiyalar ishlab chiqish jamoaviy bo‘lishi mumkin.
6.
Yakka hohishning umumiy manfaatlarga bo‘ysunishi
Xodim yoki xodimlar guruhining manfaatlari ishning manfaatidan ustun bo‘lishi mumkin emas. Agar jamoa ichida tarqoqlik sezilsa, u holda yagona qaror qabul qilinishini ta’minlash kerak.
7.
Mukofotlash
Fayol mukofot adolatli bo‘lishi va xodim hamda ish beruvchini qanoatlantirishi lozim deb hisoblaydi.
8.
Markazlashuv
Samarali ishlab chiqarish mehnat taqsimoti va markazlashgan boshqaruvning uyg‘unlashuvi orqali ta’minlanadi. Markazlashuv darajasi xo‘jalik yurituvchi subyektning hajmi va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
9.
Ierarxiya
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda aniq belgilangan yuqori toifadan pastga qarab “boshliqlar zanjiri” amal qilishi lozim. Uni besabab buzish kerak emas. Agar u zarar keltirsa, u holda uni qisqartirish maqsadga muvofiqdir.
10.
Tartib
Hamma narsaning o‘z joyi belgilangan bo‘lishi va hamma narsa o‘z joyida turishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga erishish jarayonida kuchlar aniq qo‘yib chiqilishi va ularning o‘zaro harakatlari aniq bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
11.
Adolat
Oddiy xodimlarning ishga nisbatan sadoqati va qobiliyati rahbariyat tomonidan ochiq va adolatli munosabat bilan qarshi olinishi lozim.
12.
Xodimning barqarorligi
Kadrlar qo‘nimsizligi odatda, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining yetarlicha samarali emasligidan dalolat beradi. Samarali faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda odatda, personal tarkibi barqaror bo‘ladi.
13.
Tashabbus
Tashabbus xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida xodimning imkoniyatlarini yanada to‘laroq ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.
14.
Korporativlik
Fayol xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishda “bo‘lib ol va hukmronlik qil” degan tamoyilga mahkam yopishib olishni maslahat bermaydi. U xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida yagona maqsadga erishishda jamoa intilishlarini ta’minlaydigan jamoa tamoyili maqsadga muvofiqdir deb hisoblaydi.