Boshqaruv hisobi predmeti va obyektlari. - Boshqaruv predmeti - ishlab chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv obyekti yoki boshqaruv jarayoniga ta’sir o‘tkazishdir. Boshqaruv rejalashtirish, tashkil qilish, muvofiqlashtirish, rag‘batlantirish va nazorat qilish yordamida boshqaruv predmetiga ta’sir o‘tkazadi.
- Aynan shu funksiyalarni boshqaruv hisobi bajarib, u o‘z tizimini yaratib, boshqaruvning maqsad va vazifalariga javob beradi.
- Boshqaruv hisobining predmeti - xo‘jalik faoliyatini boshqarish jarayonining barcha bo‘g‘inlaridagi obyektlar yig‘indisidir.
- Boshqaruv hisobining obyektlarini sxematik tarzda quyidagicha aks etirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |