etilgan. Bundan haydovchilarni mast holatida vujudga keltirgan YTH ni istisno
qilinsa, unda kamida 45
¸50% falokatlar haydovchining tartibsiz harakatlanishi
natijasida bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi bo’yicha haydovchilarning aybi bilan sodir etilgan
YTH ning ko’p yillik ma’lumoti.
Yo’l sharoitining YTH sodir etilishidagi o’rni to’g’risidagi
tadqiqotchilaraniqlangan ko’rsatkichlar va davlat statitikasi hisoblarida keltirilgan
ko’rsatkichlar o’rtasida katta farqmavjud. Masalan, 7080 yallarda tadqiqochlar YTH
vujudga kelishida yo’l sharoitining 65
¸75% o’rni bor deb ko’rsatgan bo’lsalar (3),
sobiq Ittifoq statistika hisoblarida esa 7,112,1%deb kiritilgan. O’zbekistonda bu
ko’rsatkich 0,27
¸5,22% deb aniqlangan.Avvalgi butun Ittifoq harakat xavfsizligi
ilmiy tekshirish markazi xodimlari 1991 yil keng miqyosda avtomobil yo’llarida
o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida YTHni vujudga kelishining 40
¸45% yo’l sharoitini
bevosita yoki bilvosita sababchilari ekanligini bildiradi(3), lekin davlat statistika
hisobida esa avvalgi ko’rsatkichlar darajasida qayd qilingan.
YTHni vujudga kelish sabablari bo’yicha mutaxassislarning fikri bilan qayd
etilgan davlat statistikadagi ma’lumotlarning farqini quyidagicha tushuntirish
mumkin. Yuz bergan YTHni qayd qiladigan kartochka asosan davlat inspektori
tomonidan to’ldiriladi. Kartochka to’ldiruvchi inspektorlar yo’l sharoitini kompleks
ravishda «AHPM» tizimning o’zaro bog’liqligini va har bir tizim elementlarning
xususiyatlarini to’laligicha tushunmasligi natijasida sodir etilgan O’THning sababini
to’g’ri ko’rsata bilmaydilar. Bunig natijasida esa doim ham ro’y bergan YTHga
to’g’ri obyektiv xulosa qilinmaydi.
CHet davlatlarda yo’l sharoitining yomonligi oqibatida qo’yidagi miqdorda
YTH umumiy soniga nisbatan Angliya6,7%; Ispaniya 6,5%; Frantsiya10,8%;
SHvetsiya6,1%; Yugoslaviya20,4%; Yaponiya17,3% sodir etilgan.
YTHning vujudga kelishida piyodalar o’rnini alohida ta’qidlab o’tishdarkor,
chunki ko’pchilik hodisalarga piyodalarning avtomobil yo’llarning belgilanmagan
joylarda o’tishlari, shuningdek, yo’l harakati qoidalari bo’yicha amaliy ko’nikmalari
yo’qligi sabab bo’ladi. 3.12jadvalda O’zbekiston Respublikasida piyodalar aybi bilan
sodir etilgan YTH to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi avtomobil yo’llarida 19711998 yillar mobaynida
sodir etilgan YTH ni tahlil qilish natijasida texnika fanlar nomzodi A.A.Nazarov
YTH qatnashchilarining umumiy sonidan 25
¸30% bolalar tashqil etishini aniqlanadi.
Aholi punktidan o’tgan avtomobil yo’lining eng xavfli bo’lagi bolalar muassasalari
mintaqasi (250300 m) bo’lib, bolalar ishtirokidagi YTH 50
¸55% shunday joylarda
sodir etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: