PIYoDALARNING HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH
YO’LLARI
AVTOMOBILNING HARAKATI NAZARIYaSI.
Transport vositalarining parametrlari. Transport vositasiga ta’sir etuvchi
kuchlar. Balandlikka harakatlanishdagi qarshilik kuchi. Havoning qarshilik
kuchi. Inertsiya kuchi. Tortish kuchi. SHina bilan qoplamaning tishlashish
kuchi.
Avtomobil transporti yuk tashuvchi, yo’lovchi va maxsus turlarga bo’linadi.
Yuk avtomobillari o’z navbatida:
- yuk tashuvchi avtomobillarga;
- etakchi avtomobillarga:
- tirkamalar va yarim tirkamalarga bo’linadi.
Yo’lovchi avtomobillar yo’lovchilarni tashishga mo’ljallangan bo’lib ular
o’rindiqlar soniga qarab:
yengil avtomobillar:
avtobuslarga bo’linadi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo’ljallangan mexanizm,
asbob va uskunalar bilan jixozlangan bo’ladi. Bularga sanitariya, o’t o’chirish,
avtotsisternalar, tsement tashuvchi, ko’cha supiruvchi, yuk ortish avtomobillari va
boshqalar kiradi.
Avtomobillar umumfoydalanadigan yo’llarda harakatlanishga mo’ljallangan va
yo’ldan tashqarida foydalanadigan – kar’er avtomobillariga bo’linadi.
Barcha avtomobillar ikki raqamdan iborat g’ildirak formulasi bilan tavsiflandi.
Birinchi raqam – umumiy g’ildiraklar, ikkinchi tortuvchi g’ildiraklar soni. Masalan,
Neksiya avtomobili 4
´
2, NivaSHevrole 4
´
4 g’ildirak formulasiga ega.
Barcha avtomobillar quyidagi asosiy parametrlar bilan tavsiflanadi:
Gabarit parametrlar. Bo’nga transport vositasining uzunligi, eni, balandligi,
bazasi, g’ildirak izlari orasidagi masofa, yo’l tirqishi(avtomobilning eng pastki
nuqtasidan yo’lgacha bo’lgan masofa), eng kichik burilish radiusi kiradi.
Og’irlik parametrlari Bularga to’liq og’irliktransport vositasining yuk,
haydovchi, va yo’lovchilar bilan ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan
og’irligi. Yuk ko’tarish qobiliyati transport vositasining tavsifnomasida ko’rsatilgan
yuk og’irligi. Transport vositasining o’zining og’irligi(aslaxalangan,yuksiz, yoqilg’i,
moylash, sovitish ash’yolari va jixozlari bilan).
Tortish qobiliyati. Transport vositasining tortish qobiliyati yuqori tezlik bilan
yurishi, yo’l qarshiligi katta bo’lgan yo’l bo’lagida harakatlana olishi bilan
tavsiflanadi. Tortish qobiliyati tortish g’ildiraklaridagi har xil tezliklardagi tortish
kuchiga bog’liq.
Tortish qobiliyati maksimal tezlik, tezlanish vaqti(ma’lum tezlikka yetguncha
ketgan vaqt, ma’lum yo’l bo’lagini bosib o’tish uchun sarflangan vaqt), harakatlanish
mumkin bo’lgan maksimal nishablik bilan tavsiflanadi.
Tormozlanish qobiliyati. Transport vositalarining tormozlanishi tormoz yo’li,
to’xtash yo’li va sekinlashish ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Turg’unlik transport vositasining sirpanish, siljish va ag’darilib ketishiga
qarshi xususiyati.
Boshqaruvchanlik transport vositasining haydovchi belgilagan yo’nalishda
harakatlanish xususiyati.
O’tuvchanlik transport vositasining notekis joylarda kuzovning pastki
qismlari bilan tegmasdan harakatlana olishi.
Yoqilg’i tejamkorligi Transport vositasining belgilangan masofada sarflagan
145
yoqilg’i miqdori bilan (ko’pincha l/100 km), bir birlik bajarilgan transport ishi uchun
sarflangan yoqilg’i(g/tkm) bilan tavsiflanadi. Yoqilg’i tejamkorligi transport vositasi
dvigatelining quvvati va uning texnik holati, transmissiyaning texnik holati va unda
ishqalanishlarni yengish uchun sarflanayotgan yoqilg’i, transport vositasining
yuklanganligi, harakatlanish rejimi, haydovchining kvalifikatsiyasi, yo’l sharoiti va
boshqalarga bog’liq..
Transport vositasining tavsifnomasida asosan yoqilg’ining nazorat sarfi
ko’rsatiladi. Yoqilg’ining nazorat sarfi quyidagi sharoitda aniqlanadi: quruq ,
gorizontal, qattiq qoplamali yo’lda, shamolsiz sharoitda, shu transport vositasiga xos
bo’lgan tezlikda, belgilangan og’irlikda. Transport vositasining yoqilg’i nazorat
sarfiga qarab uning texnik holatini belgilanishi mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim
avtomobillarning nazorat yoqilg’i sarfi keltirilgan.
Avtomobillar
Benzin markasi
Yoqilg’i sarfi l/100 km.
Malibu
AI – 93
Captiva
AI – 91
Lasetti
AI – 91
Nexia
AI – 80
Spark
AI – 91
Transport vositasining yoqilg’i nazorat sarfi ekspluatatsiya sharoitida
o’zgarishi mumkin. SHahar sharoitida yoqilg’i sarfi ortadi.
Transport vositasiga ta’sir etuvchi kuchlar
Avtomobilga harakat vaqtida quyidagi kuchlar ta’sir etadi: tortish kuchi,
harakatga qarshilik kuchlar va inertsiya kuchi rasm12. Inertsiya kuchi harakat
rejimiga qarab oldinga, orqaga va ko’ndalang yo’nalishga qaratilgan bo’lishi
mumkin.
Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar va momentlar
Harakatga qarshilik kuchlariga: g’ildirakning g’ildirashiga qarshilik kuchi
R
f
, avtomobilga havoning qarshilik kuchi R
w
, balandlikka chiqishga qarshilik
kuchi – R
i
, inertsiya kuchi – Rg. Qarshilik kuchlarini yengish uchun avtomobilning
dvigateli ishlab chiqargan quvvat sarflanadi. Dvigatelda xosil bo’lgan burovchi
moment transmissiya orqali yetakchi g’ildiraklarga uzatiladi. G’ildiraklar aylanib
yo’l qoplamasiga ta’sir etuvchi aylanma kuch xosil qiladi. Yo’lning teng aks ta’sir
etuvchi kuchi avtomobilni harakatlanishiga olib keladi. Avtomobilga ta’sir etuvchi
barcha kuchlarni quyidagi ifoda bilan ko’rsatsh mumkin:
R
t
= R
f
+ R
w
+ R
i
+ Rg.
bunda
R
t
– tortish kuchi
R
f
g’ildirashga qarshilik kuchi
R
i
balandlikka chiqishga qarshilik kuchi
R
w
havoning qarshilik kuchi ,
Rg. inertsiya kuchi
Bu ifoda tortish balansi formulasi yoki kuchlar muvozanati tenglamasi deb
nomlanadi va tortish kuchini qanday taqsimlanishini aniqlaydi.
G’ildirakning g’ildirashiga qarshilik kuchi shinaning yo’l qoplamasi bilan
ta’siri natijasida xosil bo’ladiva quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
bunda R
f
g’ildirashga qarshilik kuchi
Ga – avtomobilning og’irligi
f g’ildirakning g’ildirashiga qarshilik koeffitsienti
a
yo’lning bo’ylama qiyaligi, grad.
G’ildirakning g’ildirashiga qarshilik koeffitsienti yo’lning qarshilik kuchiga
147
ta’sir etuvchi barcha omillarni xisobga oladi va quyidagi qiymatlarga teng:
yaxshi holatdagi asfalt 0,0150,018
qoniqarli holatdagi asfalt 0,0180,020
shag’alli yo’l 0,020 – 0,025
tosh terilgan yo’l 0, 023– 0, 030
gruntli yo’l 0, 025 0,030
quruq qumli yo’l 0, 100 – 0,300
muz 0,0180,020
Balandlikka chiqishga qarshilik kuchi Avtomobil yo’llari gorizontal,
nishablik va balandliklardan iborat. Gorizontal yo’llar kam uchraydi. Yo’lning
nishabligi uning burchagi a yoki i bilan tavsiflanadi rasm3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |