Transport oqimi tezligining yo’l sharoitiga
va harakat miqdoriga nisbatan o’zgarishi
Harakat tezligi yo’l harakatining asosiy ko’rsatkichi bo’lib. U yo’lda
harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo’ladi. Yo’lda eng obyektiv
ko’rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo’ylab o’zgarishini
ko’rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o’zgarish egri grafigini
chizish marshrut bo’ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim.
Bu esa amalda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi va ko’pchilik hollarda uni bajarib
bo’lmaydi. SHuning uchun harakatni tashqil qilishda yo’lning harakterli bo’laklarida
transport vositalarining oniy tezligini o’lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda
ko’nikma hosil qilingan.
Umuman avvalgi bo’limlarda aytib o’tganimizdek, transport vositalarining va
oqimning harakat tezligi «AHYPM» tizimiga ko’pdan bog’liq bo’lib, tezlikni tanlash
ikkita mzon orqali amalga oshiriladi: 1) eng kam vaqt sarflash; 2) harakat
xavfsizligini ta’minlash. Bunda albatta haydovchining mahorati, ish staji, psixofizik
holati, harakatlanish maqsadi tezlikni tanlashga ta’sir ko’rsatadi. SHuningdek,
tezlikning o’zgarishiga avtomobilning texnik sharoiti, atrofmuhit holati va piyodalar
harakati katta ta’sir ko’rsatadi.
Avtomobilning maksimal konstruktiv tezligi V
max
uning dvigateli quvvatiga
bog’liq. Kuzatishlar ko’rsatadiki, V
max
tezlik bilan haydovchilar faqat ayrim
hollardagina qisqa muddatda harakatlanishadi. Yaxshi yo’l sharoitlarida transport
vositalarining tezligi 0,70,85 V
max
ni tashqil qiladi. Bunday tezlik asosan yakka holda
gorizontal to’g’ri yo’l bo’laklarida kuzatiladi.
Amalda yo’l sharoiti ko’tarilish, tushish, rejada kichik egriliklardan, ko’rinish
masofasi normadan past, vertikal egriliklardan tashqil topadi, shuningdek, harakat
miqdori va tarkibi har xil bo’lishi oniy tezlikning qiymatiga ta’sir ko’rsatadi. Real
yo’l sharoitlarida yakka holda harakatlanayotgan avtomobillarning tezligi 50120
km
/soatdan 2030 km/soatgacha o’zgarishi mumkin.
Yo’l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining
o’zgarishini real O’zbekiston Respublikasi umum foydalanuvdagi ikki polosalik
avtomobil yo’llarida ko’rib o’tamiz. Muallifning o’tkazgan ko’p yillikilmiytadqiqot
ishlari natijasida bizning yo’l sharoitimizga harakterli bo’lgan aralash
avtomobiltraktor oqimi tezligi bilan harakat polosasi orasidagi bog’liklar aniqlanadi,
u quyidagicha ifodalandi
V*a
+1,2+0,011 V
a
m;
(2.3)
Bu yerda: aavtomobil kuzovining kengligi, m; V
a
avtomobilning oniy tezligi km
/soat;
1,2qo’shimcha oraliq, m.
Transport oqimining o’rtacha harakat miqdorini har xil yo’l sharoitlarida
quyidagi empirik formula aniqlashimiz mumkin.
V
ur
*V
a
×K
d
km
/soat;
(2.4)
Bu yerda: V
a
erkin harakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligi, km
/soat;
K
d
har xil yo’l sharoitlarida «V
a
» ga nisbatan tezlikning o’zgarishini hisobga
oluvchi koeffitsient.
O’zbekiston sharoitidagi ikki polosalik avtomobil yo’llari uchun yo’l sharoitiga
bog’liq ravishda, K
d
qiymatining o’zgarishi.
131
Harakat miqdorining transport oqimi tezligiga quyidagi formular orqali
aniqlash mumkin.
V
ur
*V
a
×(1R×N)km/soat;
(2.5)
Bu yerda: V
a
erkin harakatlanayotgan avtomobil tezligi, km
/soat;
Rharakat miqdoriga nisbatan tezlikning pasayishni hisobga oluvchi
koeffitsient;
Nharakat miqdori, avt
/soat;
Avtomobil yo’llarida tezlikni oddiy sekundomer, «Fara», «»Barьer»,
«To’pponcha» kabi tezlik o’lchovchi asboblar hamda har xil avtomatik datchiklar
yordamida, shuningdek, kinos’yomka usuli bilan o’lchanadi.
Harakatni tashqil qilish maqsadida eng sodda va qulay bo’lgan sekundomerdan
tezlik o’lchashda keng foydalaniladi. Buning uchun yo’lning qatnov qismida uzunligi
50100 m bo’lgan masofa belgilanadi. Avtomobillarning kuzatuv uchastkasiga kirish
va chiqish vaqtini aniq belgilash uchun yo’l yoqasiga ishora tayog’i o’rnatiladi yoki
yo’lning qatnov qismiga ko’ndalang belgi chiziqlari tushiriladi. Harakat tezligini
o’lchovchi kuzatuvchilar yo’lning yon tomonidan 1015 m masofada joylashadilar va
avtomobil o’lchov bo’lagiga kirishda daqiqa o’lchagichni ishga tushiradilar hamda
avtomobil o’lchov bo’lagidan chiqishida uni to’xtatadilar. Olingan natijalarni maxsus
tayyorlangan.
Amaliyotda hozirgi vaqtda operativ kuzatuv yo’lning har xil bo’laklarida
harakat tezligini «Fara», «To’siq», «To’pponcha» va boshqa tezlik o’lchagich
asboblari yordamida aniqlanadi.
Harakat tezligi to’g’risida olingan boshlang’ich ma’lumotlarni matematik
statistika usuli bilan tahlil qilinadi. Buning uchun birinchi navbatda kuzatuv
natijasida tezlikni turkumlarga (ryazryadga) ajratiladi. SHundan so’ng har bir
turkumga to’g’ri kelgan tezlik ma’lumotlarni yig’ib chiqiladi, shundan keyin chastota
hisoblanadi. CHastotabu chastotaning har bir ryazryaddagi qiymatini jami chastota
yig’indisiga nisbatan (foizda ko’rsatiladi). CHastotaning yig’ilmasi esa chastostni
birinketin har bir ryazryaddagi qo’shilmalaridan iborat bo’ladi. Ko’rsatilgan
qiymatlarni jadvalga kiritib, yo yordamida taqsimot va jamlangan egrilik chizilib,
so’ngra tezlik qiymatlari tahlil qilinadi.
Taqsimot egriligi yordamida ko’p qaytariladigan tezlikmodal tezlik aniqlanadi.
Jamlangan egrilik yordamida esa 15, 50, 85, 95% ta’minlanganlik tezlik qiymatlari
topiladi. Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklari quyidagicha tahlil qilish
mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashqil qilishda eng past tezlik sifatida qabul
qilinishi kerak va u yordamida minimal tezlik chegaralanib, 4.7 buyurovchi belgisi
o’rnatiladi. 50% ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma
avtomobillarning o’rtacha qiymatini ko’rsatadi. 85% ta’minlanganlikdagi tezlikka
asosan yo’l belgilari va belgi chiziqlari o’rnatiladi. 95% ta’minlanganlikdagi tezlik
hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatni yo’l elementlarini hisoblashda
qo’llaniladi.
Tezlikni aniqlash borasida olib boriladigan kuzatuvlar natijasi birinchi
navbatda qancha o’lchov olib borilishiga katta bog’liq. Ko’rsatkichlarning aniqlik
ehtimoli o’lchov soniga bog’liq, u esa o’z navbatida harakat miqdorining o’zgarishiga
bog’liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |