Namangan muhandislik qurilish


-rasm Go’niyalar: a-yassi;b-anlaj; v-T-simon tokchali



Download 9,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/177
Sana30.06.2022
Hajmi9,91 Mb.
#720458
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177
Bog'liq
xizmat korsatish texnikasi va jixozlari

5.5-rasm Go’niyalar: a-yassi;b-anlaj; v-T-simon tokchali 
Go’niyalar
to’g’ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. Rejalashda 
yassi chilangarlik go’niyalari, yo’g’on tokchali (anlaj) go’niyalar, T-simon tokchali 
go’niyalar qo’llaniladi. 
Yassi chilangarlik go’niyasi eng qulay va ko’p ishlatiladigan qurol 
hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni etarli aniqlikda 
chizib bo’lmaydi. Bunga sabab, birinchidan, go’niyaning burchagi har doim bir oz 
ezilgan bo’ladi va uni perpendikulyar chiqariladigan joyga ko’z bilan chamalab 
qo’yiladi; ikkinchidan, berilgan to’g’ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar 
o’tkazishda oldin to’g’ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar 
chizishga to’g’ri keladi. Buning uchun go’niyani yuqoridan pastga olib qo’yish 
kerak bo’ladi. Bunda, albatta, xatoga yo’l qo’yiladi. 
Anlaj go’niya yoki T-simon tokchali go’niyani qo’llaganda ularni detalning 
ishlov berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo’ylab yurgizish mumkin. Bunda vertikal 
chiziqlar osongina xatosiz chiziladi. 
Rejalash maxsus plitalarda bajariladi
(6-rasm). Rejalash plitalari mayda 
donli kul rang cho’yandan quyib yasaladi. Ularning ish sirti yaxshi ishlangan 
bo’ladi. Plitalarni yog’och stollar yoki fundamentlarga o’rnatishda ularning yuqori 
tekisligi gorizontal turishiga e’tibor beriladi (bu «shayton»ga qarab tekshirib 
ko’riladi).
 
Rejalash chiziqlari chizishning quyidagi tartiblari qabul qilingan: oldin 
gorizontal chiziqlar (chizg’ich va chizg’ich yordamida), so’ngra vertikal chiziqlar 
(chizg’ich va go’niya yordamida), keyin qiya chiziqlar va oxirida yoy va aylanalar 
(tsirkul, shtangentsirkul va h.k.lar yordamida) chiziladi. Yoylarni oxirida chizish 
to’g’ri chiziqlarning aniq chizilganligini tekshirishga imkon beradi, agar ular 
to’g’ri chizilgan bo’lsa, yoy ularni ravon tutashtiradi.
 
Ba’zan, yoy hamda aylanalarni qiya chiziqlar, ba’zi vertikal va gorizontal 
chiziqlardan ham oldinroq chizish yaxshiroq bo’ladi. To’g’ri chiziqlarni chizishda-
chizg’ichni chizg’ichga zich taqab yurgizish kerak. 
Buning uchun uni rejalanayotgan sirtga 75-800 burchak ostida qiya 
ushlanadi. Bundan tashqari, chizg’ich harakat yo’nalishi tomonga og’dirib 
ushlanadi. Rejalash chiziqlari o’tkazish paytida qrolning vaziyati o’zgarmasligi 
lozim. 
Chiziqni faqat bir marta chizishga ruxsat beriladi. Uni ikkinchi marta 
chizganda xuddi ilgarigi joy ustidan yurgizish qiyin, natijada bir necha parallel 
chiziqlar hosil bo’ladi va ulardan qaysi biri zarurligini bilib bo’lmaydi. Agar chiziq 
yaxshi tortilmagan bo’lsa, uni bo’yab yuborish va boshqatdan chizish kerak. 


49 
Vertikal chiziqlar go’niya yordamida chiziladi. Bunda yassi go’niya 
lineykaga taqab qo’yiladi. Tokchali go’niya esa zagotovkaning ishlov berilgan 
qirralariga taqab yurgiziladi. Agar detalning sirtlari ishlanmagan bo’lsa, go’niyani 
rejalash plitasiga qo’yib, surilib ketmasligi uchun ustidan yuk bostirib qo’yiladi. 
Go’niya plitaning yon tekisliklariga nisbatan to’g’rilanadi. Shundan so’ng chiziqlar 
chiziladi. Aniq rejalashda perpendikulyar chiziqlarni geometrik yasashlar yo’li 
bilan chiqariladi. 
Parallel chiziqlar chizishda ularning boshi va oxiriga belgi tushirib, shular 
orqali chiziq tortiladi. Agar imkon bo’lsa, parallel chiziqlarni T-simon tokchali 
go’niya yordamida chiziladi. Bunda u zarur masofaga surib turiladi.

Download 9,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish