43
Ruxsat etiladigan o’lchash xatoligini «500 mm gacha bo’lgan chiziqli
o’lchamlarni o’lchashda ruxsat etiladigan xatoliklar» deb nomlangan Davlat
standarti jadvallaridan topish mumkin. Standartda buyum o’lchami uchun
belgilangan dopuskka bog’liq holda har bir nomikal o’lchamlar
intervali uchun
15 qator ruxsat etiladigan o’lchash xatoliklari belgilangan. 16-9 kvalitetlar
bo’yicha tayyorlashda o’lchash xatoligi dopuskning taxminan 20% ini, 9-2
kvalitetlar bo’yicha esa 35% ni tashkil etadi.
Detal o’lchamiga nostandart dopusk belgilangan bo’lsa, ruxsat
etiladigan
xatolik shunga yaqin (kichik) standart dopusk qiymati bo’yicha qabul qilinadi.
Ruxsat etilgan o’lchash xatoligi o’lchash vositasi turiga va o’lchash usuliga
bog’liq emas. Lekin amalda kvalitetdan ham dag’alroq tayyorlangan detallarni
avtomatik va yarim avtomatik vositalar bilan o’lchanganda ruxsat 43 etiladigan
xatolik standartda ko’rsatilganidan bir qator kichik olinadi.
Ruxsat etiladigan o’lchash xatoligi muntazam va tasodifiy xatoliklar-ning
o’lchash natijasiga ta’sirini hisobga olgan holda o’lchashning mumkin bo’lgan eng
katta xatoligi hisoblanadi.
Davlat standartlari bo’yicha ruxsat etilgan xatolik bilan olingan o’lcham
qiymati haqiqiy o’lcham sifatida qabul qilinadi.
Ishlab chiqarish xarakteriga qarab (ko’plab, seriyalab va katta hajmda
seriyalab ishlab chiqarish) kerakli unumdorlikni ta’minlaydigan iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq o’lchash vositasi tanlanadi. Odatda o’lchash
vositalari va
prosteselarini mexanizatsiyalashtirish darajasi tekshirila-digan buyumlarni ishlab
chiqarish programmasiga bog’liq. Ko’plab ishlab chiqarishda maxsus nazorat
o’lchash moslamalaridan, avtomat va yarim avtomat-lardan foydalaniladi.
Yakka
tartibda (tajriba nusxa) ishlab chiqarishda universal o’lchash priborlari va o’lchash
asboblari ishlatiladi.
Tekshirish operatsiyalarida EHM dan boshqariladigan robotlardan keng
foydalanish planlashtirilmoqda.
Detal konstruktsiyasi, uning gabariti va og’irligi o’lchash vosita-larini
tanlashga katta ta’sir qiladi. Masalan, og’ir detallarni tekshirishda ko’chma
priborlardan, yengil detallarni tekshirishda esa statsionar priborlardan foydalaniladi.
Detalning bikirligi kiyalik bo’lsa, o’lchash kuchini cheklashga to’g’ri keladi, hatto
kontaktsiz o’lchash vositasidan foydalanishga to’g’ri keladi. Masalan,
osongina
deformatsiyalanadigan yupqa devorli vtulkalarning diametrlari pnevmatik tiqin va
skobalar bilan o’lchanadi. Tanlangan o’lchash vositaliri mehanik ishlov berish,
yig’ish, texnik nazorat texnologik kartalarida yoki boshqa texnologik hujjatlarda
ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: