82
Umumiy ma`lumotlar. Gaz alangasida payvandlash va suyuqlantirib
qoplashga metallarni turli yonuvchi gazlarning (atsetilen, metan, propan va
hokazolar) sof texnik kislorodda yonishidan hosil bo’lgan alanga yordamida
qizdirish va suyuqlantirish jarayoni kiradi.
Yuqori temperaturali gaz alangasini hosil qilish usuli XIX asr oxirida ishlab
chiqildi. Bu davrda atsetilen, kislorod, vodorod sanoatda ishlab chiqarila boshlanib,
metallarni gaz alangasida payvandlash metall konstruktsiyalarni puxta
biriktirishning asosiy usuli bo’lgan edi.
keyinchalik elektr yoy yordamida payvandlash va boshqa turdagi
payvandlashning tez rivojlanishi natijasida gaz alangasida payvandlash ikkinchi
darajaga tushib qoldi. Shunday bo’lsa ham gaz alangasida payvandlash
mashinalarni ta’mirlash qilishda keng qo’llaniladi, ba`zi hollarda esa uning o’rnini
hech narsa bosa olmaydi.
Gaz alangasida payvandlashning kamchiliklariga yoy yordamida payvand-
lashdagiga qaraganda metallning qizish va suyuqlanish tezligining kichikligi,
issiqlik ta`sir etish zonasining kattaligi va buning natijasida payvandlanadigan
buyumning tob tashlash mumkinligining ortishi kiradi. 6...8 mm dan qalin bo’lgan
yirik buyumlarni payvandlashda ish unumi boshqa turdagi payvanlashdagiga
nisbatan ancha pastligi sababli gaz alangasida payvandlash ko’pincha yupqa
detallarni biriktirish va suyuqlantirib qoplashda qo’llaniladi. Ishlatiladigan
gazlarning narxi elektr energiyasi narxidan baland bo’lganligi uchun gaz
alangasida payvandlash elektr yoy yordamida payvandlashga nisbatan qimmatroq.
Gaz alangasida payvandlash elektr yordamida payvandlashga qaraganda qiyinroq
bo’lib, uni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish qiyin.
Gaz alangasida payvandlashning afzalliklari nisbatan jihozlarning oddiyligi
va arzonligi, payvandlashda quvvatni, alanga tarkibi va yo’nalishini keng
boshqarish mumkinligidir. Gaz alangasidan yupqa listdan qilingan po’lat
buyumlarni (rezervuarlar, yonilg’i baklari, neft idishlari, avtomobil, traktor
kabinalari hamda qanoti va hokazoni) payvandlash va tiklashda foydalaniladi;
uning yordamida darzlar payvandlanadi va cho’yan, alyuminiy hamda uning
qotishmalari, mis, bronza, latun , rux detallar to’ldirib payvandlanadi, kavsharlash
va boshqa ishlar bajariladi.
Gaz alangasida payvandlash va suyuqlantirib qoplashda ko’p hollarda
atsetilen ishlatiladi, u kislorodda yonganda alanga temperaturasi 3150
0
S, boshqa
gazlar ishlatilganda esa 2000...2300
0
S bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: